Dunyoda

Linkoln “arvohi” Oq uy matbuot kotibini qoʻrqitib yubordi

© AFP 2018 / DREW ANGERERPress-sekretar Belogo doma Djen Psaki
Press-sekretar Belogo doma Djen Psaki - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.04.2021
Jen Psaki brifing chogʻida gʻichirlagan tovushdan qoʻrqib ketdi va bu AQSH prezidenti Avraam Linkolnning arvohi boʻlgan boʻlishi mumkinligini aytdi.
TOSHKENT, 28 apr — Sputnik. Oq uy matbuot kotibi Jen Psakining brifingi davomida kutilmagan hodisa roʻy berdi.
Psaki jurnalistlarning savollariga javob berayotgan bir paytda yon tomondan nimadir gʻichirlab ketdi. U oʻz chiqishini bir necha soniyaga toʻxtatib, u yoqqa qarashga majbur boʻldi.
Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan videoda avvaliga matbuot kotib qoʻrqib ketganini payqash qiyin emas.
Psaki buni hazilga yoʻyib, ehtimol, bu AQShning 16-prezidenti Avraam Linkolnning arvohi boʻlganini aytdi.
“Qoʻrmang, Linkoln ruhi kezib yurgan boʻlishi istisno qilinmaydi”, - dedi kulib Psaki.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala