Norvegiyaliklarni kim va nima maqsadda Rossiya bilan qo‘rqitmoqda

© GUNNAR KVASSHEIM / SCANPIX NORWAY / AFPNorvejskie spasateli
Norvejskie spasateli - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.04.2021
Obuna bo‘lish
Rossiya NATOning atigi beshta davlati bilan quruqlikdagi chegaraga ega — va ularning to‘rttasini ko‘p yillardan buyon bizga nisbatan ochiqchasiga nodo‘stona pozitsiyalarni egallashgan.
Garchi ularning barchasi ilgari bizning mamlakatimizni bir qismi bo‘lgan bo‘lsa-da, Polsha va uchta Boltiqbo‘yi respublikalari uchun umumiy o‘tmish (va Latviya va Estoniyada bo‘lgani singari ulkan miqdordagi rus aholisi) rusofoblik uchun qo‘shimcha sababdir.
Bizning quruqlikdagi chegaramiz bo‘lgan NATOning beshinchi mamlakati (ular orasida eng kichigi, ikki yuz kilometrdan sal kamroq), Rossiya imperiyasi tarqalgach Boltiqbo‘yi respublikalariga nisbatan ertaroq mustaqillikka ega bo‘lgan.
NATO samolyotlari Rossiya chegaralariga tez-tez yaqinlashmoqda
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.04.2021
NATO "josuslari" Rossiya chegaralari yaqinida. Ularga Kamchatka va Donbass nima uchun kerak
U hech qachon Rossiya tarkibiga kirmagan bo‘lsada, ammo aynan shu mamlakatda so‘nggi yillarda rus okkupatsiyasi va rus tahdidi haqidagi asar va filmlar haddan ommalashdi.
Ruslar hech qachon bu mamlakatga hujum uyushtirmagan va uning hududlarini bosib olmagan, balki aksincha, okkupantlardan ozod etgan — ammo ushbu mamlakatning ayrim aholisi SS qismlari tarkibida qo‘liga qurol ushlagan holda bizning zaminimizga bostirib kelishgan.
Ular haqida yaqinda “Frontoviki” deb nomlangan serial suratga olingan bo‘lib, film mahalliy aholining bir qismi bilan bir qatorda Rossiyada ham taajjub bilan qarshi olindi.
Otvod voorujeniy kalibrom menee 100 mm nachalsya v LNR - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.04.2021
Kim “Ukraina NATOga qabul qilinadi” degan gaplar bilan Rossiyani provokatsiya qilmoqda
Bizning Tashqi ishlar vazirligimiz uning paydo bo‘lishini “mutlaqo nomaqbul va sharmandali" holat deb atab ushbu mamlakat rasmiylaridan xolis baholarni eshitish istagini bildirdi.
Ammo qo‘shnimizning tashqi siyosiy idorasi “madaniyat sohasidagi ushbu asar Norvegiya rasmiy siyosati yoki uning tarixga nisbatan qarashlarini aks ettirmasligi” vaji serialga izoh berishdan bosh tortdi.
Ha, gap Norvegiya – besh million aholiga ega qirollik, bizning qo‘shnimiz va NATO asoschilaridan biri bo‘lgan mamlakat haqida bormoqda.
Norvegiyaning atlantik birdamlikka bo‘lgan butun boshli sobitligiga qaramay (alyans bosh kotibi lavozimini Norvegiyaning sobiq bosh vaziri Stoltenberg egallab turganini-ku aytmasa ham bo‘ladi) hatto SSSR davrida ham bu mamlakat biz bilan axil qo‘shnichilik munosabatlarini olib borishga harakat qilgan — bu faqatgina biz uni fashistlar okkupatsiyasidan ozod etganimiz ((Norvegiya shimoli, Finnmarkda kechgan janglar maydonida bizning olti mingdan ziyod askarlarimiz halok bo‘lganlar) ramzi sifatidagina emas, balki o‘zaro manfaatli hamkorlik: xususan, Shpisbergen, baliqchilik va boshqa mavzular borligi uchun ham amalga oshirilgan.
Voyennoslujashie Ukraini vo vremya aktivnoy fazi sovmestnix voyennix ucheniy Ukraini i stran NATO Rapid Trident-2020 na Yavorovskom poligone vo Lvovskoy oblasti. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.04.2021
“Bu NATO ishi”: Rossiya chegarasi yaqinida nimalar boshlanmoqda
Qolaversa, Norvegiyada amerika qo‘shinlari ham bo‘lmagan.
Umuman olganda, sobiq ittifoq davrida munosabatlarimiz normal shakllangan. Ammo Qrim bilan bog‘liq voqealardan keyin holat o‘zgara boshladi — amerikaliklar oldin uch, so‘ngra esa yetti yuz nafar harbiylarni yuborishdi.
Shunchaki, rasmiyatchilik yuzasidanmi? Ha, bo‘lsa bordir, ammo bu yerda yo‘nalish, ya’ni norvegiyaliklarni qayerga yo‘naltirishayotgani muhim - ularga esa Rossiya xavfliligini uqdirishmoqda.
Bu nafaqat umum atlantik tashviqotda, balki eng tushunarli bo‘lgan o‘yinlar va madaniy darajadagi ishlarda o‘z aksini topmoqda.
So‘nggi yillarda paydo bo‘lgan ko‘psonli filmlar va kitoblar ham shular jumlasidan.
Buni shov-shuvga aylangan (va mamlakat tarixida eng reytingi baland bo‘lgan) “Okkupatsiya qilinganlar” serialidan tortib (mamlakatning garchi, Yevropa Ittifoqi bilan til biriktirgan holda bo‘lsa ham Rossiya tomonidan bosib olinishi) va “Katta ayiq” (AQSh va Rossiyaning Shpisbergenda to‘qnashuvi haqida) qabilidagi detektivlar misolida ko‘rish mumkin.
Zdanie MID RF - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.04.2021
Rossiya diplomatlar chiqarib yuborilgach, qator davlatlarga javob choralarini e’lon qildi
Umuman olganda, Rossiya tomonidan tahdidlarga oid detektivlar tobora ko‘proq uchramoqda - ularning aksariyatida Qrim bilan parallellar o‘tkazilib, “qrim ssenariysi" esga olinmoqda.
Bir necha yil oldin Nordxus Karlssonning "Oq Armada"si chiqqan va u "75 yil oldin ular Kirkenesni ozod etgandilar, endi ruslar yana qaytib kelishdi" shiori ostida reklama qilingan edi.
Joriy yil boshida sobiq bolalar yozuvchisi Greta Boyening “Halokat signali” nomli debut detektivida ruslar endilikda Finnmarkga – ya’ni qachonlardir Sovet armiyasi ozod qilgan yerlarga tahdid qilishmoqda.
“Finnmark – Qrimga aylanishi mumkin” – hammasi mana shunday sodda ifodalangan.
Aytish joizki, norvegiyaliklarning hammasi ham atlantika tomonidan buyurtma qilingan rusofob taomlarni jimgina tanovvul qilayotgani yo‘q.
Bunday buyurtma mavjudligiga esa shubha qilmasa ham bo‘ladi – u hujjatlarda rasmiylashtirilmagan, ammo yaxshi shogird undan ustozi nima kutayotganini yaxshi anglaydi.
Rossiya Qora dengizning qator hududlarini chet el kemalari uchun yopmoqda
Yo‘q, ko‘pchilik g‘azabda va norozilik bildirishmoqda. Ammo bu holda ularni buzg‘unchilik ishlarida, ya’ni Rossiyaga xizmat qilishda ayblashmoqda – xuddi Rossiya bilan hamkorlik va yaxshi qo‘shnichilik aloqalarini qo‘llab-quvvatlab kelgan janubi-sharqiy Norvegiya universiteti professori Glenn Diyesenni kabi. U doim Norvegiya va Rossiya matbuotida chiqish qilib keladi – va buning uchun "Kreml propagandisti" degan tamg‘a ham orttirib olgan.
Eng kulgilisi, bu laqab unga ochiqdan ochiq turli Atlantika tuzilmalariga ishlaydigan kishilar tomonidan berilgani.
Albatta, atlantachilar Norvegiyani Rossiyaning faol raqiblari klubiga bog‘lab qo‘yishga harakat qilishadi, bu shubhasiz, — ammo bizning mamlakatimiz qo‘shnilaridan bo‘lgan atlantachilarning boshqa faol ishtirokchilaridan farqli o‘laroq, qirollikda na maishiy na siyosiy darajada jiddiy rusofobik an’analar mavjud emas.
Uzniki konsentratsionnogo lagerya Osvensim, osvobojdennie voyskami Krasnoy armii v yanvare 1945 goda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.01.2020
Rusofobiya va antisemitizm qo‘l ushlashib kelmoqda - ekspert
Atlantikaning Osloga ta’sir kuchiga qaramay, norvegiyaliklar qo‘shni davlatlar bilan munosabatlarini o‘zlari aniqlashtirib olishga qodir.
Ayniqsa Rossiya bilan, axir RF Norvegiyani hech qachon o‘ziga dushman davlat sanamagan, — va bu bizning TIVda tuziladigan “nodo‘stona davlatlar” ro‘yxatigagina emas (bu ro‘yxatga tabiiyki, qirollik kirmaydi), balki umuman bizning munosabatlarimiz tarixiga daxldordir. Va ularning kelajagiga.
Yangiliklar lentasi
0