Kolumnistlar

“Tolibon”* Afgʻoniston shimolini nazoratga olmoqda – Markaziy Osiyo xavf ostida

© AP / Allauddin KhanBoyeviki dvijeniya Taliban*
Boyeviki dvijeniya Taliban* - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.04.2021
Afgʻonistondagi vaziyat ildam surʼatlar bilan keskinlashmoqda: AQSH va NATO qoʻshinlari mamlakatni tark etmoqda, “Tolibon” aksariyat viloyatlarni, shu jumladan shimoliy viloyatlarni nazorat qilmoqda.
Rossiya Markaziy Osiyo davlatlari bilan birgalikda janubiy yoʻnalishdan harbiy tahdidlarni qaytarishga tayyorlanmoqda.
Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu 27 aprel kuni Dushanbeda xizmat safari chogʻida qoʻshni Afgʻonistondagi vaziyat tanazzulga yuz tutmoqda deb aytdi, shu sababli Rossiya va Tojikiston harbiy mashgʻulotlar davomida janub yoʻnalishidan tahdidlarni birgalikda qaytarish boʻyicha mashqlarni bajarishdi.
Boyeviki dvijeniya Taliban* - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.04.2021
Kolumnistlar
“Tolibon”* qanday qilib Afgʻonistondan AQSH qoʻshinlarini haydab chiqarmoqda
Avvalroq "Harb-Maydon", "Sambuli" va "Momirak" chegara poligonlarida 201-Rossiya harbiy bazasi va Tojikiston Qurolli Kuchlarining 3500 nafardan ortiq harbiy xizmatchisi ishtirokida qoʻshma manyovrlar boʻlib oʻtdi.
Bundan tashqari, RF Tojikiston harbiy xizmatchilarini tayyorlash dasturini kengaytirmoqda. Moskva va Dushanbe havo hujumidan mudofaa qoʻshma tizimini yaratish boʻyicha kelishuv tayyorlamoqda. Sergey Shoyguning Tojikistonga tashrifi va harbiy va harbiy-texnik hamkorlikka urgʻu berilishi tasodifiy emas.
AQSH va uning NATOdagi ittifoqchilari 25 aprelda oʻz qoʻshinlarini Afgʻonistondan olib chiqishni boshlashdi. 1 mlrd dollarlik xorijiy harbiy bazalar va tegishli uskunalar Afgʻoniston armiyasiga qoldiriladi.
Amerikanskiye voyennыe na yugo-vostoke Afganistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.04.2021
Kolumnistlar
AQSH Markaziy Osiyoda harbiy baza uchun joy izlayapti. Pentagon Oʻzbekistonni tanlaydimi?
“Tolibon” hukumat kuchlari bilan shiddatli janglarda muhim harbiy inshootlarni egallab olishga harakat qilmoqda va shimoliy Balx viloyatida maʼlum yutuqlarga erishdi. Afgʻonistondagi qurolli toʻqnashuvlar davomida bir hafta ichida 90 nafardan ortiq askar va politsiyachi, 14 nafar tinch aholi oʻldirildi, 165 terrorchi yoʻq qilindi.
AQSH va NATO qurollarining Afgʻoniston hukumat kuchlariga topshirilishi qoʻshni Markaziy Osiyo davlatlari uchun katta xavf tugʻdiradi.
Bir vaqtlar AQSH 1 milliard dollarga Iroqning "toʻgʻri" armiyasini tuzib, jihozlagandi, tez orada deyarli barcha qurollar, tanklar, artilleriya, tanklarga qarshi TOW tizimi va Stinger (PZRK) "Islom davlati"* jangarilari qoʻliga oʻtgandi.
Turetskiy flag - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.11.2019
Dunyoda
Turkiya "Islom davlati" jangarilarini Yevropaga yuborish bilan tahdid qilmoqda
Agar jihodchilarni "qayta qurollantirish" bilan bogʻliq shunga oʻxshash vaziyat Afgʻonistonda takrorlansa, oʻshanda 2002 yilda Gʻarb koalitsiyasining faol koʻmagi bilan yangi armiya paydo boʻlgandi, butun mintaqa uchun ogʻir oqibatlarga olib kelishi mumkin.
AQSH va “Tolibon”* oʻrtasida tinchlik kelishuvi faqat fuqarolar urushining yangi bosqichiga olib kelishi bugun ayon boʻlib turibdi.
Afgʻoniston Milliy xavfsizlik kuchlari qurollangan terroristik guruhlarga samarali qarshilik koʻrsata olmaydi.

Qaynoq shimol va shafqatsiz janub

23 aprel kuni “Tolibon” jangarilari shimoliy Balx provintsiyasida joylashgan hukumat qoʻshin bazasini ishgʻol qildi, 9 askar oʻldirildi. Bir kun oldin jihodchilar Mozori-Sharif shahri yaqinidagi Afgʻoniston armiyasi blokpostiga hujum uyushtirganda 9 nafar harbiy halok boʻlgan edi.
Amerikanskiye soldatы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.04.2021
Dunyoda
AQSH va NATO Afgʻonistondan qoʻshinlarni olib chiqishni boshladi
Agar Afgʻoniston armiyasining bazalari qurol-yarogʻ bilan “Tolibon” vakillarini oʻziga jalb qilsa, blokpostlar - jihodchilar bosib olishga harakat qilayotgan hudud va magistral yoʻllarning "kaliti" hisoblanadi. Shimoliy Taxar viloyatida “Tolibon”* jangarilari 17 aprel kuni hukumat blokpostiga hujum qildi, 4 nafar askar halok boʻldi.
Afgʻoniston shimoli qizib bormoqda. “Tolibon” hozircha Markaziy Osiyo qoʻshni davlatlari hududida koʻrinish bermadi, ammo tojikistonlik jangarilar allaqachon Afgʻonistonda boʻlib, “Tolibon”* guruhlari bilan birgalikda harakat qilishmoqda.
Avvalroq, Badaxshon hukumati tojik va oʻzbek guruhlari “Ansarulloh” va “Xarkat-i-Islomiy” koʻmagida mintaqada ID* va “Al-Qoida”* terrorchilik tashkilotlari soni koʻpaygani haqida xabar bergandi. Afgʻon urushini qoʻshni davlatlarga eksport qilinishi ehtimoli katta.
Bemaʼni keskinlashuv ham kuchaymoqda. Masalan, 21 aprel kuni “Tolibon” vakillari Kobul yaqinidagi Vardak viloyatida joylashgan politsiya uchastkasini egallab oldi. Politsiyachilar ixtiyoriy ravishda taslim boʻldilar, ammo jangarilar besh nafar huquq-tartibot xodimini qatl qilishdi.
Boyeviki dvijeniya Taliban - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.04.2021
Dunyoda
“Tolibon”* 1 mayga qadar Afgʻonistondan xorijiy qoʻshinlarni olib chiqilishini talab qildi
Bu mamlakatda katta jamoatchilik noroziligini keltirib chiqardi, chunki Afgʻonistondagi vaziyatda politsiyadan “Tolibon”*, “ID”*ga oʻtish va ulardan politsiyaga yana qaytish holatlari koʻp kuzatiladi. Ehtimol, jihodchilar internatsional vakillari "soʻnggi va hal qiluvchi jang" yaqinlashayotganini sezishmoqda, ikkilanadiganlar joyida oʻldirilmoqda. Boshqa tomondan, 17 aprel kuni Afgʻoniston HHK Balx viloyatining shimolidagi “Tolibon” lageriga havo hujumini uyushtirdi va 8 jangari, shu jumladan dala qoʻmondoni oʻldirildi. Afgʻonistonning Nimroz viloyatidagi “Tolibon”* pozitsiyalariga qarshi yana ikkita aviazarba oqibatida 22 nafar jihodchi oʻldirildi. Zobul viloyatida hukumat kuchlari va “Tolibon”* oʻrtasidagi jangovar toʻqnashuvda 14 nafar jangari oʻldirildi.
Eslatib oʻtaman: AQSH koʻp yillar davomida Afgʻonistonda yangi armiya tuzib keldi, biroq 2015 yil sentyabr oyida “Tolibon”*ning kam sonli jangarilari Qunduz shahrini (Panj chegara daryosidan 60 kilometr uzoqlikda joylashgan) 7000 kishilik garnizondan qaytarib olishdi. Ular shaharni ikki hafta ushlab turishdi.
Boyeviki dvijeniya Taliban* - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.11.2020
Kolumnistlar
Afgʻon qozoni qaynamoqda: Amerikaliklar ketmoqda, tolibon qurollanmoqda
Bugungi kunda “Tolibon”* qatʼiyatliroq boʻlib qolgan, uning safida 50 mingdan ortiq tajribali jangchilar bor. Harbiy kontingentlar va Amerika alyansining harbiy-havo kuchlari olib chiqilgandan keyin Kobul hukumati mamlakatda hokimiyatni saqlab qolish juda qiyin boʻladi. Aytgancha, AQSH bugun oʻz qoʻshinlarini olib chiqish vaqtida - himoya qilish uchun 650 nafar askarni Afgʻonistonga yuborishga qaror qildi.
Avvalroq Pentagon Qatar aviabazasiga 2 dona B-52 Stratofortress bombardimonchi samolyoti yuborilgani haqida maʼlum qildi. Ehtimol, amerikaliklar haqiqatan ham Afgʻoniston armiya va politsiya kuchlariga ishonishmaydi.
Muvaffaqiyatsiz missiya
AQSH Markaziy qoʻmondoni rahbari general Frank Makkenzi afgʻon xavfsizlik kuchlarining mamlakatni oʻzi himoya qilish qobiliyatiga shubha bilan qaraydi. Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Uilyam Berns chet el kontingenti chiqarilgandan soʻng afgʻon kuchlarining jangovar tayyorgarligini muhokama qilish uchun Qobulga eʼlon qilinmagan tashrif uyushtirdi.
Sal avval Berns qoʻshinlarning chiqarilishi "muhim tahdidlar" bilan bogʻliq boʻlishini - xususan, "Islom davlati"* va "Al-Qoida"* Afgʻonistonda oʻz taʼsirini qayta tiklashi mumkinligini maʼlum qilgandi.
Jenщina-musulmanka na fone sgorevshix mashin. Illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.01.2020
Jamiyat
Erim jang qilayotganda unga farzandlar tugʻib berdim: ID* terrorchisi ayolining dil izhorlari
Pentagonning AQSH Kongressi uchun tayyorlangan 24 apreldagi dokladida "Al-Qoida"* Afgʻonistonda toliblar bilan hamkorlik qilishda davom etayotgani qayd etilgan, yangi hujumlar tahdidi saqlanib qolmoqda, uyushmalar oʻrtasidagi "oʻzaro manfaatli" aloqalarning uzilishi ehtimoli juda kam.
Bu "qondosh" aloqalar 2020 yilning 29 fevralidagi tinchlik bitimi shartlariga zid boʻlsada, amerikaliklar baribir ketishmoqda. Ular kompensatsiya tariqasida bor-yoʻgʻi 300 million dollar miqdoridagi "qoʻshimcha fuqarolik" yordamini taklif etishgan.
Moskva afgʻondagi holat va AQSH hamda NATO missiyasi umumiy holatiga mazmunli va qatʼiy baho bergan edi. RF TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarovaning soʻzlariga koʻra, "Al-Qoida"* yacheykalari 11ta afgʻon provintsiyasida mavjud, toliblar mamlakat hududining yarmidan koʻpini nazorat qiladi va hukumat bilan qurollangan urushni davom ettirishmoqda.
Bыvshiye boyeviki Talibana nesut svoye orujiye - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.06.2020
Dunyoda
BMT: “Tolibon” “Al-Qoida” bilan aloqalarni davom ettirmoqda
Afgʻoniston shuningdek yangi global tahdid - ID* uchun boshpanaga aylanib ulgurgan, mamlakatda jangarilar soni 4 mingga yaqin, ular muntazam ravishda teraktlarni sodir etishadi, jumladan, Qobulda ham.
Narkotiklarga qarshi kurash sohasida ham kartina juda achinarli. Afgʻonistonda natochilarning boʻlgan davrida opiy maki kultivatsiyasi maydoni 20karradan ortib ketdi – 163 ming gektarga yetdi (jahon opiatlar bozorining 80%dan ortigʻini taʼminlashadi). Afgʻoniston Islom Respublikasining 34 provintsiyasidan 24tasida narkotiklar ommaviy ravishda ishlab chiqariladi.
Mariya Zaxarova amerikaning Afgʻonistondagi kampaniyasini "shuhratsiz", deya atadi. Axir "yigirma yil davomida alyans mamlakatni himochlab, unda tartibni taʼminlay oladigan mahalliy jang qilishga qodir kuch tuzilmalarini yaratish vazifasini bajara olmadi".

Toliblarning "ezgu" niyatlari

"Talibon"* toʻqsoninchi yillar oxiridagiga, u endi hukumat tepasiga kelgandagiga nisbatan juda kam oʻzgargan. Tashkilotning deklarativ maqsadi bu "Afgʻonistonni ozod qilish va davlat tuzilmasiga islomiy tizimni joriy qilishdir".
Ilgariroq toliblar maxsus bayonotda (siyosiy dastur ekvivalenti) Afgʻonistonda oʻzlari oʻrnatmoqchi boʻlayotgan Islom Amirligi tamoyillarini tushuntirishgan edi. Bu tamoyillar asoslari ularga koʻra Qurʼon, hadis va islom huquqshunosligida toʻliq bayon etilgan.
Toliblar misollar keltirishmagan, ammo "Amaliyotda musulmonlar bu tizimni asrlar davomida sinashgan. Biz davlatimizda qotildan oʻch olinishini, adashgan qamchi bilan jazolanishi mumkin boʻlgan tizim mavjud boʻlishini istaymiz", deya taʼkidlashmoqda.
Vertoletы koalitsii NATO v Afganistane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.03.2021
Dunyoda
NY Times: AQSH oʻz qoʻshinini chiqarsa, toliblar Afgʻonistonda hokimiyatni egallab olishi mumkin
Mamlakat "chet el kuchlari va ularning mafkuralaridan, shuningdek Gʻarb huquqiy tizimlarining barcha izlaridan" tozalanishi va barcha ishlar shariat qonunlariga muvofiq olib borilishi kerak.

Afgʻonistonning toliblar tomonidan nazorat qilinadigan tumanlari aholisi bu amalda qandayligi haqida hikoya qilishadi. Qizlar maktabda tahsil ololmaydilar.
Toliblar poliklinikaga borishga va dori-darmon olishga ruxsat bermaydilar. Ayollar koʻchaga erkak hamrohligisiz chiqa olmaydilar. Dunyoviy koʻngil ochishlar taʼqiqlangan. Ayb ish qilganlar darra bilan jazolanadilar.
Butun Afgʻoniston toliblarning "ezgu ishlari" bilan qamrab olingach, ehtimol, qoʻshni davlatlar uchun ham "maʼnaviy transformatsiya" navbati yetib keladi. Qoʻlda qurol tutgan "missionerlar" yigirma yil AQSH va NATO qoʻshinlariga qarshi turishgan.
Gʻalaba tuygʻusi sarmast qiladigan darajada taʼsir koʻrsatmoqda. Toliblar va ularning ittifoqdoshlarini Markaziy Osiyoga yoʻlda kim toʻxtata oladi?
* – Rossiyada va qator boshqa davlatlarda taʼqiqlangan terroristik tashkilotlar
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala