Rossiya

Chegarani piyoda kesib oʻtmoqchi boʻlgan migrantlar qoʻlga olindi

© press-slujba Pogranichnogo upravleniya FSB Rossii po Smolenskoy oblastiSotrudniki Pogranichnogo upravleniya FSB Rossii po Smolenskoy oblasti zaderjali urojentsev respublik TSA, napravlyavshixsya peshkom ot gosudarstvennoy granitsы vglub rossiyskoy territorii
Sotrudniki Pogranichnogo upravleniya FSB Rossii po Smolenskoy oblasti zaderjali urojentsev respublik TSA, napravlyavshixsya peshkom ot gosudarstvennoy granitsы vglub rossiyskoy territorii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.04.2021
Smolensk viloyatida davlat chegarasini noqonuniy kesib oʻtganlik holati yuzasidan chet el fuqarolari hibsga olindi.
TOSHKENT, 28 apr — Sputnik. Rossiya FXX Smolensk viloyati boʻyicha chegara boshqarmasi xodimlari Krasninskiy tumani Lonnitsa qishlogʻi yaqinida davlat chegarasini piyoda kesib oʻtmoqchi boʻlgan Markaziy osiyolik migrantlarni qoʻlga oldi.
Jami 22 kishi qoʻlga olindi. Nomaʼlum shaxs migrantlarni Belarus hududidan Dnepr daryosi orqali qayiqda olib oʻtgani aniqlandi. Ular Moskva viloyatiga borishni rejalashtirishgan edi.
Pribыtiye poyezda Tashkent-Moskva - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.04.2021
Migratsiya
Nolegal migrantlar Rossiyadan 15 iyunga qadar chiqib ketishlari kerak – IIV
Shuningdek, Monastirshinskiy tumanining Dubrovka qishlogʻi hududida chegarachilar Belarus hududidan kelayotgan 2ta mikroavtobus toʻxtatildi. Mikroavtobusda 15 nafar chet el fuqarosi va bir nafar fuqaroligi boʻlmagan shaxs boʻlgan. Tekshiruv davomida fuqaroligi boʻlmagan shaxsda Rossiyaga kirish uchun taqiq qoʻyilgani aniqlandi.
FXX Smolensk viloyatidagi chegara boshqarmasi matbuot xizmatining xabar berishicha, oʻtgan hafta dam olish kunlari davomida chegara boshqarmasi xodimlari huquqni muhofaza qilish idoralari bilan hamkorlikda chegara rejimini buzgan 180 nafardan ziyod fuqaro qoʻlga olindi. Fuqarolar maʼmuriy javobgarlikka tortilib, qoʻshni davlat hududiga qaytarilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala