Jamiyat

Toshkentga “Sputnik V” vaktsinasining yana 50 ming dozasi keltirildi

© Posolstvo Rossii v Uzbekistane Postavka 50 tыsyach doz vtorogo komponenta rossiyskoy vaktsinы "Sputnik V"
Postavka 50 tыsyach doz vtorogo komponenta rossiyskoy vaktsinы Sputnik V - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.04.2021
Rossiyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi xabariga koʻra, 28 apreldan respublikada aholini “Sputnik V” bilan emlash boshlanadi.
TOSHKENT, 27 apr — Sputnik. Bugun, 27 aprel kuni, Toshkent shahriga Rossiyaning koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaktsinasi ikkinchi komponentining 50 ming dozasi keltirildi. Bu haqda Rossiyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi xabar qildi.
Xabarda yozilishicha, 28 apreldan respublikada aholini “Sputnik V” vaktsinasining birinchi komponenti bilan emlash boshlanadi.
Gruz s rossiyskoy vaktsinoy Sputnik V ot koronavirusnoy infektsii covid-19 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.04.2021
Jamiyat
Oʻzbekistonga "Sputnik V" vaktsinasining dastlabki partiyasi olib kelindi
“Umid qilamizki, bu Oʻzbekistonga epidemiyani tezroq yengishiga, karantin cheklovlarini bekor qilishiga va odatiy hayotga qaytishiga yordam beradi”, - deyilgan elchixona xabarida.
Eslatib oʻtamiz, 23 aprel kuni Oʻzbekistonga "Sputnik V" vaktsinasining dastlabki partiyasi olib kelingan edi. Oʻzbekiston Rossiyadan 1 mln doza vaktsina xarid qilishni rejalashtirgan. Bu bilan 500 ming nafar aholini toʻliq emlash koʻzda tutilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala