Iqtisod

Oʻzbekiston va Xitoy tovar ayirboshlash hajmini 10 milliard dollarga yetkazmoqchi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev v ramkax proxodyaщego v Tsindao Sammita SHOS vstretilsya s Predsedatelem Kitayskoy Narodnoy Respubliki Si Tszinpinom
Prezident Shavkat Mirziyoyev v ramkax proxodyaщego v Tsindao Sammita SHOS vstretilsya s Predsedatelem Kitayskoy Narodnoy Respubliki Si Tszinpinom - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.04.2021
Shavkat Mirziyoyevning Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Tszinpin bilan telefon orqali muloqoti boʻlib oʻtdi.
TOSHKENT, 29 apr — Sputnik. Oʻzbekiston va Xitoy tovar ayirboshlash hajmini 10 milliard dollarga yetkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xitoy raisi Si Tszinpin bilan telefon orqali muloqoti davomida maʼlum boʻldi.
Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga koʻra, muloqotda ikki tomonlama va xalqaro kun tartibining dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Xitoy raisi Oʻzbekistonda aholi turmush darajasi va sifatini yuksaltirishga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar va yangilanishlarni yuqori baholadi va ularni qoʻllab-quvvatlashini bildirdi.
Kambagʻallikka qarshi kurashish boʻyicha Xitoyda toʻplangan katta tajribani chuqur oʻrganish masalasida yaqindan hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.
Uzbekistan nameren sotrudnichat s Kitayem oblasti sokraщeniya bednosti.  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.09.2020
Jamiyat
Oʻzbekiston kambagʻallikni qisqartirishda Xitoy tajribasini oʻrganadi
Yetakchilar savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va moliyaviy hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida toʻxtaldilar.
Qayd etilishicha, pandemiyaning salbiy oqibatlarini kamaytirish va joriy yil boshidan oʻzaro savdoning 33 foizga oʻsishini taʼminlashga erishilgan. Muhim qoʻshma dastur va loyihalarni amalga oshirish davom etmoqda.
“Mamlakatlarimiz yaqin yillarda tovar ayirboshlash hajmini 10 milliard dollarga yetkazish, shuningdek, eksport va import koʻrsatkichlarining mutanosibligini taʼminlash sari muvaffaqiyatli harakat qilmoqdalar”, - deyilgan xabarda.
Oʻzbekiston Shanxay shahrida oʻtadigan navbatdagi Import mahsulotlari Xitoy xalqaro koʻrgazmasida faol ishtirok etadi.
Press-sekretar prezidenta Uzbekistana Sherzod Asadov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.04.2021
Siyosat
Mirziyoyev Xitoy va Turkmaniston yetakchilari bilan telefon orqali muloqot qiladi – Asadov
Davlat rahbarlari Oʻzbekiston va Xitoy yetakchi korxonalarining turli tarmoqlardagi kooperatsiyasini kuchaytirish, shuningdek, iqtisodiyotning yuqori texnologik tarmoqlaridagi loyihalarni ilgari surishda oʻzaro koʻmaklashish zarurligini qayd etdi.
Keng koʻlamli savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik boʻyicha oʻrta muddatli qoʻshma dasturni tayyorlash va qabul qilish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala