Hodisalar

Tojik–qirgʻiz chegarasida mojaro avj olmoqda

© Sputnik / A. Kornyuщenko / Fotobankka oʻtishPogranichniki nesut slujbu
Pogranichniki nesut slujbu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.04.2021
Kecha, 28 aprel kuni tojik-qirgʻiz chegarasida boshlangan mojaro tobora avj olib bormoqda. Ayni damda jarohat olganlar soni 20dan oshgan, bir necha uy olov ichida qolgan.
TOSHKENT, 29 apr - Sputnk. Ikki kundan buyon Tojikiston va Qirgʻiziston chegarasida yangi mojaro avj oldi. Ayni damda jabrlanganlar soni Qirgʻiziston tomonidan 15 kishi oshgan, ulardan 1 kishi o-ir ahvolda. Tojikiston tomonidan esa 7 kishi jarohat olgan.
Soʻnggi malumotlarga koʻra Qirgʻizistonning Kok-Tash qishlogʻida yongʻin boshlangan va bir necha uylar olov ichida qolgan. Tojikistonning Vorux va Langar qishloqlarida ham otishma boʻlmoqda.
Qirgʻiziston Davlat xavfsizlik xizmatining Chegarani qoʻriqlash boʻlimi xabariga koʻra, mojaro 28 aprel kuni boshlangan. Tojikiston fuqarolari chegara chizigʻiga 3-4 metr masofada yuk avtomobiliga shagʻal-tosh yuklashni boshlagan. Voqea joyiga qirgʻizistonlik chegarachilar yetib kelib ishni toʻxtatishni talab qilishgan.
Birozdan soʻng Tojikiston tomoni tojik-qirgʻiz chegarasining demarkatsiya qilinmagan hududida joylashgan “Golovnoy vodorazdel” nomli suv tarqatish uzeliga kuzatuv kameralari oʻrnatishni boshlagan. U yerga yetib kelgan qirgʻizistonlik chegara va militsiya xodimlari kamera oʻrnatishni bas qilishni talab qilishgan.
Magazin AK s pulyami - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.04.2021
Dunyoda
Tojik-qirgʻiz chegarasida otishma va portlashlar – video
Shundan soʻng qirgʻizistonlik chegarachilar kamera oʻrnatilgan ustunlarni arralashni boshlagan. Voqea joyiga ikkala tomondan 100-150 kishi toʻplangan. Ikkala tomon ham bir biriga tosh otgan. Oʻq ovozi eshitilgan.
Batken viloyati rahbari Omurbek Suvanaliyev aytishiga koʻra, ayni Tojikiston chegarasida boʻlgan voqealar – ayrim kuchlar tomonidan uyushtirilgan provokatsiya boʻlishi mumkinligini taʼkidlagan. Chunki ushbu voqeada oldin chegara oldi hududida 2 kishi oʻgʻirlangan, shuningdek Tojikiston TIVning qalbaki notasi tarqatilgan.
Maʼlumot uchun, Tojikiston va Qirgʻiziston orasidagi chegara chizigʻining uzunligi 970 km ni tashkil qiladi, undan 504 km demarkatsiya qilinmagan. Jumladan "Golovnoy" nomli suv tarqatish uzeli joylashgan hudud ham. Ushbu joy uchun tortishuv ikki respublika orasida 1991 yildan beri davom etib kelmoqda. Tojkiston va Qirgʻiziston chegarasida jami 70ta mojaroli hudud bor.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala