Rossiya va O‘zbekiston harbiy sohada hamkorlikni kuchaytiradi - dastur tayyor

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Mediabankka o‘tishSovmestnie ucheniya s KSOR ODKB "Vzaimodeystvie-2019"
Sovmestnie ucheniya s KSOR ODKB Vzaimodeystvie-2019 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.04.2021
Obuna bo‘lish
Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida harbiy sohada 2021-2025 yillarga mo‘ljallangan strategik sheriklik dasturi tayyorlandi.
TOShKENT, 28 apr — Sputnik. Rossiya va O‘zbekiston mudofaa vazirliklari harbiy sohada mamlakatlar o‘rtasida 2021-2025 yillarga mo‘ljallangan strategik sheriklik dasturini tayyorladi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vaziri, armiya generali Sergey Shoygu ma’lum qildi.
Rossiya mudofaa vazirligi seshanba kuni Tojikistondan O‘zbekistonga keldi.
“Bunday hujjat ilk bor ishlab chiqilmoqda. Bugun uni tasdiqlashni taklif qilaman”, - dedi Shoygu uning o‘zbekistonlik hamkasbi Bahodir Qurbonov bilan o‘tkazilgan muzokaralar chog‘ida.
Shoygu o‘zbekistonlik hamkasblarini "Rossiya Mudofaa vazirligining bu yilgi muhim voqealariga" - Xalqaro xavfsizlik bo‘yicha to‘qqizinchi Moskva konferensiyasi, Armiya xalqaro harbiy-texnik forumi va Xalqaro armiya o‘yinlariga taklif qildi. Bu barcha tadbirlar bir vaqtning o‘zida o‘tkaziladi.

Biz bu texnikani qabul qiladigan, sotib oladigan, ishlatadiganlar poligonlarimizda amalda ko‘rishlari uchun bunday qildik. Eng muhimi - bugungi kunda Rossiya Qurolli kuchlarida mavjud bo‘lgan terrorizmga qarshi kurash tajribasi bilan bo‘lishish

Ministr oboroni RF Sergey Shoygu - Sputnik O‘zbekiston
Sergey Shoygu
Rossiya Mudofaa vaziri
U O‘zbekiston jamoalariga ArMIda "oldingi musobaqalardagidek muvaffaqiyatli" chiqishlarini tiladi.
Rossiya Mudofaa vaziri ikki mamlakat o‘rtasidagi harbiy hamkorlikning asosiy ustuvor yo‘nalishlarini sabab o‘tdi: harbiy xavfsizlikni ta’minlash, O‘zbekiston Qurolli Kuchlarining jangovar salohiyatini mustahkamlash, harbiy kadrlarni tayyorlash bo‘yicha ikki tomonlama tadbirlarni o‘tkazish.
“O‘zbekiston Rossiyaning Markaziy Osiyodagi strategik sherigidir”, deb ta’kidladi Sergey Shoygu.
"Mamlakatlarimiz ko‘plab sohalarda, shu jumladan xavfsizlik sohasida muvaffaqiyatli hamkorlik qilmoqda. Bugungi kunda chaqiriq va tahdidlarga, ayniqsa xalqaro terrorizmga qarshi birgalikda kurashish muhim", - dedi vazir.
Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu O‘zbekistonga tashrif buyurishga taklif va samimiy qabul uchun Bahodir Qurbonovga minnatdorchilik bildirdi. Vazirning so‘zlariga ko‘ra, u anchadan buyon Markaziy Osiyo marvaridi - Buxoroni va ochiq osmon ostidagi tarix muzeyni ko‘rishni orzu qilgan.
Yangiliklar lentasi
0