Jamiyat

Fuqarolarga ham Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilish huquqi berildi

Molotok sudi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.04.2021
Shavkat Mirziyoyev “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida”gi qonunni imzoladi.
TOSHKENT, 28 apr — Sputnik. 2021 yil 27 aprel kuni “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida”gi qonun prezident tomonidan imzolandi.
Qonunga koʻra, Konstitutsiyaviy sud doimiy faoliyat yurituvchi sud hokimiyati organi boʻlib, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat hujjatlarining Konstitutsiyaga muvofiqligi toʻgʻrisidagi ishlarni koʻradi.
Konstitutsiyaviy sud konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari muayyan ishda qoʻllanilgan va Konstitutsiyaga muvofiq boʻlmagan qonunda buzilgan deb hisoblovchi fuqarolar hamda yuridik shaxslarning shikoyatlarini ham koʻrib chiqishi belgilandi.
Fuqarolar va yuridik shaxslar qonun ularning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini buzmoqda deb hisoblasa hamda sudda koʻrilishi tugallangan muayyan ishda qoʻllanilgan boʻlsa va sudda himoya qilishning barcha boshqa vositalaridan foydalanib boʻlingan boʻlsa, qonunning Konstitutsiyaga muvofiqligini tekshirish toʻgʻrisidagi shikoyat bilan Konstitutsiyaviy sudga murojaat etishga haqli.
Konstitutsiyaviy sud rais va uning oʻrinbosarini qoʻshgan holda 9 nafar sudyadan iborat boʻladi (ilgari 7 nafar edi).
Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilish huquqiga ega boʻlgan subʼyektlar qatoriga quyidagilar kiritildi:
Inson huquqlari boʻyicha vakil (ombudsman) oʻrinbosari – Bola huquqlari boʻyicha vakil;
Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Milliy markazi;
Prezident huzuridagi Tadbirkorlik subʼyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil.
Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala