Jamiyat

Oʻzbekistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 90 mingdan oshib ketdi

© Sputnik / Pavel Bednyakov / Fotobankka oʻtishVremennыy gospital dlya patsiyentov s COVID-19
Vremennыy gospital dlya patsiyentov s COVID-19 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.04.2021
Aniqlanayotgan kasalliklar boʻyicha yetakchilikni poytaxt, Toshkent va Samarqand viloyatlari qoʻldan boy bermasdan kelyapti.
TOSHKENT, 28 apr — Sputnik. Kecha Oʻzbekistonda yana 378 kishida koronavirus aniqlandi. Jami kasallanganlar soni 90 008 nafarga yetdi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Aniqlangan yangi holatlarning eng koʻpi Toshkent shahri (180), Toshkent viloyati (75) va Samarqand viloyati (73) hissasiga toʻgʻri kelmoqda.
Meditsinskiy rabotnik  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.04.2021
Jamiyat
Barcha hududlarda koronavirus aniqlandi: Samarqand yetakchi uchlikda
Qolgan hududlarda bir nafardan toʻqqiz nafargacha kishida infektsiya aniqlangan.
Mamlakatda jami 86 449 (+269) kishi ushbu dardni yenggan va sogʻayish koʻrsatkichi 96 foizni tashkil qilmoqda. Qurbonlar soni oʻzgarishsiz (646 nafar) qolgan.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 2913 nafar bemor davolanmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala