Birinchi maydan boshlab import va eksport qilinuvchi o‘simliklar ekspertizasi pulli bo‘ladi

CC BY-SA 2.0 / CIAT / genebank5Rasteniya v probirkax
Rasteniya v probirkax - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.04.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda xalqaro standartlarga mos keluvchi Markaziy karantin laboratoriyasi hamda 6ta viloyatlarda hududiy statsionar laboratoriyalar tashkil etildi.
TOShKENT, 29 apr – Sputnik. O‘zbekistonda 1-maydan boshlab import hamda eksport qilinuvchi meva-sabzavot va o‘simliklarni laboratoriya ekspertizasidan o‘tkazish xizmati rasman pulli bo‘ldi.
Bu haqida O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi axborot xizmati rahbari Durdona Ochilova AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi.

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan 1-maydan boshlab O‘zbekistonga import hamda eksport qilinayotgan meva-sabzavot va o‘simlik mahsulotlarini laboratoriya ekspertizasidan o‘tkazish xizmati rasman pulli etib belgilandi, - deyilgan xabarda.

Laboratoriya xizmatlari narxida har bir namuna uchun 88 563 so‘m miqdorida to‘lov joriy etilib, ushbu narxga kimoviy reaktiv va bir martalik ishlatiladigan mahsulotlar narxi alohida hisoblab qo‘shiladi. To‘lov shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Ushbu maqsadda respublikada zamonaviy ilg‘or laboratoriya uskunalari va texnik vositalar bilan jihozlangan Markaziy karantin laboratoriyasi tashkil etildi. Ushbu laboratoriya 2021-yil mart oyida xalqaro standartlar asosida akkreditatsiyadan o‘tkazilgan.
 Vkusno i krasivo: kak sdelat fruktoviy buket svoimi rukami - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.02.2021
Rossiya MDH davlatlari bilan o‘simliklar karantini bo‘yicha hamkorlik qiladi
Shu bilan bir qatorda, Respublikaning 6 ta viloyatida (Andijon, Farg‘ona, Xorazm, Samarqand, Sirdaryo, Toshkent viloyatlari) statsionar karantin laboratoriya tashkil etildi va milliy akkreditatsiyadan o‘tkazildi.
Eksportga yuklanayotgan mahsulotlarni laboratoriya ekspertizasidan o‘tkazishni tezlashtirish maqsadida, hududiy o‘simliklar karantini davlat inspeksiyalarida 15 ta zamonaviy sayyor (mobil) laboratoriyalar tashkil etildi, deyilgan xabarda.
Yangiliklar lentasi
0