Siyosat

Sergey Lavrov: AQShning ayrim arboblari soʻzlarida shizofrenik ohanglar mavjud

© Press-slujba MID RF / Fotobankka oʻtishMinistr inostrannыx del RF Sergey Lavrov
Ministr inostrannыx del RF Sergey Lavrov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.04.2021
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov RIA Novostiga bergan intervyusida Rossiya tomoni AQSH bilan munosabatlardan chiqish yoʻlini qanday koʻrayotganligi, amerikalik siyosatchilar bunga tayyor yoki yoʻqligi haqida gapirdi.
Soʻnggi vaqtlarda Rossiya va AQSH munosabatlarida inqiroz yuzaga qalqib qoldi: birin-ketin amerika sanktsiyalari kiritilmoqda, diplomatlar chiqarib yuborilmoqda, Rossiya javob choralarini koʻrishga majbur, Vashingtondagilar esa Moskvani yana va yana "jazolash" vaʼdasini berishmoqda.
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov "Rossiya segodnya" XAA bosh direktori Dmitriy Kiselyov tomonidan RIA Novosti uchun olingan intervyusida Rossiya tomoni AQSH bilan yuzaga kelgan munosabatlardan chiqish yoʻlini qanday koʻrayotganligi, amerikalik siyosatchilar bunga tayyor-tayyormasligi haqida gapirdi.
Lavrov shuningdek, hozirgi ikkiyoqlama munosabatlardagi holat "sovuq urush" davridagidan nimasi bilan hatto yomonroq ekani, Amerika "qizil chiziqlarni" kesib oʻtishga urinsa, Rossiya qay tarzda munosabat bildirishini tushuntirdi hamda nega "televizor va muzlatgichdan birini tanlab boʻlmasligi" haqida oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi.
- Amerika bilan munosabatlar juda yomon ahvolga kelgan. Shaxsan men bu qadar yomon munosabatlar boʻlganini eslay olmayman. Hozir hattoki "sovuq urush" vaqtidagidan ham yomonroq, deyish mumkin. Elchilar oʻz davlatlarida oʻtirishibdi. Buyogʻi nima boʻladi? Voqealar rivoji qanday kechadi?
- Agar hammasi bizga bogʻliq boʻlganida, ehtimol, normal munosabatlarga qaytardik va birinchi va u qadar murakkab boʻlmagan qadam sifatida Rossiyaning AQShdagi diplomatlari faoliyati boʻyicha koʻrilgan choralarga biz tomondan boʻlgan javob choralar - Rossiyadagi AQSH diplomatlari boʻyicha qabul qilingan cheklovlarni bekor qilardik. Biz Bayden administratsiyasi qasamyod qabul qilib, oʻz majburiyatlarini bajarishga kirishgan ondayoq ularga diplomatik cheklovlarni bekor qilishni taklif etganmiz. Men bu haqda Blinkenga eslatganman. Xiralik bilan emas, albatta. Shunchaki, biz normal faoliyat yuritishimiz uchun Barak Obama boshlab ketganlarni barchasini bekor qilish zarurligi haqida gapirganman. Obama prezidentlik muddati tugashiga ikki hafta qolganida eshiklarni qarsillatib yopib, zardasi qaynab, Rossiya mulklarini hibsga olgan, Vena konventsiyasiga tamomila zid ravishda Rossiya diplomatlarini quvib yuborgan edi.
Vizit prezidenta RF V. Putina v Turtsiyu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.02.2021
Dunyoda
Lavrov "Buyuk Turon" tashkil etilishi gʻoyasiga munosabat bildirdi
Keyin zanjir reaktsiyasi boshlandi. Aytgancha, biz uzoq vaqt bardosh berdik - 2017 yil yozgacha kutganmiz, sababi, Tramp maʼmuriyati bizni Oq uyni tark etayotgan Obama administratsiyasi tomonidan boʻlayotgan oʻtkinchi ekstsesslarga munosabat bildirmaslikni soʻragan edi. Ammo Tramp administratsiyasi ham ushbu holatni normal oqimga keltira olmadi, shuning uchun biz ozmi-koʻpmi "aks javob" berishga majbur boʻldik. Ammo amerikaliklarni bu tinchlantirmadi.
Hozir guvohi boʻlib turibmizki, Bayden administratsiyasi ham shu qiya tekislik boʻylab toyib borishda davom etmoqda. Garchi Bayden inauguratsiyasidan koʻp oʻtmay Putin va Bayden oʻrtasida boʻlib oʻtgan suhbatida, mening AQSH davlat kotibi Blinken bilan boʻlgan suhbatim davomida amerikalik hamkasblarimiz Rossiya bilan munosabatlarni jiddiy qayta koʻrib chiqayotganliklarini aytishgan va ushbu suhbat natijasi oʻlaroq koʻp narsa oydinlashishiga umid qilishayotganini aytishgan edi. Ammo ushbu suhbat natijasida yangi sanktsiyalar kiritilib, biz ularga shunchaki "aks javob" emas, balki, koʻplab marotaba ogohlantirganimizdek - "oxir-oqibat assimetrik harakatlar bilan javob qoʻlladik".
Bu, boshqa narsalar qatorida, Rossiyadagi Amerika diplomatik missiyalarida faoliyat yuritadigan va AQShdagi bizning diplomatlarimiz sonidan oshadigan diplomatlar va boshqa xodimlar sonining sezilarli farqiga ham tegishli edi. Biz bu haqda gaplashganmiz, hozir chuqurlashib oʻtirmayman.
Glava MID RF Sergey Lavrov  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.04.2021
Rossiya
Lavrov: Rossiya AQShning har qanday nodoʻstona xatti-harakatlariga javob qaytaradi
Ammo agar bizning munosabatlarimizdagi strategik qarashlar haqida gapiradigan boʻlsam, u holda men umid qilamanki, Vashingtonda, xuddi biz singari jahondagi strategik stabillik uchun masʼuliyatni his etishadi. Bu faqatgina RF va AQSH muammolari emas, bu faqatgina bizning fuqarolarimiz oʻzaro muloqotda, biznes yuritish va gumanitar loyihalarni amalga oshirishda duch kelayotgan muammolargina emas - bu tom maʼnoda xalqaro xavfsizlikni jiddiy xatarlarga roʻbaro qilayotgan muammolar hamdir. Shu bois, Jo Baydenning ABC telekanaliga bergan mashhur intervyusida yangragan ekstsesslarga biz qanday munosabat bildirganimizdan xabardorsiz. Prezident Putin AQSH prezidentining uchrashuv oʻtkazish taklifiga qanday munosabat bildirganini bilasizmi - biz buni ijobiy qabul qildik. Biz ushbu tashabbusning barcha jihatlarini tushunishni istaymiz va hozirda uni oʻrganish bilan shugʻullanyapmiz.

Yana bir bor takrorlayman, agar AQSH prezidentimiz Federal kengashga yoʻllagan murojaatida taʼkidlab oʻtganidek, "suveren pozitsiyasidan harakatlanishni bas qilsa", agar ular bir qutbli dunyoni shakllantirish, agar ular hamma gʻarb mamlakatlariga tobe boʻladigan qandaydir konstruktsiyani yaratish va gʻarbiy lagerning barchasi turli mintaqalarda Xitoy va Rossiya Federatsiyasiga qarshi oʻz bayrogʻi ostida turli davlatlarni verbovka qilish istiqbolsizligini anglasalar, agar Qoʻshma Shtatlar suverenitetni hurmat qilish, hududiy yaxlitlik, ichki ishlarga aralashmaslik va davlatlarning suveren tengligi kabi tamoyillar BMT Nizomida bekorga yozilmaganini tushunsa - ular shunchaki ustav majburiyatlarini bajarsalar - va biz bilan, boshqa davlatlar singari, oʻzaro hurmat, manfaatlar muvozanati asosida muloqot olib boradi… Aks holatda hech narsa oʻzgarmaydi. Prezident bu haqda Federal kengashga yoʻllagan murojaatida aniq va ravshan gapirdi va biz, agar bu bizning manfaatlarimizga javob bersa, juda keng kelishuvlarga tayyorligimizni taʼkidlab oʻtdi. Va, tabiiyki, biz "qizil chiziqlarni" kesib oʻtishga boʻlgan har qanday urinishga keskin munosabat bildiramiz, bu "qizil chiziqlar" chegarasini esa, oʻzingiz eshitganingizdek, biz oʻzimiz aniqlaymiz.
- Ular buni anglab, oʻzlarining syuzeren pozitsiyasidan voz kechisharmikin, nima deb oʻylaysiz, bu qanchalik kutsa boʻladigan voqelik? Axir umid - bilamizki, yaxshi, ammo real holat tamomila boshqacha.
- Men umid bildirganim yoʻq. Men qanday shartlarda muloqot qilishga tayyor boʻlishimizni aytdim.
- Bunday boʻlmasa-chi?
- Agar bunday boʻlmas ekan - bu ularning tanlovi. Demak, oʻzingiz aytib oʻtgandek, "sovuq urush" yoki undan battarroq sharoitlarda yashaymiz. Meni fikrimcha, "sovuq urush" davrida albatta, ziddiyatlar boʻlgan, juda jiddiy, xatarli va inqirozli holatlar ham koʻplab marotaba yuzaga kelib turgan. Ammo oʻsha vaqtda hozirda juda tanqis boʻlib ketgan oʻzaro hurmat ham bor edi. Hozir Vashingtondagi ayrim arboblarning soʻzlarida qayerdadir hatto shizofrenik ohanglar yangrab qolyapti. Yaqinda Oq Uy rasmiy vakili Rossiyaga nisbatan sanktsiyalar davom etishini, sanktsiyalar Vashington kutgan taʼsirni berayotganini va sanktsiyalardan maqsad AQSH va Rossiya oʻrtasidagi ziddiyatlarni kamaytirishdan iborat ekanligini aytdi.
Men bunga hattoki izoh bera olmayman. Umid qilamanki, bu singari bayonotlar Oq uyda shunday siyosat yonini olayotganlar uchun obroʻ keltirmasligini yaxshi anglashadi.
Ministr inostrannыx del RF Sergey Lavrov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.03.2021
Dunyoda
Lavrov dollardan voz kechishga chaqirdi
- Diplomatlar yaxshi ishlamaydi, ular oʻzaro munosabatlarni yoʻlga qoʻya olmaydi, degan fikrlarni eshitishimga toʻgʻri kelgan - biz hammamiz oʻjarlik qilamiz, pozitsiyamiz umuman moslashuvchan emas, shuning uchun munosabatlar yomon.
Ha, men ushbu baholarni ham oʻqiyman, yaxshiyam bizda soʻz erkinligi koʻplab Gʻarb davlatlariga, shu jumladan AQShga qaraganda ancha himoyalangan. Shuningdek, men muxolifat Internet-resurslarni, gazetalarni oʻqidim va menimcha, ehtimol bu odamlar oʻz nuqtai nazarini bildirishga haqlidirlar, yaʼni agar biz Gʻarb bilan bahslashmaganimizda, hozir bizda parmezan boʻlardi va boshqa narsalar, bizga chin dildan etishmayapti.
Ammo baʼzi sabablarga koʻra Gʻarbda oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olish yopilganda, buning sababini tushuntirmasdan, bu javob chorasi edi - shunchaki oziq-ovqat sotib olishni toʻxtatildi, import oʻrnini bosish bilan shugʻullanish boshlandi va oziq-ovqat narxi koʻtarildi.
Flagi  Rossii i Yevrosoyuza - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.03.2021
Kolumnistlar
“Rossiyani jazolash”. Lavrov Rossiya-YEI munosabatlari haqida
Bilasizmi, faqat farovonlik nuqtai nazaridan bu tor va bir tomonlama qarash - televizor va muzlatgich oʻrtasida tanlov. Bu – ular gaplashadigan til.
Agar ular AQSH qadriyatlarini qabul qilishni printsipial deb bilsalar, mening fikrimcha, AQShning eng buyuk prezidenti Jon Kennedi aytgan fikrini eslataman: “Mamlakating sen uchun nima qilishi mumkinligi haqida oʻylama. Oʻz mamlakating uchun sen nima qilishingiz mumkinligi haqida oʻyla".
Bu hozirgi liberal qarashlardan tubdan farq qiladi, faqat shaxsiy farovonlik, shaxsiy hol-ahvol hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Bunday falsafiy yondashuvlarni targʻib qilayotganlar, mening fikrimcha, nafaqat bizning genetik kodimizni tushunishadi, balki uni har tomonlama buzishga harakat qilmoqdalar.
Chunki yurtimizda farzandlarimiz, doʻstlarimiz, qarindoshlarimiz uchun yaxshi yashash, toʻq yashash, ular kelajagiga ishonish istagidan tashqari, milliy gʻurur tuygʻusi butun ming yillik tariximizda amalga oshirilgan barcha ishlarda doimo bir xil darajada muhim rol oʻynagan.
Agar kimdir u uchun bu qadriyatlar endi ahamiyatsiz deb hisoblasa, bu ularning tanlovi.
Ammo aminmanki, xalqimizning aksariyat qismi boshqacha fikrda.
- Blinken bilan uchrashishni kutmoqdamisiz? Bu uchrashuv qachon oʻtkazilishi mumkin va yaqin kelajakda boʻlib oʻtadimi?
- Telefonda gaplashganimizda, diplomatik etiket qoidalariga muvofiq men uni tabrikladim. Biz vaziyat boʻyicha baʼzi fikrlar bilan oʻrtoqlashdik.
Suhbat, menimcha, doʻstona, xotirjam, pragmatizmga asoslangan boʻldi.
Vstrecha glav MID RF i Uzbekistana S. Lavrova i A. Kamilova - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.03.2021
Dunyoda
Lavrov: Yevroittifoq bilan munosabatlar yoʻq qilingan
Amerikalik hamkasblarimiz davlat departamentida oʻzlarining barcha shtatlarini shakllantirishni tugatganida, shu jumladan koʻplab masalalar boʻyicha oʻzaro maqbul kelishuvlarga erishamiz, diplomatik vakolatxonalar faoliyatidan boshlab, strategik barqarorlik va boshqa koʻp narsalar, degan tushunchada aloqalarni tiklashga tayyor ekanligimizni taʼkidladim.
Amerika va Rossiya biznesi oʻzaro hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor, chunki yaqinda Amerika-Rossiya savdo palatasi bizni xabardor qildi.
Biz qandaydir qoʻshma koʻp tomonlama tadbirlar boʻlib oʻtishi, ularda fursat boʻlsa gaplashib olishimiz mumkinligi haqida suhbatni yakunladik. Hozircha AQSH tomonidan hech qanday signal kelmadi.
Agar tadbirlar taqvimi haqida gapiradigan boʻlsak - uch haftadan keyin Rossiya Islandiyadan Arktika kengashiga raislik qilish estafetasini qabul qiladi.
Menimcha, Reykyavikda 20-21 may kunlari vazirlar uchrashuvini oʻtkazish rejalashtirilgan.
Agar Amerika delegatsiyasiga davlat kotibi boshchilik qilsa, men, albatta, u bilan gaplashishga tayyor boʻlaman, agar u qiziqish boʻlsa. Ikki yil davomida Arktika kengashining raislik qilishimizni hisobga olib, men allaqachon islandiyalik hamkasblarimga bu vazirlar yigʻilishida ishtirok etishimni maʼlum qildim.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala