Otabekov: hozirda COVID-19 ga qarshi emlash faqat davlat muassasalarida amalga oshirilmoqda

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaZamnachalnika Slujbi sanitarno-epidemiologicheskogo blagopoluchiya i obshestvennogo zdorovya (SES) Uzbekistana Nurmat Otabekov.
Zamnachalnika Slujbi sanitarno-epidemiologicheskogo blagopoluchiya i obshestvennogo zdorovya (SES) Uzbekistana Nurmat Otabekov. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.04.2021
Obuna bo‘lish
Nurmat Otabekov xususiy muassasalar ham o‘zlari koronavirusga qarshi vaksinani olib kelib, emlash jarayonlarini amalga oshirishlari mumkinligini ma’lum qildi.
TOShKENT, 28 apr — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda koronavirusga qarshi vaksina xususiy sektor tomonidan pulli qilinayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbari o‘rinbosari Nurmat Otabekov ma’lumot berdi.
Uning ta’kidlashicha, xususiy immunoprofilaktika muassasalar (emlash markazlari) tomonidan koronavirusga qarshi emlash jarayonlariga ruxsat berilgan. Shu bilan birga, hozirgi kunda koronavirusga qarshi vaksinalar faqat davlat buyurtmasi asosida olib kelinmoqda va ushbu vaksinalar bilan aholining xavf osti guruhiga kiruvchi qatlamlari emlanmoqda.
“Xususiy immunaprofilaktik muassasalar ham o‘zlari koronavirusga qarshi vaksinani olib kelib, emlash jarayonlarini amalga oshirishlari mumkin. Ammo hozircha biror bir xususiy vaksinatsiya markazida bunday amaliyotlar o‘tkazilmayapti”, — dedi Otabekov.
U keyinchalik mamlakatga olib kelinayotgan vaksinalarga davlat buyurtmasi shakllantirilayotgan chog‘da xususiy sektor ehtiyoji ham e’tiborga olinishini qayd etdi.
“Xususiy sektor ehtiyoji ham e’tiborga olinsa, uni yurtimizga yetkazib berish bilan shug‘ullanadigan tashkilot, shu jumladan, „Dori-darmon“ AK tomonidan ham xususiy sektorga yo‘naltirilishi mumkin”, — deya qo‘shimcha qildi Otabekov.
23 aprelya v Uzbekistan bila dostavlena pervaya partiya vaksini Sputnik V - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.04.2021
"Sputnik V" bilan emlash bepul bo‘ladi - Sanepidxizmat
Avvalroq sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Bahodir Yusupaliyev xususiy sektor koronavirusga qarshi vaksinani mamlakatga olib kelishi mumkinligini ma’lum qilgan edi.
O‘zbekistonda aholini 1-apreldan koronavirusga qarshi ZF-UZ-VAC2001 va AstraZeneca vaksinalari bilan emlash jarayoni boshlangan. Kuni kecha mamlakatga “Sputnik V” vaksinasi ham olib kelindi. 28-apreldan Toshkentda 65 yoshdan oshgan aholi “Sputnik V” vaksinasi bilan emlash boshlanadi. 27-aprel holatiga ko‘ra, butun mamlakat bo‘ylab 600 mingdan ziyod fuqaro emlangan.
Yangiliklar lentasi
0