Dunyoda

Sadir Japarov Oʻzbekiston bilan chegaraga oid muzokaralar yuzasidan izoh berdi

 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.04.2021
Qirgʻiziston prezidenti chegara masalasini hal etishda xalq fikri inobatga olinishini maʼlum qildi.
TOSHKENT, 27 apr — Sputnik. Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarov mahalliy OAVga bergan intervyusida chegara boʻyicha muzokaralar boshlangʻich bosqichda ekanini maʼlum qildi, deb yozadi Sputnik Qirgʻiziston.
Japarovning soʻzlariga koʻra, buni xohlaymizki yoki yoʻq, lekin chegara masalasini muzokaralar va hududlarni oʻzaro almashish yoʻli bilan hal qilmoq darkor. U ilgari hukumat chegara masalalarini yopiq eshiklar ortida hal qilgani va aholi buni keyin bilganini qayd etdi.
“Biz avvalgi hukumat xatolarini takrorlamaslik uchun odamlarga koʻrsatamiz, ularning roziligini olib hal qilamiz. Siyosatimiz shunaqa. Rejaga koʻra, hammasi yopiq tarzda oʻtishi lozim, koʻp hujjatlar maxfiy. Ammo biz xalq fikrini eʼtiborga olamiz”, - dedi Qirgʻiziston yetakchisi.
Smotrovaya vыshka na kыrgыzsko-tadjikskom uchastke granitse - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.03.2021
Dunyoda
Oʻzbekiston va Qirgʻiziston kelishuvi: qaysi uchastkalar Bishkek ixtiyoriga oʻtdi? Tashiyev bayonoti
U chegara masalasi birgina imzolangan bayonnoma bilan hal qilinmasligini qoʻshimcha qilgan. Buning uchun toʻrt bosqichdan oʻtish zarur: ishchi komissiyasining qarori, hujjatni JKga yuboradigan yoki qaytarib beradigan prezident roziligi, parlament ratifikatsiyasi va prezident imzosi.
“Bizda hozir faqat boshlangʻich bosqich. Biz hammasi oshkora va shaffof oʻtishini va 10-15 yildan soʻng xalq biz haqimizda yomon gapirmasligini istaymiz”, - dedi Japarov.
Eslatib oʻtamiz, mart oyida Oʻzbekiston va Qirgʻiziston hukumat delegatsiyalari muzokaralar oʻtkazib, ikki mamlakat oʻrtasida chegara masalasi 100 foizga hal qilinganini maʼlum qilgan edi. Chegara yaqinidagi bahsli hududlarni oʻzaro almashish toʻgʻrisida bayonnoma imzolangan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala