Iqtisod

Yanvar-martda aholi daromadi yuqori va past boʻlgan hududlar maʼlum qilindi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNatsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.04.2021
Aholi jon boshiga oʻrtacha umumiy daromadlar boʻyicha yuqori koʻrsatkich Toshkent shahri, Navoiy, Buxoro, Toshkent va Xorazm viloyatlarida kuzatilgan.
TOSHKENT, 28 apr — Sputnik. 2021 yil yanvar-mart holatiga koʻra, aholining umumiy daromadlari 95,4 trln soʻmni tashkil etdi. Bundan Davlat statistika qoʻmitasi raqamlari darak bermoqda.
Aholi daromadlari boʻyicha real oʻsish surʼatlarini hisoblashda narx omillari taʼsirini chiqarib tashlash maqsadida, inflyatsiya koʻrsatkichlarining asosiy turlaridan biri – isteʼmol narxlari indeksidan (INI) foydalaniladi.
Isteʼmol narxlarining oʻzgarishi sababli oʻtgan yilning mos davriga nisbatan aholi umumiy daromadlarining real oʻsish surʼati 9,8 foizni tashkil etdi.
2021 yil yanvar-mart oylarida (uch oy davomida) aholi jon boshiga umumiy daromadlar hajmi Toshkent shahri (6,3 mln soʻm), Navoiy (4,5 mln soʻm), Buxoro (3,1 mln soʻm), Toshkent (3,1 mln soʻm) va Xorazm (2,8 mln soʻm) viloyatlarida oʻrtacha respublika darajasidan yuqori koʻrsatkichlar qayd etilgani kuzatildi.
Shu davr mobaynida aholi jon boshiga umumiy daromadlar hajmi eng quyi koʻrsatkichlari Namangan (1,9 mln soʻm), Fargʻona (2 mln soʻm) va Surxondaryo viloyatlarida (2 mln soʻm) boʻlgan.
2021 yil yanvar-mart holatiga koʻra, aholi jon boshiga umumiy daromadlar real oʻsishi 7,7 foizni tashkil etdi, 2020 yil yanvar-mart holatiga esa bu koʻrsatkich 5,6 foizni tashkil etgan.
Aholi jon boshiga umumiy daromadlarning eng yuqori real oʻsishi Xorazm (11,2 foiz), Samarqand (10,7 foiz) viloyatlarida va Qoraqalpogʻiston Respublikasida (9,0 foiz) kuzatildi.
Shu bilan birga, Toshkent (7,4 foiz), Surxondaryo (6,9 foiz), Jizzax (6,8 foiz), Navoiy (5,9 foiz), Fargʻona (5,0 foiz), Sirdaryo (4,7 foiz) viloyatlari va Toshkent shahrida (3,4 foiz) aholi jon boshiga real daromadlarning pasayishi kuzatilgan.
Shavkat Mirziyoyev posetil xozyaystvo Kuxna vodiy baxori v Altыnkulskom rayone Andijaskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.05.2020
Jamiyat
Fermer dalaga reja uchun emas, daromad uchun kirishi kerak – Mirziyoyev
Aholining umumiy daromadlari hajmining sezilarli darajada oʻsishi asosan umumiy daromadlar tarkibida 66,1 foiz ulushga ega boʻlgan mehnat faoliyatidan olingan daromadlar (yollanma ishchilarning daromadlari va mustaqil ravishda band boʻlishdan olingan daromadlar) va 27,7 foizni tashkil etuvchi transfertlardan olingan daromadlar sezilarli oʻzgarishi hisobiga yuzaga kelgan.
Hududlar boʻyicha aholi umumiy daromadlari tarkibida mehnat faoliyatidan olingan daromadlarning eng yuqori ulushi Navoiy viloyatida kuzatildi (80,8 foiz). Aksincha, Samarqand viloyati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda Xorazm, Surxondaryo, Namangan, Qashqadaryo, Andijon, Fargʻona viloyatlarida oʻrtacha respublika darajasidan past koʻrsatkich qayd etildi.
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.03.2021
Iqtisod
Oʻzbekistonda 2020 yilda aholi daromadi keskin kamaygan - MB
2021- yilning yanvar-mart oylarida aholining umumiy daromadlari tarkibida respublika tashqarisidan kelib tushgan pul oʻtkazmalarining eng yuqori ulushi Samarqand (25,6 foiz) va Xorazm (21,8 foiz) viloyatlarida kuzatildi. Shuningdek, Andijon (21,2 foiz), Surxondaryo (21,1 foiz) viloyatlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasida (18,7 foiz), Qashqadaryo (18,6 foiz), Namangan (17,7 foiz), Buxoro (16,9 foiz), va Fargʻona (15,9 foiz) viloyatlarida respublika darajasidan yuqori ulushni tashkil etdi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala