Iqtisod

Oʻzbekistonda necha kishi pensiya va nafaqa oladi?

CC0 / Unsplash / Bruno Martins / Pojiloy mujchina sidit na skameyke v parke
Pojiloy mujchina sidit na skameyke v parke - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.04.2021
Joriy yilning 1-chorakda 86 535 nafar fuqaroga pensiya va nafaqalar tayinlangan.
TOSHKENT, 28 apr — Sputnik. 2021 yil 1 aprel holatiga pensiya va nafaqa oluvchilarning umumiy soni 3,9 mln nafarga yaqinlashib, aholi sonidagi ulushi 11,2 foizni tashkil qildi. Bu haqda Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi maʼlum qildi.
Shundan, 3,5 mln nafarga yaqinini pensiya va 400 ming nafardan ortigʻini nafaqa oluvchilar tashkil etadi.
Joriy yilning 1-chorakda 86 535 nafar fuqaroga pensiya va nafaqa tayinlangan. Shundan 68 594 nafariga pensiya va 17 941 nafariga nafaqa tayinlangan.
Pensiya va nafaqa - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.11.2020
Infografika
Pensiya qanday hisoblanadi?
Maʼlumot uchun, pensiya hisoblashning bazaviy miqdori oyiga 262 470 soʻmni, yoshga doir eng kam pensiya 513 350 soʻmni, bolalikdan nogironligi boʻlgan shaxslarga beriladigan nafaqa 513 350 soʻmni, zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqoralarga beriladigan nafaqa oyiga 315 030 soʻmni tashkil etadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala