Turkiya hukumati 17-maygacha to‘liq lokdaun joriy etadi

© Sputnik / Artemiy Lisikov / Mediabankka o‘tishSituatsiya v Tursii v svazi s koronavirusom
Situatsiya v Tursii v svazi s koronavirusom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.04.2021
Obuna bo‘lish
Koronavirus epidemiyasi avj olgani sababli Turkiyada 29-apreldan 17-maygacha to‘liq lokdaun joriy etiladi.
TOShKENT, 27 apr — Sputnik. Turkiyada koronavirus epidemiyasining avj olishi tufayli 29-apreldan 17-maygacha to‘liq lokdaun joriy etilmoqda. Bu haqda mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an Vazirlar mahkamasi yig‘ilishi davomida ma’lum qildi.
“29 aprel kuni soat 19:00 dan 17-may soat 05:00 gacha to‘liq lokdaun joriy etiladi”, - dedi Turkiya yetakchisi.
Turkiyada 29-apreldan 17-maygacha:
shaharlararo sayohatlarga cheklov qo‘yildi, hududlar o‘rtasida harakatlanish uchun ruxsatnoma talab qilinadi;
maktablarda qatnab o‘qish to‘xtatiladi, bolalar bog‘chalari yopiladi;
jamoat transportining bandlik darajasi 50 foizdan oshmasligi kerak;
aksariyat muassasalar yopiladi, Ichki ishlar vazirligining maxsus ro‘yxatiga kiritiladigan muassasalar bundan mustasno.
O‘zbekistonning Anqara shahridagi elchixonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, Turkiya hukumati chet el davlatlari fuqarolarining (6 yosh va undan katta) mamlakatga kirishi uchun ilgari kiritilgan qoidalarni 2021-yil 31-mayga qadar uzaytirdi.
Stambul - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.03.2021
Turkiyada dam olish kunlari yana komendantlik soati kiritiladi
Unga ko‘ra, Turkiyaga borishdan 72 soat oldin, PZR testdan o‘tish va bu haqda QR-kodli, ingliz tilidagi tarjima qilingan hujjat kerak bo‘ladi. Shuningdek, Turkiya sog‘liqni saqlash vazirligi saytida test topshirganlik haqida anketa to‘ldirib, shu anketani mobil telefonga yuklab olish yoki chop etish talab qilinadi. Anketa to‘ldirilgach, fuqaro uchun shaxsiy HES-kod shakllatiriladi. Ushbu HES-kodsiz fuqaro samolet bortiga qo‘yilmaydi. Turkiyaning o‘zida esa anketa turli hududlarda bo‘lib turish uchun talab qilinadi.
Turkiyaga HES-kodisiz kelgan xorijiy davlatlar fuqarolariga mamlakatga kirish taqiqlanishi hamda ular o‘zlarining mablag‘lari hisobidan deportatsiya qilinishi mumkin. Ushbu talab tranzit yo‘lovchilariga taalluqli emas.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Turkiyada koronavirus bilan kasallanganlar soni 4,6 milliondan oshgan. 38 mingdan ziyod kishi pandemiya qurboni bo‘lgan. So‘nggi haftalarda mamlakatda kuniga 30 mingdan 60 mingga qadar kasallanish holati qayd etilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0