Shoygu O‘zbekistonga noyob hujjatlarni hadya etdi

© Fotoxost-agentstvo sco-russia2020.ru / Mediabankka o‘tishMinistr oboroni RF Sergey Shoygu
Ministr oboroni RF Sergey Shoygu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.04.2021
Obuna bo‘lish
Rossiya mudofaa vaziri O‘zbekistonga respublika xalqining fashizmni tor-mor etishga qo‘shgan hissasi haqidagi hujjatlarni taqdim etdi.
TOShKENT, 28 apr — Sputnik. Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu O‘zbekistonga respublika xalqining Ulug‘ Vatan urushi yillarida fashizmni tor-mor etishga qo‘shgan hissasi haqidagi hujjatlar to‘plamini hadya sifatida olib keldi.
Shoygu kecha O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keldi. Hozir u Buxoroda o‘zbekistonlik hamkasbi Bahodir Qurbonov bilan muzokaralar o‘tkazmoqda.
Sovmestnie ucheniya s KSOR ODKB Vzaimodeystvie-2019 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.04.2021
Rossiya va O‘zbekiston harbiy sohada hamkorlikni kuchaytiradi - dastur tayyor
“Uchrashuvimiz 1941-1945 yillarda Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alaba kuni arafasida bo‘lib o‘tmoqda. Men hadya sifatida o‘zbek xalqining umumiy G‘alaba qo‘shgan hissasi haqidagi arxiv hujjatlar to‘plamini olib keldim”, - dedi Rossiya vaziri. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
Jangovar harakatlar O‘zbekistondan yiroqda bo‘lib o‘tganiga qaramasdan, uning qiyinchiliklari va azob-uqubatlarini har bir oila boshdan kechirdi. Urushga 1,95 millionga yaqin kishi safarbar qilingan, 200 mingdan ziyod askar va zobitlar mukofotlarga loyiq ko‘rilgan.
Respublikaga 1,5 million kishi, jumladan, 250 mingdan ziyod bola evakuatsiya qilingan.
Yangiliklar lentasi
0