“Nafs balosi”: Nurafshonda gaz portlashiga nima sabab bo‘lgani aytildi

© Press-slujba "Xudugazta’minot"V dvuxetajnom dome Nurafshana proizoshel vzriv gaza
V dvuxetajnom dome Nurafshana proizoshel vzriv gaza - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.04.2021
Obuna bo‘lish
“Hududgazta’minot” Nurafshondagi portlash xonadon egasining gaz o‘g‘irlashi oqibatida kelib chiqqanini ma’lum qildi.
TOShKENT, 27 apr — Sputnik. Toshkent viloyati Nurafshon shahridagi ikki qavatli uyda gaz portlashiga xonadon egasining gaz o‘g‘irlashi oqibatida kelib chiqqan. Bu haqda “Hududgazta’minot” matbuot xizmati ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, voqea joyida FVV xodimlari bilan birgalikda “Hududgaz Toshkent” gaz ta’minoti filiali xodimlari ish olib borgan.
“O‘rganishlar jarayonida maishiy ehtiyoj uchun tabiiy gazni o‘g‘irlash natijasida 2 qavatli binodagi uylardan birining xonasida tabiiy gaz to‘planishi sodir bo‘lganligi aniqlandi”, - deyilgan xabarda.
Xonadon egasi hisoblagichni olib tashlab, gaz quvurlarini kanalizatsiya sifoni orqali ulab qo‘yishi tabiiy gaz sizib chiqishiga sabab bo‘lgan.
1/4
2/4
3/4
4/4
1/4
2/4
3/4
4/4
“Hududgazta’minot” AJ iste’molchilardan tabiiy gazdan foydalanish qoidalarini buzmaslik, maishiy foydalanishda nostandart gaz uskunalari va qo‘lbola moslamalarni ishlatmaslikni so‘ragan.
Segodnya, 27-go aprelya  v 11:40 chasov v gorode Nurafshan (Tashkentskaya oblast) v dvuxetajnom dome, raspolojennom v maxalle Obod turmush, proizoshla vspishka gazovozdushnoy smesi.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.04.2021
Nurafshonda gaz portlashi oqibatida bir kishi qurbon bo‘ldi
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nurafshonda gaz portlashi oqibatida bir kishi qurbon bo‘lgani xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0