Jamiyat

"Sputnik V" bilan emlash bepul boʻladi - Sanepidxizmat

© RFPI23 aprelya v Uzbekistan bыla dostavlena pervaya partiya vaktsinы "Sputnik V"
23 aprelya v Uzbekistan bыla dostavlena pervaya partiya vaktsinы Sputnik V - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.04.2021
Oʻzbekistonga olib kelingan vaktsinalar miqdori 2,7 milliondan oshdi, jami emlanganlar soni esa 565 mingdan oshgan.
TOSHKENT, 27 apr - Sputnik. Oʻzbekistonda "Sputnik V" vaktsinasi bilan emlash bepul boʻladi. Bu haqida Gazeta.uz Sanitar - epidemiologik osoyishtalik xizmati matbuot kotibi Muhammadjon Bozorovga asosan xabar qilmoqda.
"Sputnik V" vaktsinasi pullik boʻlmaydi. Bu maʼlumot haqiqatga toʻgʻri kelmaydi. Biz "Sputnik V" vaktsinasini bilan emlashni boshlashni endi rejalashtirayapmiz", — dedi Sanitariya-epidemiologiya xizmati matbuot kotibi.
Biroz oldin ijtimoiy tarmoqlarda "Sputnik V" vaktsinasi xususiy klinikalarda paydo boʻlgani va uni 500 ming soʻmga olish mumkinligi haqida xabarlar paydo boʻlgan edi.
Bugun , 27 aprel kuni Oʻzbekistonga "Sputnik V" vaktsinasining ikkinchi komponenti 50 ming dozasi olib kelindi. "Sputnik V" bilan ommaviy emlash 28 apreldan boshlanishi kutilmoqda.
Undan tashqari shu kunning oʻzida Xitoy va Oʻzbekiston vaktsinasi ZF-UZ-VAC 2001 dan ham 1 million doza olib kelindi. Jami olib kelingan vaktsinalar miqdori - 2,7 millionni tashkil qildi. Undan AstraZeneca - 660 ming, ZF-UZ-VAC 2001 - 2 mln va "Sputnik V" - 100 mingga yaqin.
Oʻzbekistonda ommaviy emlash jarayoni 1 apreldan boshlangan edi. Shu kunga qadar emlanganlar 565 mingdan oshgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala