Kolumnistlar

Sergey Lavrov bilan katta intervyu

© Press-slujba MID RF / Fotobankka oʻtishMinistr inostrannыx del RF Sergey Lavrov
Ministr inostrannыx del RF Sergey Lavrov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.04.2021
Rossiyaga nodoʻst mamlakatlar roʻyxati, Donbassdagi urush, Chexiya mojarosi, BMT Nizomini himoya qilish guruhi va boshqa mavzular.
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning MIA “Rossiya Segodnya” bosh direktori Dmitriy Kiselyovga bilan suhbatining ikkinchi qismida Rossiyaga nodoʻst mamlakatlar roʻyxatiga kimlar kiritilishi, Donbassda urushga yoʻl qoʻymaslik kerakligi, nima uchun Zelenskiy Putinga qoʻngʻiroq qilib tusha olmayotgani, Chexiya bilan munosabatlar va boshqa qator mavzular muhokama qilindi.
Sergey Viktorovich, nodoʻst mamlakatlar roʻyxatiga kimlar kiritilishi mumkin, aniq nomzodlar bormi?
Bu masala bilan prezident topshirigʻiga koʻra Hukumat shugʻullanmoqda. Biz va boshqa taaluqli muassasalar ham bunda ishtirok etmoqdamiz. Lekin biz bu masalada shoshilishni, Rossiga haqida biror yomon gap aytgan har bir davlatni ushbu roʻyxatga kiritishni istamagan boʻlardik. Bizning qarorimiz chuqur tahlilga asoslangan boʻladi. Agar biz biror davlat bilan ishlarni boshqacha uslubda olib borishning iloji yoʻq deb hisoblasak, ana shunday yoʻl tutamiz. Albatta, bu roʻyxat vaqti-vaqti bilan toʻldirib turiladi. Kelajakda roʻyxatdagi ayrim davlatlar bilan munosabatlar qayta koʻrib chiqilishi ham mumkin.
Zdaniye MID RF - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.04.2021
Rossiya
Rossiya TIV 20 nafar chexiyalik diplomatlarni mamlakatdan chiqarib yuborishini eʼlon qildi
- Bu roʻyxat bilan qachon tanishish mumin boʻladi?
Yaqin orada, deb oʻylayman. Hukumat bu borada aniq topshiriq olgan, biz qanday kriteriy boʻyicha davlatlarni tanlab olishni bilamiz. Roʻyxat eʼlon qilinishiga oz qoldi deb oʻyldayman.
- Nodoʻst mamlakatlarga Rossiya fuqarolarini ishga jalb qilish taʼqiqlanadimi?
Har qanday jismoniy shaxslarni – Rossiya va xorijiy fuqarolarni.
-Bu nodoʻst mamlakatlarga qoʻyiladigan yagona cheklov boʻladimi yoki boshqa choralar ham bormi?
Ayni damda, prezident imzolagan farmonining asosiy maqsadi ana shu.
- Rahmat! Boshqa mavzu - Donbass. Yil boshidan buyon bu yerda tanglik darajasi ortib kelmoqda. Baydenning Putinga boʻlgan qoʻngʻirogʻidan keyin vaziyat tinchlanayotganga oʻxshaydi.Men “Hafta xabarlari” dasturida aytgan taxminim toʻgʻri chiqqanga oʻxshaydi – AQShning Ukrainaga bergan kafolati uydirma boʻlib chiqdi. Lekin otishma toʻxtamayapti, baʼzan taʼqiqlangan katta kalibrlar ham ishlatilmoqda. Bunday tinchlikning urushdan farqi yoʻqqa oʻxshaydi. U yerda yarim millionga yaqin Rossiya fuqarolari bor. Urush boʻlishi muqarrarmi?
- Agar hamma narsa biz yoki mahalliy koʻngillilarga bogʻliq boʻlsa edi, (biz tushunishamizga koʻra), urushdan voz kechish mumkin boʻlardi. Lekin bu masalaga Ukraina tomoni va Zelenskiy qanday qaraydi – tushunish qiyin. Tashqaridan qaraganda, Zelenskiy uchun asosiysi – hukumat boshida qolishga oʻxshaydi. Buning uchun u hatto neonatsist va radikallar bilan ham doʻstlashishga tayyor. Donbass koʻngillilarini esa terrorchilar deb eʼlon qilib ularga qarshi aksilterror operatsiya va qandaydir birlashgan qoʻshinlarni yoʻnaltirmoqda.
Lekin gʻarbdagi hamkasabalari bilan vaziyatni diqqat bilan oʻrganib chiqishganida, Donbassning hech bir tumani 2014 yildan buyon Ukrainaning hech qayerga hujam qilmagani maʼlum boʻlardi.
Donbassliklar Kiyev rejimi bilan jang qilishni istamaydi. Biz buni yaxshi bilamiz. Men Gʻarbdagi hamkasabalarimizga vaziyatga obʼyektiv nazar solishni bir necha bor aytganman, lekin ular vaziyatga noxolis munosabatda boʻlishmoqda. Bizning harbiy korrespondentlarimiz Donbassdagi haqiqatda nima boʻlayoganini uzuluksiz yoritib kelishmoqda.
- Okoplar ichida.
- Ha, ular har kuni okopla ichidan reportajlar tayyorlamoqda. Ukrainadan iqtisodiy jihatdan uzilib qolgan, maktab bogʻcha va boshqa infratuzilma obʼyektlari doimiy ravishda buzilayotgan, odamlar qurbon boʻlayotgan sharoitda mahalliy aholi oʻzini qanday his qilayotganini koʻrsatishmoqda.
Men gʻarblik hamkasabalarimdan doim soʻrayman, nega ular oʻz OAVlarini chiziqning narigi tomonida nima boʻlayotganini yoritishga chaqirmaydi? Oʻshanda ularga qanday zarar yetkazilgani, qaysi obʼyektlari buzilgani maʼlum boʻlardi. YEHXT bir-ikki yil oldin, bizning koʻp marotaba bildirilgan talablarimizdan keyin u tomonda nima boʻlayotgani va qancha odam qurbon boʻlgani haqida bir marotaba hisobot bergan edi xolos.
Amerikanskiye tanki M1A2 Abrams v Yevrope. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.04.2021
Kolumnistlar
“Hammasi Donbass tufayli” - AQSH Yevropada nimalar uyushtirmoqda
Oʻshanda ushbu statistika Kiyev fuqaro obʼyektlariga 5 marotaba koʻproq zarar yetkazayotganini koʻrsatgan edi. Aksariyat hollarda Kiyev fuqaro obʼyektiga zarba berganidan soʻng koʻngillilar oʻq ochish nuqtasiga qarshi zarba berishadi.
Oʻshandan buyon biz YEHXT hisobotlarini doimiy qilishga urinib kelmoqdamiz. YEHXT monitoring missiyasi rahbariyati va YEHXTning oʻzi ham ushbu masalada oʻzini qandaydir noqulay his qilmoqda va haqiqiy maʼlumotlarni chop etishdan imkon qadar qochishga harakat qilishmoqda.
Eng soʻnggi voqealarga kelsak, biz mart oxirida Janubiy va Gʻarbiy harbiy okruglar gʻarbiy oʻquv-mashqlari boʻlib oʻtishini eʼlon qilgan edik. Biz hech nima yashirmasdan oʻz hududimizda oʻquv-mashqlarni bajarib 2 haftadan soʻng ularning yakunlanganini maʼlum qildik.
Gʻarbda esa voy-dod koʻtarildi. Boshida “Rossiya Ukrainaga qoʻshin kiritmoqchi” deb baqirishgan boʻlsa, oxirida “qaranglar Rossiya chekinishga majbur boʻldi” deb jar solishdi. Ingliz tilida shunday ibora bor - wishful thinking yaʼni oʻzi istagan narsani haqiqat deb qabul qilish. Bu yerda aynan shunday boʻlganga oʻxshaydi.
Aytmoqchi Rossiyani “Katta yettilik”dan chiqarish haqida gaplar ham shular jumlasidan. Ular har safar uchrashganda oʻzaro “Biz Rossiyani “Yettilikka” boshqa chaqirmaymiz, deyishadi”. Bizga oʻsha kerak ham emas. “Katta sakkizlik” endi hech qachon amalga oshmaydi. Bu kechagi kun. Lekin “ana Rossiya qoʻshin kiritmoqchi”, “qaranglar Rossiya chekindi” kabi mavzularni hadeb OAVga olib chiqaverish bu – Gʻarbning xalqaro munosabatlarda oʻz ustuvorligini propaganda qilish istagini koʻrsatadi. Bu albatta achinarli holdir.
ress-sekretar prezidenta RF Dmitriy Peskov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.07.2017
Dunyoda
Peskov Ukraina chegarasi yaqinida qoʻshinlar kuchaytirilganiga izoh berdi
Ukrainada tinchlik oʻrnatish masalasini Putin Merkel bilan, keyinroq Makron va Bayden bilan ham muhokama qildi. Menimcha u yerda vaziyat juda oddiy. Zelenskiy va uning jamoasiga rahbarlik qilayotganlar undan Minsk shartnomalari talablarini bajarishga majburlamoqchi emas. Ular kuch ishlatishdan foyda yoʻqligini ham juda yaxshi bilishadi. Ular Donetsk va Luganskdan kelayotgan signallarni ham tushunishdi – ular oʻz yeri, xalqi va uy-joyini jon-jahdi bilan himoya qilishga tayyor. Aholi neonatsistlar qonunlari asosida yashashga tayyor emas. Prezident Putin aniq va ravshan qilib– Biz Donbassdagilarni hech qachon xavf ostida yolgʻiz tashlab qoʻymaymiz, deb aytdi.
Zelenskiy oʻz intervyularida Ukrainada rus tili va Rus pravoslav cherkovining hech qanday muammosi yoʻq, deb takror aytgani bilan - asl vaziyat bunday emas. Balkim hamma narsani undan yashirishayotgandir. Lekin menimcha uning hammasidan xabari bor. Agar kimdir Zelenskiyga AQSH Ukrainaga harbiy yordam beradi degan boʻlsa – bunday maslahatchi sariq chaqagayam arzimaydi. AQSH hech qachon yordamga kelmaydi. Buni hamma har doim bilgan.
Shu bilan birga Gʻarb bizni Minsk shartnomasini yumshatishga har tomonlama undamoqda. Ukraina dastlab DNR va LNR hududini oʻz nazorati ostiga olib keyin saylov yoki amnistiya qilishni taklif qilmoqda. Lekin bunday boʻlga taqdirda – u yerda qirgʻin boʻlishi muqarrar. Shu sababli ham hech kim Ukrainaga bunday qilishga yoʻl bermaydi. Minsk shartnomasida tinchlik oʻrnatishning har bir bosqichi va ketma-ketligi aniq belgilangan.
Peregovorы liderov Rossii, Germanii, Frantsii i Ukrainы v Minske - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.02.2020
Analitika
Minsk kelishuvlarining 5 yilligi - Ukraina, Gʻarb va Rossiya nimalarga erishdi?
Ularni bosqichma-bosqich bajarish oʻrniga, biz ukraina tomonidan sharnomani buzib talqin qilish holatlarini kuzatmoqdamiz. Ular goh chegaralarni nazorat qilish, goh amnistiyani oʻzgacha uslubda amalga oshirish va boshqa boshqa “yangiliklarni” taklif qilmoqda. Minsk shartnomasida esa hammasi aniq koʻrsatilgan, chegarani nazorat qilish - eng soʻnggi bosqich. Amnistiya esa hech qanday “koʻchma sudlovlarsiz” ikkala tomondan janglarda ishtirok etgan barcha fuqarolar uchun ham bir vaqtning oʻzida toʻliq amalga oshirilishi kerak.
Menimcha bu yerda asosiy javobgarlik Gʻarb tomonida turibdi. Hozir aynan Gʻarb Zelenskiydan ushbu shartnomani bajarishni talab qilishi mumkin. Axir 2019 yilda Rossiya, Frantsiya, va Germaniya prezidentlari uchrashuvida ushbu shartnomadan boshqa yoʻl yoʻqligini tasdiqlashgan edi.
- Rossiya Abxaziya va Janubiy Osetiyani tan olib, lekin DNR va LNRni nima sababdan tan olmayotganini koʻpchillik tushunmayotgan boʻlsa kerak. Hatto baʼzi jurnalistlar ham buni tushunishmaydi. Nima sababdan bu amalga oshirilmayapti?
Ha siz haqsiz, Abxaziya va Janubiy Osetiyaga oʻxshash joyi bor, lekin bitta muhim farqi ham bor – u yerda Minsk shartnomasiga oʻxshash shartnoma imzolanmagan edi. Merkel, Olland, Poroshenko va Putin ishtirokida 17 soat davom etgan muzokaralar imzolangan ushbu shartnomani BMT ham tasdiqlagan edi. Shu sababli ham hozir xalqaro huquq biz tomonda. Shartnoma soʻzsiz bajarilishi kerak.
- Zelenskiy Putinga qoʻngʻiroq qilib tusha olmayapti. Kuleba esa sizga qoʻngʻiroq qila olmayapti. Bu nimani anglatadi?
Buning maʼnosi shundaki, ular Minsk shartnomasini qayta koʻrib chiqishni va Rossiyani mojaroda ishtirok etayotgan tomondek koʻrsatishni istaydi.Masalan, Ukraina va DNR chegara chizigʻi yaqinida qoʻshinlar toʻplanmoqda, lekin ular ushbu masalani muhokama qilish uchun Moskvaga qoʻngʻiroq qilishmoqda. Biz esa ularni qayta-qayta Minsk shartnomasini oʻqishga va muammolarni DNR va LNR bilan hal qilish kerakligini aytmoqdamiz.
Agar Zelenskiy Rossiya – Ukraina munosabatlarini yaxshilashni muhokama qilishmoqchi boʻlsa – marhamat, biz doim tayyormiz.
- Yana bir mavzu – Chexiya. Ular nima qilayapti oʻzi?
Buni qanday muhokama qilishni, ular aslida nimaga erishmoqchi boʻlganini bilmayman, chunki ularning mantigʻini tushunishga aqlim yetmaydi. Bu voqeada qandaydir shizofrenik elementlar juda koʻp.
Chexiya prezidenti Zeman ushbu voqea ehtimol xorijiy davlatlar agentlari tomonidan amalga oshirilgan diversiya deb taxmin qildi. Vaholanki, aynan hozirgi bosh vazir Babish boshchiligidagi ushbu hukumat 2014 yilda, ushbu voqea sababi – bolgariyalik omborxona maʼsullarining beparvoligi tufayli sodir boʻlgan deyilgan edi.
Keyinroq esa ushbu omborxonada Yevropada taʼqiqlangan piyodalarga qarshi minalar saqlangani maʼlum boʻldi. Shu oʻrinda savol tugʻiladi, qanday qilib Bolgariya fuqarosi konventsiya bilan taʼqiqlangan minalarni Chexiya hududida saqlagan? Unda Chexiya hukumati qayerga qaragan?
- Balkim Chexiya savollarni dastlab oʻziga berishi kerakdir?
Ha balkim shunday qilishi kerak. YO boʻlmasa Ukrainadan oʻrnak olishi kerak. U yerda ham hukumatga boʻy soʻnmaydigan, qurol-aslaha, qurollangan kishilarga ega boʻlgan koʻngilli batalonlar juda koʻp. Bu ham davlat zaifligining bir belgisi boʻlsa kerak.
- Ukraina – bu boshqa gap. Chexiya esa Yevropa Ittifoqi aʼzosi, uning bir qator jiddiy xalqaro majburiyatlari bor.
Ha, bular birinchi navbatda Ottava konventsiyasi (piyodalarga qarshi minalarni taʼqiqlovchi), undan tashqari YEI ichida ham mojaroli hududlarga har qanday qurol yarogʻ yetkazib berishni taʼqiqlovchi normalar bor.
Yevropa va Rossiya munosabatlarini buzishda, birinchi navbatda inglizlar juda faol rol oʻynagan edi. Ular YEIdan chiqqan boʻlsa ham bu maʼnoda faollik susayishi sezilgani yoʻq. Aksincha ular YEI aʼzolarining Moskva bilan munosabatlarini nazorat qilishga urinishmoqda.
 Prezident Cheshskoy Respubliki Milosh Zeman - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.02.2021
Dunyoda
Chexiya prezidenti Putindan “Sputnik V” vaktsinasini yetkazib berishni soʻradi
Bu yerda hayron qoladigan joyi yoʻq, 2000 yillar tarixini esga olsak.
2007 yil, Litvinenko shifoxonada poloniy bilan zaharlangan edi. Moskva aybdor, dalil, isbot – yoʻq, chunki “maxfiy hujjatlar” bahonasida sud jarayoni – yopiq oʻtkazilgan.
2014 yil, Malayziya Boeing urib tushirildi, 4ta davlat yigʻilib (Gollandiya, Belgiya, Avstraliya, Ukraina) oʻzaro hukm chiqarishdi, tafsilotlarni sir saqlash majburiyati bilan. Hatto jabrlanuvchi tomon Malayziya ham taklif qilingani yoʻq. “Qora qutilar” Londonda oʻrganilgan.
Undan soʻng “Skripallar ishi”, kim nima zaharladimi yoʻqmi, nega ular tirik qolgan, nega politsiyachiga hech narsa qilmagan , lekin bir ayol qurbon boʻlgan, uning yonidagi erkakka esa hech narsa qilmagan va hokazo, savollar juda koʻp. Javob esa bitta – “xayli-laykli”.
Keyin “Navalniy” ishi – Moskvaga uchayotgan Omskda qoʻngan. Samolyotda u bilan boʻlganlardan, shifoxonada hech kim zarar koʻrmagan. Zararli modda boʻlgan butilkalar qanday qilib Germaniyaga olib borilgan va hech kim zararlanmagan. Zaharni faqat Bundesver klinikasida – aniqlashgan. Keyinchalik Kimyoviy qurolni taʼqiqlash tashkiloti ham aralashdi, lekin baribir keng jamoatchilik va Rossiyaga yana hech qanday dalil isbot taqdim etilmadi. Achinarli.
Brifing ofitsialnogo predstavitelya MID Rossii M. Zaxarovoy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.02.2021
Dunyoda
Navalniy va uning yordamchilari muxolifat emas - Zaxarova
Yaqinda, Britaniya maxsus xizmati MI-6 rahbari qirollikning Rossiyaga qarshi siyosatini yana bir bor namoyish qildi. Uning soʻzlariga koʻra “Rossiya bu tugab borayotgan davlat emish va bunday holatda u har qanday keskin harakatlarga yoʻl qoʻyishi mumkin ekan, uning uchun ham uni kuzatib turish kerak ekan”. Bunday tugʻma takabburlik, oʻzini haliyam dunyoning yetakchisi deb hisoblaydigan, inglizlarda boʻlsa kerak, xolos.
Lekin oʻzlari boʻlsa biz bilan qandaydir aloqalar bogʻlashga, bir nimalar haqida kelishib olishga urinishmoqda. Oʻzgalarni bundan bezdirib oʻzlari aloqa oʻrnatishga urinish – bu ham manmanlikning bir belgisi boʻlsa kerak.
Biror mamlakatning tugab borayotgani haqida gap ketganda – bir vaqtlar “ustida quyosh botmaydigan” ulkan imperiyadan kelajagi mavhum kichik orolchaga aylanib qolgan davlat - bunga yaqqol misol boʻlishi mumkin.
Chexiyada, esa boʻlib oʻtgan voqealar mamlakat ichida katta tortishuvga sabab boʻldi. Koʻpchillik ushbu voqealar toʻgʻri talqin qilinganiga shubha qila boshladi. Chexlarning oʻzi boʻlib oʻtgan voqeadan afsusga tushib, vaziyatni toʻgʻrilashga kirishishdi... Lekin kech boʻlgan edi. 18 nafar diplomatlar chiqarib yuborildi.
- Endi qanday ishlaymiz ular bilan?
Rostini aytsam, bizda muammo boʻlmaydi. Biz hech kimdan hech narsa soʻramaymiz. Agar chexiyalik hamkasabalarimiz oʻziga kelsa, qilgan ishining oqibatlarini tushunib yetsa, xullas “aqli kirsa” – biz ular bilan munosabatlarni tiklashga tayyormiz.
Boshqa ayrim davlatlar ham hozir bizga nisbatan ana shunday harakatlarni amalga oshirmoqda. Boltiqboʻyi, Polsha, Ruminiya.
- Germaniya ushbu “ruhiy kasallikni” qoʻllab-quvvatlamadi.
Ha, GFR tashqi ishlar vaziri Xayko Maas bu borada har tomonlama oʻylangan siyosat olib borayotganini namoyish qildi. Maas “firklarimiz turlicha boʻlsada suhbat olib borish kerakligini va umumiy yechimlar qidirish kerakligini taʼkidladi”. Germaniya har doim ham bunday yoʻl tutmagan.
- Sergey Viktorovich, siz yaqinda Xitoyda SWIFT xalqaro tizimining muqobilini topish kerakligi va Rossiya bunga tayyorlanayotgani haqida gapirgan edingiz. Hozir bu ishlar qaysi bosqichda, muqobil tizim qanday boʻlishi mumkin?
Bu haqida soʻnggi vaqtlarda koʻp marotaba gapirilgan edi. Gʻarb Rossiyaning iqtisodiy manfaatlarini qiyish imkoniyatini har joydan qidirmoqda. Ular Rossiyani SWIFT xalqaro toʻlovlar tizimidan uzib quyish mumkinligi haqida gapirishdi. Oʻshanda maʼsuliyatli siyosatchilar ehtiyot chorasi haqida oʻylab qoʻyishga majbur boʻlishgan edi.
Denejnыe kupyurы. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.04.2021
Rossiya
Rossiyada SWIFT muqobili paydo boʻlishi mumkin
AQSH xalqaro valyuta tizimida dollarning tutgan oʻrnidan foydalanib, oʻziga nomaʼqbul boʻlgan davlatlar valyutalarini qadrsizlantirish, ularning raqobatdoshligini susaytirishga harakat qilmoqda. Bugun Rossiya, Xitoy Turkiya dollarga ana shunday bogʻliqlikdan xoli boʻlishga harakat qilmoqda. Ular alternativ valyutalar yoki milliy valyutada hisob-kitob qilishmoqda.
Bizda “Mir” toʻlov kartalari tizimi bir necha yildan buyon ishlamoqda. “Mir” kartasi Xitoy va Yaponiyada ana shunday milliy toʻlov kartalar tizimlari bilan aloqalarni rivojlantirmoqda. Shuningdek xalqaro Maestro kartasi bilan ham aloqalar rivojlantirilmoqda.
Bizning Markaziy bankimiz ham biroz muddat oldin moliyaviy xabarlar uzatish tizimini muvaffaqiyatli ishga tushirdi. Hozirg kunda ushbu tizim tobora ommaviylashib bormoqda.
Yana bir marta aytmoqchiman, biz oʻzimizni oʻzimiz yakkalab qoʻyish niyatimiz yoʻq. Biz adolatli va demokratik xalqaro hamjamiyatning bir qismi boʻlmoqchimiz.
Biz Gʻarb bilan gaplashganda, demokratiya xalqaro munosabatlarda ham ustuvor boʻlishi kerak deyishimiz bilanoq – ularning ishtiyoqi yoʻqolib qoladi. Ichki demokratik jarayonlar boʻyicha esa – ular katta oʻqituvchi.
Rossiya va Xitoy xalqaro munosabatlarda ham demokratik printsiplar ustuvor boʻlishini, BMT nizomi saqlanib qolishini, hamma bir biri bilan kelishib ish tutishini istaydi.
Aynan shuning uchun ham moliyaviy toʻlovlar uchun ehtiyot chorasi kerak. U bizda yaratilgan va kerak boʻlganda biz hech kimga qaram boʻlib qolmaymiz.
- Demak markaziy bankning amaldagi moliyaviy axborot uzatish tizimi – SWIFTning amaldagi muqobili desa boʻladimi?
Ha, shunday. Men mutaxassis emasman, uning qanchalik ishonchli ekanidan xabarim yoʻq, lekin baza yaratilgan. Hukumat va MB uning kafolatini, mustaqilligini taʼminlash uchun kerak boʻlgan hamma ishni bajaradi.
- Siz xitoylik hamkasabangiz Van I bilan sanktsiyalardan zarar koʻrgan davlatlar tashabbusini tashkil qilgan edingiz. Unga qaysi davlatlar kirishi mumkin?
Men boshqacharoq aytgan boʻlardim. Biz BMT doirasida anchadan buyon bir tomonlama noqonuniy sanktsiya, embargo va blokada kiritish amaliyotini bekor qilishga qaratilgan faoliyat olib bormoqdamiz. Ushbu faoliyat bir necha yildan beri olib borilmoqda.
Masalan, biz har yili AQShning Kubaga nisbatan kiritilgan embargosini bekor qilish masalasini koʻtaramiz, 190ta davlat uni maʼqullaydi faqat AQSH va yana qandaydir kichik orol davlat unga qarshi chiqadi.
Bir tomonlama sanktsiyalar kiritish amaliyoti keng qoʻllanila boshlaganidan soʻng, bir guruh davlatlar BMT huzurida ana shunday noqonuniy sanktsiyalar haqida xabar beradigan maxsus hisobotchi lavozimi joriy etish uchun ovoz berdi. Ushbu hisobotchi ayol Belarus fuqarosi. Menimcha shuning oʻzi katta qadam.
Ushbu yoʻnalishda amalga oshirilayotgan ikkinchi yirik qadam, bu – BMT Nizomini qoʻllab-quvvatlash guruhidir. Bu yerda hech qanday revolyutsion gʻoya yoʻq, lekin Gʻarb tomonidan barcha davlatlar kira aʼzo boʻla olmaydigan guruhlar tashkil qilinayotgan bir vaqtda, bu BMT Nizomi himoyasi tomon qoʻyilgan muhim qadam boʻladi.
Goroda mira. Nyu-York - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.02.2020
Dunyoda
Rossiya AQSH viza berishni rad etgani tufayli BMT arbitrajini talab qildi
Masalan Jo Bayden yaqinda demokratiya sammitini oʻtkazishni eʼlon qildi. Alabatta, uning ishtirokchilarini amerikaliklarning oʻzi tanlab oladi, yaʼni kimni demokratik yoki nodemokratik davlat deyishni ularning oʻzi hal qiladi.
Shuningdek, Frantsiya va Germaniya ham multilateralistlar alyansini tashkil qilish haqida eʼlon qilishdi. U yerga faqat OAV erkinligi taʼminlangan davlatlar taklif qilinadi. Hozir u yerga 30ga yaqin davlat taklif qilingan.
Vaholanki, buning uchun allaqachon YUNESKO bor, va bundan muammolar oʻsha yerda hal qilinishi kerak.
Bizning tashabbus esa, xalqaro universal huquqni himoya qilish. BMT aynan shu bilan shugʻullanadi.
Ayirmachilar esa oʻz chaqiriqlari ostiga 50ka yaqin davlatlarni toʻplab olishgan. Ular muammoni oʻzaro muhokama qilib, biror qarorga kelishadi va keyinchalik uni barcha uchun majburiydek eʼlon qilishadi. Oqibatda bunday harakatlar bir tomonlama sanktsiyalarga qaraganda kuchliroq taʼsir oʻtkazadi.
- Balkim oʻsha uyushmalarga ham qandaydir yoʻl bilna aʼzo boʻlish mumkindir?
Hammasi BMTga aʼzolik doirasida amalga oshirilmoqda. Biz hech kimga qarshi faoliyat olib borayotganimiz yoʻq. Osiyo-tinch okeani hududida biz hech nimani oʻzgartirmoqchi emasmiz. U yerda ASEAN tashkiloti bor. Kimda qanday muammo boʻlsa oʻsha yerda hal qilish mumkin.
Gʻarb esa bunga qarshi faoliyat olib bormoqda. Ular Hind-Tinch okeani strategiyasini ishga tushirmoqda. Uning vazifasi Xitoyni cheklab turish, Rossiyani mutlaq izolyatsiya qilish.
BMTda ham ana shunday vaziyat. Ular turli mavzular boʻyicha har xil guruhlar tashkil qilib, BMTning keng davrasida muhokama qilinishi kerak boʻlgan mavzularni burchak-burchaklarda oʻzlariga maqbul boʻlgan doirada muhokama qilib natijasini “xalqaro hamjamiyat xulosasi” deb koʻrsatishmoqda.
- Sergey Viktorovich, aytishlaricha amerikaliklar Braziliyaga taʼsir oʻtkazib, Rossiya vaktsinasidan voz kechishga majbur qilishganini tan olishdi. Mamlakatda vaziyat juda yomon boʻlsada, Braziliya “Sputnik V”dan foydalanishdan voz kechdi. Siz buni qanday baholaysiz?
Men bundan hayron qoldim. Amerikaliklar ushbu faoliyatni olib borayotganlaridan uyalmaydi ham. Oldingi maʼmuriyatda ham Mayk Pompeo butun Afrika davlatlari boʻylab, matbuot anjumanlarida ochiq oydin - Rossiya va Xitoy bilan savdo qilmaslikka chaqirgan edi. Uning fikricha Rossiya va Xitoy oʻzlarning egoistik manfaatini koʻzlaydi AQSH esa faqat Afrika xalqlari manfaati uchun savdo qiladi.
Ministr inostrannыx del RF Sergey Lavrov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.04.2021
Siyosat
Sergey Lavrov: AQShning ayrim arboblari soʻzlarida shizofrenik ohanglar mavjud
Braziliyada hozir ushbu siyosatga qarshi harakat paydo boʻldi. Amerikaliklar oʻz mantiqiga asosan harakat qilmoqda. Ular oʻzlariga hamma narsa mumkinligiga shubha qilishmaydi va omma oldida ham buyuruq berishga uyalmaydi.
Esingizda boʻlsa, yaqinda Frantsiya prezidenti Makron yangi urush boʻlayotganini va uning doirasida Rossiya va Xitoy vaktsinadan propaganda quroli siftida foydalanayotganini maʼlum qilgan edi. Hozir bunday qarashlar chekinmoqda. Germaniya Rossiya vaktsinasidan foydalanishga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Biz hech kimni majburlamaymiz. Hayotning oʻzi hamma narsani oʻz joyiga solib qoʻyadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala