Jamiyat

Kunlik ishchilar va oʻzini oʻzi band qilganlar uchun yangi tizim yaratiladi

Rabota v ofise - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.04.2021
“Barcha uchun ish” tamoyili asosida “Mening ishim” buyurtmalar birjasi onlayn-maydoni ishga tushiriladi.
TOSHKENT, 29 apr — Sputnik. Prezidentning 28 apreldagi qarori bilan 2021 yilda yangi ish oʻrinlarini tashkil etish va aholi bandligiga koʻmaklashish boʻyicha davlat dasturi maʼqullandi.
Qarorga koʻra, vaqtincha, mavsumiy va bir martalik ishlarda band boʻlgan fuqarolarning mehnat faoliyatini samarali tashkil etish boʻyicha yangi tizim yaratiladi.
Jumladan, “barcha uchun ish” tamoyili asosida “Mening ishim” buyurtmalar birjasi onlayn-maydoni ishga tushiriladi.
Unda quyidagilar nazarda tutiladi:
ishsizlar, ayniqsa, ayollar, yoshlar, talabalar, nogironligi boʻlgan shaxslar uchun ishlar, masofadan turib bajariladigan ishlar, uyda bajariladigan ishlar, kasanachilik ishlari, frilanserlik faoliyati, ish grafiklari, talab etiladigan malaka darajasi, ish haqi miqdori va boshqalarni aks ettirish;
oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarning faoliyat turlari (xizmatlari, ishlari) hamda ularga ehtiyoji bor boʻlgan ish beruvchilar toʻgʻrisida maʼlumotlarni olish;
oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarning faoliyat turlari (xizmatlari, ishlari)ni reklama qilish;
oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar va ularning xizmatiga ehtiyoji bor ish beruvchilar oʻrtasida kunlik va uzoq muddatli oferta shartnomasi tuzish.
Vaqtincha bir martalik ishlar toʻgʻrisidagi kunlik maʼlumotlar va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarning faoliyat turlari (xizmatlari, ishlari) toʻgʻrisidagi eʼlonlar “Mening ishim” buyurtmalar birjasi onlayn maydoni orqali bepul taqdim etib boriladi.
Trudovaya yarmarka vakansiy v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.04.2021
Jamiyat
Oʻzbekistondagi ishsizlar soni ochiqlandi
2021 yil 1 iyulgacha yangi ish oʻrinlarini tashkil etish va aholi bandligiga koʻmaklashish boʻyicha hisobotlarni yuritish, ularni real vaqt rejimida Davlat soliq qoʻmitasining yagona integratsiyalashgan axborot resurs bazasi bilan monitoring qilishga moʻljallangan elektron dastur ishlab chiqiladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala