Jamiyat

“Maʼnaviy zarar 4,6 mlrd soʻm”: Davlat soliq qoʻmitasi Rasul Kusherbayevni sudga berdi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaRasul Kusherbayev, deputat
Rasul Kusherbayev, deputat - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.04.2021
Qoʻmita xabariga koʻra, deputat xatti-harakatlari orqali soliq organlariga 4,6 mlrd soʻm miqdorida maʼnaviy zarar yetkazgan.
TOSHKENT, 27 apr — Sputnik. Davlat soliq qoʻmitasi va uning tarkibiy boʻlinmalari xodimlari Birlashgan kasaba uyushmasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev ustidan Fuqarolik ishlari boʻyicha Shayxontohur tumanlararo sudiga daʼvo arizasi kiritdi. Bu haqda qoʻmita matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Aniqlik kiritilishicha, bunga Kusherbayevning Human.uz axborot portalidagi “Soʻz blogerlarga” koʻrsatuvining 2021 yil 23 fevraldagi sonida aytgan haqoratomuz soʻzlari sabab boʻlgan.
Davlat soliq qoʻmitasi deputatning koʻrsatuvda aytgan quyidagi gaplarini keltirgan:
“...oddiy soliq qoʻmitasining xodimi yoki mutaxassisi yuk xati nima uchun kerak boʻlishini, xatto u shunchalik bilmaydimi yo tadbirkorlar, yo odamlar shunchalik ahmoq deb oʻylaydimiki, oʻzini qilayotgan ishini notoʻgʻrimasligini isbotlashi uchun dalil sifatida yukxatini koʻrmoqchi... Pastkashlik boʻlsa shunchalik boʻladiki, soliq xodimi tadbirkordan yuk-xatigacha soʻrayapti, uyidagi tualetnaya bumagani qanaqasini ishlatishini ham soʻramabdida... Soliq organlari aylanib oʻgirilib tadbirkorni aybdor deb topishim kerak degan printsipda ishlayapti...” – degan Kusherbayev intervyu davomida.
Qoʻmita Rasul Kusherbayev ushbu soʻzlar bilan soliq organlari xodimlarini asossiz ayblagan va ushbu xatti-harakatlari orqali soliq organlari xodimlari ishchanlik obroʻsiga putur yetkazgan deb hisoblaydi.
Idora yuqorida aytilgan vaziyatlar yuzasidan qonunlardan iqtibos keltirib izoh bergan:
Sherzod Kudbiyev – Ministr zanyatosti i trudovыx otnosheniy Respubliki Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.04.2021
Hodisalar
DSQ raisi Olmaliqda sotuvchilar bilan boʻlgan voqea uchun uzr soʻradi
Soliq kodeksining 138-moddasi, 4-qismida kameral soliq tekshiruvi jarayonida soliq organi soliq toʻlovchidan (soliq agentidan, uchinchi shaxsdan) hisobga olish hujjatlarini, taqdim etilgan soliq hisobotiga va hisobga olish hujjatlariga doir tushuntirishlarni, shuningdek soliq hamda yigʻimlarni hisoblab chiqarish va toʻlash bilan bogʻliq boshqa axborotni soʻrab olishi mumkinligi koʻrsatilgan.
Soliq kodeksining 223-moddasi, 3-qismiga muvofiq, yuklarni tovar-kuzatuv hujjatlarini (yuk-xati) rasmiylashtirmasdan yoxud soxta hujjatlar boʻyicha tashish soliq bazasini yashirish deb eʼtirof etiladi.
Shu bois qoʻmita Rasul Kusherbayev ommaviy axborot vositalari orqali raddiya berishi hamda kechirim soʻrashi lozim deb hisoblaydi.

“Javobgar xatti-harakatlari orqali soliq organlariga 4,6 mlrd soʻm miqdorida maʼnaviy zarar yetkazgan. Ushbu maʼnaviy zarar undirilgach, “Mahalla” xayriya jamoat fondi huzuridagi "Saxovat va koʻmak" jamgʻarmasiga oʻtkaziladi", — deyilgan xabarda.

Xabarda davlat soliq xizmati organlari soʻz erkinligiga qarshi emasligi qoʻshimcha qilingan.
“Biroq har qanday asossiz fikrlar uchun belgilangan tartibda, qonun doirasida javob berish lozimligini ham unutmaslik kerak”, - deya xulosa qilgan qoʻmita.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala