Jamiyat

Oʻzbekistonda BAAdan olib kelingan 2 ming dona tuvaloq tabiat qoʻyniga qoʻyib yuborildi

© Sputnik / Andrey MaksimovDrofa, illyustrativnoye foto
Drofa, illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.04.2021
Oʻzbekistonda BAAdan olib kelingan 2 ming dona tuvaloq tabiat qoʻyniga qoʻyib yuborildi
TOSHKENT, 27 apr — Sputnik. Orol dengizi hududida Oʻzbekistonning shimoli-gʻarbiy qismida ikki ming dona tuvaloq tabiatga qoʻyib yuborildi. Bu haqda RIA Novostiga Davlat ekologiya qoʻmitasi xabar qildi.
Qizil kitobga kiritilgan qushlar Birlashgan Arab Amirliklaridan keltirildi.
"Abu-Dabidagi International fund for houbara conservation markazida etishtirilgan jami 2000 nafar tuvaloq tabiyat qoʻyniga qoʻyib yuborildi", - dedi Davlat atrof-muhit qoʻmitasi vakili.
Lochin oviga tayyorgarlik koʻrish mashqlari. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.01.2021
Foto
Shahzodalar ovi - eng sara suratlar
Qushlar Qoraqalpogʻistonning Qoʻngʻirot viloyatida "Orolga hayot qaytadi" dasturi doirasida qoʻyib yuborildi.
2020 yilda Birlashgan Arab Amirliklaridan, shuningdek Navoiy va Buxoro viloyatlarida joylashgan ikkita pitomnikdan olib kelingan 2,8 mingdan ziyod tuvaloq Oʻzbekistonning Qizilqum choʻliga va Orol dengizi hududiga qoʻyib yuborildi.
Pitomnik asoschisi shayx Seyf Ben Zayed Al-Nahyan. Ularning ishini nazorat qilish Davlat ekologiya qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladi.
2006 yildan beri qariyb 20 ming dona qush tabiatga qoʻyib yuborilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala