Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida bir nafar II jahon urushi qatnashchisi qolgan

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaVeteran Urazali Pirmanov
Veteran Urazali Pirmanov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.04.2021
Obuna bo‘lish
Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani Niyozmat qishlog‘ida istiqomat qiluvchi O‘razali Pirmanov Ulug‘ Vatan urushi boshlanganida 4-sinfda o‘qirdi.
1944 yilning noyabr oyida esa uni urushga olib ketishdi. O‘shanda, 16 yoshli o‘spirinni 18 yoshga kirgan deb rasmiylashtirib, qirg‘inbarotga jo‘natishgan.
– Katta pushkalar kechalari chirog‘ini yoqmay yurardi, meni ko‘p urib yuborgan, ancha nariga uchib tushardim. Mayib bo‘lganman ko‘p martalab, - dedi O‘razali boboning o‘zi urushning ilk kunlarini eslab.
Bobo urushning zalvorli yillarida Belarusdan Berlingacha bo‘lgan masofani bosib o‘tdi va 1947-yilda vatanga qaytib keldi.
© Iz lichnogo arxiva Urazali PirmanovaUrazali Pirmanov
Urazali Pirmanov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.04.2021
Urazali Pirmanov
– Bari odam o‘lib ketdi u yoqda... Qishlog‘imizdan ketgan yigitlardan 3 kishi qaytganmiz, xolos, - deyda veteran soddalik bilan.
O‘razali Pirmanov 1944-yilda Chirchiq shahrida 40 kun davomida harbiy tayyorgarlikdan o‘tgach, marshal G.K.Jukov qo‘mondonligidagi Birinchi Belarus frontiga yuborildi. Moto-o‘qchi polki tarkibida Belarussiya, Polsha va Germaniyaning bir qismini fashist bosqinchilaridan ozod qilishda ishtirok etdi. Orziqib kutilgan buyuk g‘alabani Berlin atrofidagi Brandenburg shahrida kutib oldi. Sog‘ligida muammo paydo bo‘lgach, Leningrad shahridagi harbiy gospitalda davolandi va 1947-yilda oddiy askar Pirmanov zaxiraga bo‘shatildi.
Urushda ko‘rsatgan mardligi va jasorati uchun Ikkinchi darajali Ulug‘ Vatan urushi ordeni, "Za otvagu" medali, "Za pobedu nad Germaniyey v Velikoy Otechestvennoy voyne 1941—1945 gg." medali, G‘alabaning 20, 30, 40, 50, 60, 70-yilligi uchun, "70 let Voorujonnix Sil SSSR"yubiley medallari va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 25-yilligi ko‘krak nishon bilan bilan taqdirlangan.
Sobiq jangchi anchayin murakkab hayot yo‘lini bosib o‘tdi.
Urushdan qaytib, 1947-1954 yillarda Bulung‘ur tumani Krasnogvardeysk kolxozida oddiy ishchi, 1954-1962 yillar davomida Bulung‘ur tuman Moliya bo‘limi inspektori lavozimida, 1962-1970 yillarda tumandagi 11-o‘rta maktabda xo‘jalik ishlari bo‘yicha mudir, 1970-1986 yillarda Bulung‘ur tumanidagi Krasnogvardeysk sovxozida oddiy ishchi bo‘lib ishladi. Mana shu jarayonda uylandi, ikki nafar farzandli bo‘ldi... Hayotning achchiq-chuchugini ham totdi. Turmush o‘rtog‘i Pirmanova Muslima 1963-yil vafot etdi.
© Iz lichnogo arxiva Urazali PirmanovaUrazali Pirmanov
Urazali Pirmanov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.04.2021
Urazali Pirmanov
Shunga qaramay, O‘razali Pirmanov hayotda o‘z yo‘lini yo‘qotib, dovdirab qolmadi. U bir umr quvnoq bo‘lgan va haligacha hazilni kanda qilmaydi.
– Nechaga kirgansiz, otaxon?
– Bir yuz qirqdaman!
– Bobo, adashdingiz, endi yuz yoshga kirapsiz, - deb chug‘urlaydi evaralar.
– Nechiga kirganimni shu yoshni yashagan men bilamanmi, sen bilasan? - deydi bobo qiynalib garpirar ekan.
Albatta vaqt hech kimni ayamaydi. O‘razali bobo gapirishga qiynaladi... Xotira ham insonga uncha sodiq emasligini anglaganimiz holda, ehtiyotkorlik bilan urush esida qolgan-qolmaganini so‘raymiz.
– Nega qolmaydi? – deydi bobo, - Har kuni tushimda urushni ko‘rib chiqaman... Buxorolik Shomurod degan do‘stim bo‘lardi, hech esimdan chiqmaydi. Cho‘chqa go‘shti yemasdi, xat yozishni ham bilmasdi. Xotiniga xatni men yozib berardim... Janglarda har doim o‘sha do‘stim yonimda edi. Uni ko‘p eslayman. U ham urushdan omon qaytgan edi…
Amerikanskie voyennie na ulitsax razrushennoy Xirosimi posle atomnix bombardirovok, Yaponiya  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.03.2021
Ikkinchi jahon urushi boshlanishi uchun kim "pul tikkan". Maxfiy hujjatlar oshkor bo‘ldi
Bobo uzuq-yuluq xotiralari bilan o‘rtoqlashadi;
"Janglar davomida nemis fashistlari mag‘lubiyatga uchraganini bilib, “Gitler kaput” deb taslim bo‘lar yoki orqasiga qarab qochar edi".
"Berlinni egallash vaqtida 15 kun shu shaharda bo‘ldik. Berlinni egallashda asosan havo kuchlari va artilleriya ko‘proq ishtirok etgan".
"Polshadan chiqib, Berlingacha piyoda borganmiz. Urush davrida meni qiynagan asosiy narsa - hech bir askar uxlamas edi. Oziq-ovqatdan ko‘p qiynalmaganmiz, lekin dam olmasdan, uyqusizlik bilan janglarda ishtirok etar edik".
"Urush tugagandan keyin Berlin shahri atrofida joylashgan ballistik raketa ishlab chiqaradigan zavodni 8 oy qo‘riqladik. O‘sha vaqtlarda men oshqozon kasalligi bilan harbiy gospitalda yotdim va keyin uyga javob berishdi. Ushbu zavodning SSSR hududiga olib kelinishida qatnashganman".
"Urush vaqtida jang harakatlari bilan birga qiziq voqealar ham ko‘p bo‘lar edi. Batalonimizda ko‘p qiziqchiliklar qilganman. Rus tilini yaxshi bilmaganligim sababli mening rus tilidagi gaplarim kulgili chiqardi".
"Bugungi zamonga shukr qilib, bizdan keyingilar urush ko‘rmasin deb niyat qilaman. O‘shanda 17 yosh edim. Inson tanalarining parchalanib ketishi, bombalar portlab, inson a’zolarining uzulib, qimirlab yotishlarni ko‘rish azob edi".
Boyevie nagradi i yubileynie medali veterana Velikoy Otechestvennoy voyni - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.04.2021
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga 12 mln so‘mdan pul mukofoti beriladi
"Tunda mina portlab, yelkamga oskolka tekkan, haligacha og‘riydi".
Bu insonni 76-yillik tan jarohati hamon bezovta qiladi, ko‘ngil jarohatlarini esa aytmasa ham bo‘ladi. Xotira haqida biroz adashibmiz… Bunaqa voqealar hech qachon inson xotirasidan o‘chmaydi!
1956 yilda tug‘ilgan o‘g‘li Pirmanov Abdulhay;
– Otam ko‘p qiyinchiliklarni ko‘rgan, mehnatkash inson. Urush haqida ko‘p gapirib beradilar.
Uzoq yashash siri bilan ham qiziqamiz. Boboning o‘rniga “Niyozmat” mahallasi raisi javob beradi:
– Ko‘p so‘raganmiz... O‘razali aka adirliklardan giyoh terib yeb, choyga solib qaynatib yeb, shularning hisobiga uzoq umr ko‘rganlarini aytadilar.
Bu urush qatnashchisining umr yo‘liga qarab, hayotda baribir hammasi adolatli va haqqoniy hal bo‘lishiga ishonib ketasan: O‘razali 16 yoshida urushga ketmasligi, 17 yoshida har kuni yuzlab marta ajal bilan yuzma-yuz kelmasligi, 21 yoshida kasallanmasligi kerak edi. Biroq shunday bo‘ldi. Bir boqishda hammasi adolatsizlikday, taqdir u bilan hazillashayotganday edi. Biroq...
© Xokimiyat Bulungurskogo rayonaVeteran Urazali Pirmanov
Veteran Urazali Pirmanov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.04.2021
Veteran Urazali Pirmanov
Ajal ostonasidan omon qaytdi... Ikki nafargina farzandi bor edi, 100 dan ortiq nevara-evarali bo‘ldi. Tabarruk yoshlarga yetdi...
Taqdir bu so‘nggi jangchiga nisbatan qilgan haqsizliklar tovonini to‘lab berayotganday, go‘yo.
Yangiliklar lentasi
0