Siyosat

Sergey Shoygu Oʻzbekistonga keldi: qanday masalalar muhokama qilinadi

© Ministerstvo oboronы RF / Fotobankka oʻtishMinistr oboronы RF Sergey Shoygu
Ministr oboronы RF Sergey Shoygu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.04.2021
Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu rasmiy tashrif bilan Oʻzbekistonga keldi.
TOSHKENT, 27 apr — Sputnik. Rossiya mudofaa vaziri, armiya generali Sergey Shoygu rasmiy tashrif bilan Oʻzbekistonga keldi.
Ertaga u oʻzbekistonlik hamkasbi Bahodir Qurbonov bilan muzokara oʻtkazadi. Uchrashuv Buxoroda boʻlib oʻtadi.
Xalqaro va mintaqaviy xavfsizlik, Rossiya Federatsiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasida harbiy va harbiy-texnikaviy hamkorlik masalalarini muhokama qilish rejalashtirilgan.
Eslatib oʻtamiz, bugun Sergey Shoygu Tojikistonga tashrif buyurdi. U yerda mamlakat prezidenti Emomali Rahmon qabulida boʻldi. Uchrashuvda mintaqaviy xavfsizlik va KXSHT mudofaa vazirlari kengashi doirasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, Sergey Shoygu KXSHT davlatlari mudofaa vazirlari kengashining yigʻilishida qatnashdi va Tojikiston mudofaa vaziri Sherali Mirzo bilan ikki tomonlama muzokaralar oʻtkazdi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala