Jamiyat

Xitoydan yana million doza vaktsina olib kelindi

© https://t.me/vaksinauzbVaktsina ZF-UZ-VAC2001
Vaktsina ZF-UZ-VAC2001 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.04.2021
Xitoydan ZF-UZ-VAC2001 vaktsinasining yana million dozasi Oʻzbekistonga olib kelindi.
TOSHKENT, 27 apr — Sputnik. Hozirgina Zhifei Longcom Biopharmaceutical Co. Ltd kompaniyasi tomonidan oʻzbekistonlik mutaxassislar hammuallifligida yaratilgan ZF-UZ-VAC2001 vaktsinasining yana 1 million dozasi Xitoydan Oʻzbekistonga olib kelindi.
Vaktsinaning 1 million dozalik avvalgi partiyasi shu yilning 27 mart kuni keltirilgan edi.
Shu kungacha vaktsinatsiya jarayonlari uchun jami 1 660 ming doza vaktsina zaxirasidan foydalanilmoqda. Ayni paytgacha emlangan 565 ming nafardan ortiq aholining 46 foizi, yaʼni 263 ming nafardan ortigʻi ZF-UZ-VAC2001 bilan emlangan.
Postavka 50 tыsyach doz vtorogo komponenta rossiyskoy vaktsinы Sputnik V - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.04.2021
Jamiyat
Toshkentga “Sputnik V” vaktsinasining yana 50 ming dozasi keltirildi
ZF-UZ-VAC2001 bilan emlanish 65 yosh va undan katta yoshdagi emlanivchilar orasida 148 ming nafardan ortiqni, tibbiyot xodimlari orasida 114 ming nafardan ortiqni tashkil qilgan.
26 aprel kuni ZF-UZ-VAC 2001 bilan emlangan fuqarolar soni 14 522 nafarni tashkil qilib, ushbu vaktsina bilan kunlik emlanish koʻrsatkichi 68 foizga yetdi.
Bundan avval “Sputnik V” vaktsinasining 2 ta patriyasi keltirilgan edi. Shuningdek, AstraZeneca vaktsinasining ham yangi patriyasini keltirish boʻyicha amaliy ishlar olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala