Dunyoda

Bayden AQSH Rossiya bilan munosabatlar keskinlashishiga intilmasligini maʼlum qildi

© REUTERSPrezident SSHA Djo Bayden
Prezident SSHA Djo Bayden - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.04.2021
AQSH prezidenti goʻyoki Rossiyaning Amerika saylovlariga aralashishiga toʻgʻridan-toʻgʻri va proportsional munosabat bildirganini taʼkidlagan.
TOSHKENT, 29 apr — Sputnik. AQSH prezidenti Jo Bayden Rossiya bilan munosabatlar keskinlashishiga intilmasligini maʼlum qildi.
“Rossiyaga toʻxtaladigan boʻlsak, men Putinga (Rossiya prezidenti Vladimir – tahr.) aniq tushuntirdimki, biz keskinlashishoʻga intilmasakda, ularning xatti-harakatlari oqibatlarni keltirib chiqaradi”, - deyiladi Oq uy tarqatgan Bayden nutqi matnida.
Amerika yetakchisi goʻyoki Rossiyaning Amerika saylovlariga aralashishiga toʻgʻridan-toʻgʻri va proportsional munosabat bildirganini taʼkidlagan.
Shu bilan birga Oq uy rahbari AQSH va Rossiya ular manfaatdor boʻlganda hamkorlik qilishlari mumkinligini qoʻshimcha qildi.
Vstrecha Vladimira Putina s Djozefom Baydenom v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.04.2021
Dunyoda
Putin va Bayden uchrashuvi iyun oyida boʻlib oʻtishi mumkin
Rossiya TIV rahbari “Rossiya segodnya” XAA bosh direktori Dmitriy Kiselyovga bergan intervyusida soʻnggi paytlarda Rossiya va AQSH munosabatlari inqiroz yoqasida ekanligini maʼlum qildi. Uning soʻzlariga koʻra, hatto sovuq urush davridagidan ham yomonroq.
Qoʻshma Shtatlar 15 aprel kuni Moskva qarshi yangi sanktsiyalar qoʻlladi va oʻn nafar diplomatini chiqarib yuborishini maʼlum qildi.
Moskva javob choralarini koʻrdi va oʻn nafar amerikalik mamlkatlarni mamlakatdan chiqarib yubordi. Qolganlariga endi mamlakat boʻylab erkin harakatlanishga ruxsat berilmaydi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala