Kolumnistlar

Kasal boʻlgandan koʻra, vaktsina olgan yaxshi - virusolog

© Foto : iz lichnogo arxiva Anatoliya Alshteyn Anatoliy Alshteyn
Anatoliy Alshteyn  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.04.2021
Qanday qilib rossiyalik olimlar "Sputnik V" vaktsinasini juda tez yaratishdi? Ushbu vaktsina Britaniya va Janubiy Afrika shtammlariga qarshi foyda beradimi?
TOSHKENT, 27 apr - Sputnik. Gamaleya nomidagi Miliy epidemiologiya va mikrobiologiya instituti bosh ilmiy xodimi Anatoliy Altshteyn Sputnik V vaktsinasi yaratilishi, koronavirusning qanday shtammlaridan himoya qilishi va emlangan odam ham niqob taqib yurishi nima uchun kerakligini aytib berdi.
Virusolog aytishiga qaraganda, bugungi kunda koronavirus ancha kuchsizlangan, lekin baribir hali xavfli. Aksariyat koronavirusga oʻrganib qoldi desak ham boʻladi. Shifokorlar esa kasallikni davolashni oʻrganishdi. 2020 yilning mart oyida Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti koronavirus epidemiyasi haqida eʼlon qilganida vaziyat butunlay boshqacha edi – rivojlanayotgan davlatlarda juda koʻp odamlar koronavirusdan vafot etayotgan, oʻlim koefitsenti – 10-15%ni tashkil qilayotgan edi. Hozir esa ushbu koʻrsatgich 2%ni tashkil qilmoqda.
Vaktsina Sputnik V - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.04.2021
Dunyoda
“Sputnik V” Turkiyada ham ishlab chiqariladi
Professor Alshteyn aytishiga qaraganda rossiyalik olimlar birinchi boʻlib vaktsina yaratishiga sabab, ularning aynan ana shunday vaktsina yaratishda katta tajribaga ega boʻlganliklari qoʻl kelgan.
“Mening hamkasabalarim shunga oʻxshash vaktsina yaratish borasida katta tajribaga ega edilar. Covid-19 paydo boʻlishiga qadar ular MERS - yaqin sharq koronavirusi sindromi virusiga qarshi vaktsina yaratishgan edi. Ular vaktsina tarkibiga qaysi oqsil va qaysi genlarni kiritishni, adenovirusni qanday tayyorlashni hamda vaktsina dozasi va ketma-ketligini toʻgʻri aniqlashgan edi. Natijada juda yaxshi vaktsina yaratildi”- deyb hikoya qiladi Anatoliy Altshteyn.
Professor aytishiga koʻra, bu masalada Gamaleya institutiga xitoylik mutaxassislar juda katta yordam bergan. Xitoyda virusologiya juda kuchli rivojlangan ham ular birinchilardan boʻlib ushbu virusga duch kelishgan va koronavirusni diagnostika uslublarini oʻylab topishgan. Ular birinchi boʻlib ushbu virusning genetik ketma-ketligini aniqlashgan “u yerda 30 mingga yaqin nukleotidlar bor” va bu butun dunyo olimlariga taqdim etildi.
Rossiyalik olimlar ham ushbu maʼlumotlarni olgan zamondan boshlab darhol vaktsina yaratishga kirishishdi. 2020 yilning avgust oyida olimlar klinik sinovlarining birinchi va ikkinchi klinik fazasini yakunlab, vaktsinani roʻyxatdan oʻtkazishdi.
“Spitnik V vaktsinasining boshqa vaktsinalardan muhim ustuvorlik jihati – u klinik sinovlarning uch bosqichidan ham muvaffaqiyatli oʻtdi. Sinovlarning uchinchi bosqichi – eung murakkab hisoblanadi. Buning uchun 10 ming kishida sinov oʻtkazish kerak va ular orasida albatta “platsebo” guruhi boʻlishi kerak. Faqat ushbu bosqich natijalariga koʻra vaktsinaning naqadar samaradorligini aniqlash mumkin”, - deydi virusolog.
Natijada Gamaleya instituti vaktsinasi shunchalik samarali boʻlib chiqqan-ki, u hozir dunyoning turli nuqtalarida paydo boʻlayotgan koronavirusning yangii shtammlariga qarshi kurasha oladi. Anatoliy Alshteyn aytishiga koʻra, Sputnik V hozir koʻp muhokamalarga sabab boʻlayotgan koronavirusning Janubiy Afrika shtammini ham yenga oladi. Rossiya vaktsinasi, odamda odamga oʻtish xususiyati juda yaxshi boʻlgan, Britanya shtammini ham yengib oʻtishi kerak, deb ishonch bildirdi mutaxassis.
Alohida irqlar va millatlar koronavirusga koʻproq chalinishi, boshqalar kamroq chalinishi haqidagi gaplar – afsona boʻlishi ehtimoli koʻproq. Lekin Markaziy Osiyo davlatlarida koronavirusga chalinish va undan vafot etish holatlari haqiqatdan ham nisbatan kam uchramoqda. Lekin bu yerda vaktsinatsiya masalasi ham murakkabroq.
Ukrainada kasallik xuddi Rossiyadagidek kechmoqda.
“Kasallik qanday kechishida odamlar orasida farq bor, lekin alohida irqlar yoki millatlar kasallikka koʻproq yoki kamroq chalinayotgani borasida aniq maʼlumotlar yoʻq” – deydi professor.
Emlangan fuqarolar ham niqob va qoʻlqopda yurishi kerak va bungi ikkita sabab bor deydi professor.
Birinchidan – vaktsinatsiya endi boshlangan va aksariyat fuqrolar hali emlanmagan.
Ikkinchidan esa, vaktsinalangan fuqarolargan niqobsiz yurish imkoni berilsa, aksariyat jumladan emlanmaganlar ham niqobsiz yurishga oʻtadi va emlanganman deb turib oladi.
“Emlangan fuqarolar ham virusli, kasallikning ogʻir shakliga chalinishidan himoyalangan boʻlsa-da, infektsiya tashuvchisi boʻlishi mumkin, boshqalarga yuqtirishi mumkin”, – deydi virusolog.
Altshteyn, aytishiga koʻra, hozir dunyoda Covid-19ning uchinchi jiddiy toʻlqini boshlanmoqda. Raqamlar boʻyicha u ikkinchi toʻlqinga yaqinlashib qolgan. Rossiyada hozir oʻtgan yilning sentyabrida boshlangan ikkinchi toʻlqin yakuniga yetmoqda. Kasallanganlar soni kamaymoqda.
Postavka 50 tыsyach doz vtorogo komponenta rossiyskoy vaktsinы Sputnik V - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.04.2021
Jamiyat
Toshkentga “Sputnik V” vaktsinasining yana 50 ming dozasi keltirildi
“Bu hali kollektiv immunitet yetarli darajaga yetganini va bizda koronavirusning uchinchi toʻlqini boʻlmasligini bildirmaydi. Rossiyada hozir aholining 5% emlangan. BIz dunyoda birinchi emasmiz, lekin shuning oʻzi ham yomon emas. AQShda vaktsinatsiya borasida vaziyat bizdan koʻra yaxshiroq, Yevropada esa – yomonroq”, - deydi professor.
Rossiyada kollektiv immunitet paydo boʻlishi uchun - hozir emlanish kerak. Navbatdagi toʻliqnni kutib turmasdan.
“Meni ayrimlarning ukoldan qoʻrqishi hayratga soladi – nina juda ingichka, chivin chaqqandek boʻladi xolos. Axir chivindan koʻrqib qochib yurmaydiku odamlar. Vaktsinaning salbiy taʼsiri eca – hammaga maʼlum. Bir necha soatga tana harorati koʻtarilishi mumkin xolos. Buni kasallik keltiradigan holatlar bilan solishtirib boʻlmaydi”, - deydi professor Alshteyn.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala