Rossiya

Moskva muftiysi masjidlar yetishmasligidan shikoyat qildi

© Sputnik / Yevgeniy OdinokovNamaz
Namaz - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.04.2021
TOSHKENT, 27 apr — Sputnik. Moskvada masjidlar yetishmasligi sabab 30 mingdan ziyod kishi har hafta juma namozini poytaxt koʻchalarida ado etishga majbur. Bu haqda Rossiya musulmonlari diniy kengashining rahbari muftiy Albir Krganov maʼlum qildi.
Krganov bu yil Moskvada Ramazon hayiti namozini ommaviy oʻqishga taqiq qoʻyilmaganini taʼkidladi. Uning taxminiga koʻra, shaharda Ramazon hayitini nishonlashda 250 ming nafarga yaqin kishi ishtirok etadi.
V Urgute otkrыlas novaya mechet.  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.03.2021
Jamiyat
Urgutda muhtasham jome masjidi ochildi
“Afsuski, poytaxtda (Moskvada – tahr.) masjidlar yetishmasligi muammosini yana bir taʼkidlashim darkor. Hayit namozlari u yoqda tursin, hatto juma namozlarini 30 mingdan ziyod musulmonlar koʻchada ado etishga majbur, chunki masjidlarda joy yoʻq”, - dedi muftiy. Uning soʻzlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
Krganov Moskva hukumatiga murojaat qilib, bu muammo albatta hal etish va shaharda masjid qurilishi uchun yer ajratishni soʻradi.
Eslatib oʻtamiz, bu yil dunyo musulmonlari Ramazon hayitini 13 may kuni nishonlashadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala