Dunyoda

Turkiya hukumati 17 maygacha toʻliq lokdaun joriy etadi

© Sputnik / Artemiy Lыsikov / Fotobankka oʻtishSituatsiya v Turtsii v svyazi s koronavirusom
Situatsiya v Turtsii v svyazi s koronavirusom - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.04.2021
Koronavirus epidemiyasi avj olgani sababli Turkiyada 29 apreldan 17 maygacha toʻliq lokdaun joriy etiladi.
TOSHKENT, 27 apr — Sputnik. Turkiyada koronavirus epidemiyasining avj olishi tufayli 29 apreldan 17 maygacha toʻliq lokdaun joriy etilmoqda. Bu haqda mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdogʻan Vazirlar mahkamasi yigʻilishi davomida maʼlum qildi.
“29 aprel kuni soat 19:00 dan 17 may soat 05:00 gacha toʻliq lokdaun joriy etiladi”, - dedi Turkiya yetakchisi.
Turkiyada 29 apreldan 17 maygacha:
shaharlararo sayohatlarga cheklov qoʻyildi, hududlar oʻrtasida harakatlanish uchun ruxsatnoma talab qilinadi;
maktablarda qatnab oʻqish toʻxtatiladi, bolalar bogʻchalari yopiladi;
jamoat transportining bandlik darajasi 50 foizdan oshmasligi kerak;
aksariyat muassasalar yopiladi, Ichki ishlar vazirligining maxsus roʻyxatiga kiritiladigan muassasalar bundan mustasno.
Oʻzbekistonning Anqara shahridagi elchixonasi bergan maʼlumotga koʻra, Turkiya hukumati chet el davlatlari fuqarolarining (6 yosh va undan katta) mamlakatga kirishi uchun ilgari kiritilgan qoidalarni 2021 yil 31 mayga qadar uzaytirdi.
Stambul - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.03.2021
Dunyoda
Turkiyada dam olish kunlari yana komendantlik soati kiritiladi
Unga koʻra, Turkiyaga borishdan 72 soat oldin, PZR testdan oʻtish va bu haqda QR-kodli, ingliz tilidagi tarjima qilingan hujjat kerak boʻladi. Shuningdek, Turkiya sogʻliqni saqlash vazirligi saytida test topshirganlik haqida anketa toʻldirib, shu anketani mobil telefonga yuklab olish yoki chop etish talab qilinadi. Anketa toʻldirilgach, fuqaro uchun shaxsiy HES-kod shakllatiriladi. Ushbu HES-kodsiz fuqaro samolet bortiga qoʻyilmaydi. Turkiyaning oʻzida esa anketa turli hududlarda boʻlib turish uchun talab qilinadi.
Turkiyaga HES-kodisiz kelgan xorijiy davlatlar fuqarolariga mamlakatga kirish taqiqlanishi hamda ular oʻzlarining mablagʻlari hisobidan deportatsiya qilinishi mumkin. Ushbu talab tranzit yoʻlovchilariga taalluqli emas.
Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Turkiyada koronavirus bilan kasallanganlar soni 4,6 milliondan oshgan. 38 mingdan ziyod kishi pandemiya qurboni boʻlgan. Soʻnggi haftalarda mamlakatda kuniga 30 mingdan 60 mingga qadar kasallanish holati qayd etilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala