Jamiyat

Oʻzbekiston Rossiyadan “Sputnik V”ni yetkazib berish hajmini koʻpaytirishni soʻradi

© SputnikVaktsinatsiya Sputnik V
Vaktsinatsiya Sputnik V - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.04.2021
Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov rossiyalik hamkasbi Mixail Mishustindan “Sputnik V”ni yetkazib berish hajmini koʻpaytirishni soʻradi.
TOSHKENT, 29 apr — Sputnik. Toshkent Moskvadan koronavirusga qarshi vaktsinani yetkazib berish hajmini koʻpaytirishni soʻramoqda. Bu haqda Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Qozon shahrida rossiyalik hamkasbi Mixail Mishustin bilan uchrashuvda maʼlum qildi.
Aripov respublikada aholini Sputnik V” vaktsinasi bilan emlash muvaffaqiyatli boshlanganini taʼkidladi.
“Biz sizdan uning (“Sputnik V” – tahr.) hajmini koʻpaytirishni soʻraymiz, biz shartnomani oshirishga tayyormiz va uni (vaktsinani – tahr.) Oʻzbekistonda ishlab chiqarish imkoniyati boʻlsa, xursand boʻlardik”, - dedi Aripov. Uning soʻzlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
23 aprelya v Uzbekistan bыla dostavlena pervaya partiya vaktsinы Sputnik V - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.04.2021
Jamiyat
"Sputnik V" bilan emlash bepul boʻladi - Sanepidxizmat
Oʻzbekistonda aholini 1 apreldan koronavirusga qarshi emlash jarayoni boshlangan. Kuni kecha mamlakatga “Sputnik V” vaktsinasi ham olib kelindi. 28 apreldan Toshkentda 65 yoshdan oshgan aholi “Sputnik V” vaktsinasi bilan emlash boshlandi. 28 aprel holatiga koʻra, butun mamlakat boʻylab 646 mingdan ziyod fuqaro emlangan
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala