Jamiyat

Samarqand viloyati Bulungʻur tumanida bir nafar II jahon urushi qatnashchisi qolgan

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaVeteran Urazali Pirmanov
Veteran Urazali Pirmanov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.04.2021
Samarqand viloyati Bulungʻur tumani Niyozmat qishlogʻida istiqomat qiluvchi Oʻrazali Pirmanov Ulugʻ Vatan urushi boshlanganida 4-sinfda oʻqirdi.
1944 yilning noyabr oyida esa uni urushga olib ketishdi. Oʻshanda, 16 yoshli oʻspirinni 18 yoshga kirgan deb rasmiylashtirib, qirgʻinbarotga joʻnatishgan.
– Katta pushkalar kechalari chirogʻini yoqmay yurardi, meni koʻp urib yuborgan, ancha nariga uchib tushardim. Mayib boʻlganman koʻp martalab, - dedi Oʻrazali boboning oʻzi urushning ilk kunlarini eslab.
Bobo urushning zalvorli yillarida Belarusdan Berlingacha boʻlgan masofani bosib oʻtdi va 1947 yilda vatanga qaytib keldi.
© Iz lichnogo arxiva Urazali PirmanovaUrazali Pirmanov
Urazali Pirmanov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.04.2021
Urazali Pirmanov
– Bari odam oʻlib ketdi u yoqda... Qishlogʻimizdan ketgan yigitlardan 3 kishi qaytganmiz, xolos, - deyda veteran soddalik bilan.
Oʻrazali Pirmanov 1944 yilda Chirchiq shahrida 40 kun davomida harbiy tayyorgarlikdan oʻtgach, marshal G.K.Jukov qoʻmondonligidagi Birinchi Belarus frontiga yuborildi. Moto-oʻqchi polki tarkibida Belarussiya, Polsha va Germaniyaning bir qismini fashist bosqinchilaridan ozod qilishda ishtirok etdi. Orziqib kutilgan buyuk gʻalabani Berlin atrofidagi Brandenburg shahrida kutib oldi. Sogʻligida muammo paydo boʻlgach, Leningrad shahridagi harbiy gospitalda davolandi va 1947 yilda oddiy askar Pirmanov zaxiraga boʻshatildi.
Urushda koʻrsatgan mardligi va jasorati uchun Ikkinchi darajali Ulugʻ Vatan urushi ordeni, "Za otvagu" medali, "Za pobedu nad Germaniyey v Velikoy Otechestvennoy voyne 1941—1945 gg." medali, Gʻalabaning 20, 30, 40, 50, 60, 70 yilligi uchun, "70 let Voorujyonnыx Sil SSSR"yubiley medallari va Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 25 yilligi koʻkrak nishon bilan bilan taqdirlangan.
Sobiq jangchi anchayin murakkab hayot yoʻlini bosib oʻtdi.
Urushdan qaytib, 1947-1954 yillarda Bulungʻur tumani Krasnogvardeysk kolxozida oddiy ishchi, 1954-1962 yillar davomida Bulungʻur tuman Moliya boʻlimi inspektori lavozimida, 1962-1970 yillarda tumandagi 11-oʻrta maktabda xoʻjalik ishlari boʻyicha mudir, 1970-1986 yillarda Bulungʻur tumanidagi Krasnogvardeysk sovxozida oddiy ishchi boʻlib ishladi. Mana shu jarayonda uylandi, ikki nafar farzandli boʻldi... Hayotning achchiq-chuchugini ham totdi. Turmush oʻrtogʻi Pirmanova Muslima 1963 yil vafot etdi.
© Iz lichnogo arxiva Urazali PirmanovaUrazali Pirmanov
Urazali Pirmanov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.04.2021
Urazali Pirmanov
Shunga qaramay, Oʻrazali Pirmanov hayotda oʻz yoʻlini yoʻqotib, dovdirab qolmadi. U bir umr quvnoq boʻlgan va haligacha hazilni kanda qilmaydi.
– Nechaga kirgansiz, otaxon?
– Bir yuz qirqdaman!
– Bobo, adashdingiz, endi yuz yoshga kiryapsiz, - deb chugʻurlaydi evaralar.
– Nechiga kirganimni shu yoshni yashagan men bilamanmi, sen bilasan? - deydi bobo qiynalib garpirar ekan.
Albatta vaqt hech kimni ayamaydi. Oʻrazali bobo gapirishga qiynaladi... Xotira ham insonga uncha sodiq emasligini anglaganimiz holda, ehtiyotkorlik bilan urush esida qolgan-qolmaganini soʻraymiz.
– Nega qolmaydi? – deydi bobo, - Har kuni tushimda urushni koʻrib chiqaman... Buxorolik Shomurod degan doʻstim boʻlardi, hech esimdan chiqmaydi. Choʻchqa goʻshti yemasdi, xat yozishni ham bilmasdi. Xotiniga xatni men yozib berardim... Janglarda har doim oʻsha doʻstim yonimda edi. Uni koʻp eslayman. U ham urushdan omon qaytgan edi…
Amerikanskiye voyennыe na ulitsax razrushennoy Xirosimы posle atomnыx bombardirovok, Yaponiya  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.03.2021
Analitika
Ikkinchi jahon urushi boshlanishi uchun kim "pul tikkan". Maxfiy hujjatlar oshkor boʻldi
Bobo uzuq-yuluq xotiralari bilan oʻrtoqlashadi;
"Janglar davomida nemis fashistlari magʻlubiyatga uchraganini bilib, “Gitler kaput” deb taslim boʻlar yoki orqasiga qarab qochar edi".
"Berlinni egallash vaqtida 15 kun shu shaharda boʻldik. Berlinni egallashda asosan havo kuchlari va artilleriya koʻproq ishtirok etgan".
"Polshadan chiqib, Berlingacha piyoda borganmiz. Urush davrida meni qiynagan asosiy narsa - hech bir askar uxlamas edi. Oziq-ovqatdan koʻp qiynalmaganmiz, lekin dam olmasdan, uyqusizlik bilan janglarda ishtirok etar edik".
"Urush tugagandan keyin Berlin shahri atrofida joylashgan ballistik raketa ishlab chiqaradigan zavodni 8 oy qoʻriqladik. Oʻsha vaqtlarda men oshqozon kasalligi bilan harbiy gospitalda yotdim va keyin uyga javob berishdi. Ushbu zavodning SSSR hududiga olib kelinishida qatnashganman".
"Urush vaqtida jang harakatlari bilan birga qiziq voqealar ham koʻp boʻlar edi. Batalonimizda koʻp qiziqchiliklar qilganman. Rus tilini yaxshi bilmaganligim sababli mening rus tilidagi gaplarim kulgili chiqardi".
"Bugungi zamonga shukr qilib, bizdan keyingilar urush koʻrmasin deb niyat qilaman. Oʻshanda 17 yosh edim. Inson tanalarining parchalanib ketishi, bombalar portlab, inson aʼzolarining uzulib, qimirlab yotishlarni koʻrish azob edi".
Boyevыe nagradы i yubileynыe medali veterana Velikoy Otechestvennoy voynы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.04.2021
Jamiyat
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga 12 mln soʻmdan pul mukofoti beriladi
"Tunda mina portlab, yelkamga oskolka tekkan, haligacha ogʻriydi".
Bu insonni 76 yillik tan jarohati hamon bezovta qiladi, koʻngil jarohatlarini esa aytmasa ham boʻladi. Xotira haqida biroz adashibmiz… Bunaqa voqealar hech qachon inson xotirasidan oʻchmaydi!
1956 yilda tugʻilgan oʻgʻli Pirmanov Abdulhay;
– Otam koʻp qiyinchiliklarni koʻrgan, mehnatkash inson. Urush haqida koʻp gapirib beradilar.
Uzoq yashash siri bilan ham qiziqamiz. Boboning oʻrniga “Niyozmat” mahallasi raisi javob beradi:
– Koʻp soʻraganmiz... Oʻrazali aka adirliklardan giyoh terib yeb, choyga solib qaynatib yeb, shularning hisobiga uzoq umr koʻrganlarini aytadilar.
Bu urush qatnashchisining umr yoʻliga qarab, hayotda baribir hammasi adolatli va haqqoniy hal boʻlishiga ishonib ketasan: Oʻrazali 16 yoshida urushga ketmasligi, 17 yoshida har kuni yuzlab marta ajal bilan yuzma-yuz kelmasligi, 21 yoshida kasallanmasligi kerak edi. Biroq shunday boʻldi. Bir boqishda hammasi adolatsizlikday, taqdir u bilan hazillashayotganday edi. Biroq...
© Xokimiyat Bulungurskogo rayonaVeteran Urazali Pirmanov
Veteran Urazali Pirmanov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.04.2021
Veteran Urazali Pirmanov
Ajal ostonasidan omon qaytdi... Ikki nafargina farzandi bor edi, 100 dan ortiq nevara-evarali boʻldi. Tabarruk yoshlarga yetdi...
Taqdir bu soʻnggi jangchiga nisbatan qilgan haqsizliklar tovonini toʻlab berayotganday, goʻyo.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala