Jamiyat

Mendeleyev xalqaro olimpiadasida Oʻzbekiston 7ta medal qoʻlga kiritdi

© XTVMejdunarodnaya olimpiada po ximii
Mejdunarodnaya olimpiada po ximii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.04.2021
Kimyo boʻyicha maktab oʻquvchilari orasida oʻtkazilgan xalqaro olimpiadada Oʻzbekiston jamoasi 1ta oltin, 4ta kumush va 2ta bronza medalni qoʻlga kiritdi.
TOSHKENT, 27 apr – Sputnik. Kimyo boʻyicha 26 aprel kuni yakunlangan 55-xalqaro Mendeleyev olimpiadasida Oʻzbekistondan 7 nafar maktab oʻquvchilari ishtirok etib, ularning barchasi medallar sohibi boʻldi, deb xabar qilmoqda Xalq taʼlimi vazirligi.
Oltin medal
Firdavs Sobirov - Buxoro shahar 35-umumiy oʻrta taʼlim maktabi oʻquvchisi
4ta kumush medal
Azimjon Jamolov – Yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internati oʻquvchisi;
Sobirjon Amanov – Toshkent pediatriya tibbiyot instituti akademik litseyi oʻquvchisi;
Nafisa Normurodova – Toshkent pediatriya tibbiyot instituti akademik litseyi oʻquvchisi;
Durdona Muxtarxoʻjayeva – Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internati oʻquvchisi.
2ta bronza medal
Ikromiddin Boymahammadov – Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchisi;
Begzod Roʻziboyev – Toshkent pediatriya tibbiyot instituti akademik litseyi
Probnыy YEGE po russkomu yazыku - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.07.2020
Yangi format: Oʻzbekiston maktab oʻquvchilari orasida test sinovlari tizimini joriy etmoqda
Xalqaro olimpiada ikki turda oʻtkazildi: ilk bosqichda barcha ishtirokchilar 8 ta majburiy masala ishlagan boʻlsa (jami 80 ball), ikkinchi bosqichda kimyo fanining 5 boʻlimiga oid 15 masaladan ixtiyoriy 5 tasini ishlash talab qilindi (jami 75 ball).
Xalqaro olimpiada Toshkent shahri Yunusobod tumani 9-Axborot texnologiyalarga ixtisoslashtirilgan maktabda oʻtkazildi va jarayonlar tashkiliy qoʻmita tomonidan jami 17 ta vebkamera va mikrofonlar orqali kuzatib borildi.
20-26 aprel kunlari onlayn tarzda boʻlib oʻtgan 55-Xalqaro Mendeleyev kimyo olimpiadasida 28 davlat vakillari ishtirok etdi. Ular orasida Avstriya, Xitoy, Turkiya, Rossiya, Saudiya Arabistoni, Isroil, Xorvatiya, Vengriya va boshqa mamlakatlar bor.
Umumjamoa hisobida birinchi oʻrinda Rossiya -7ta oltin, ikkinchi oʻrinda Ruminiya – 4ta oltin, Oʻzbekiston, Turkiya, Turkmaniston va Ukraina jamoalari – 1tadan oltin medal sohibi boʻlishdi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala