Jamiyat

Qarshi shahrida 1,35 mlrd soʻmlik bayroq oʻrnatiladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovFlag Uzbekistana
Flag Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.04.2021
Oʻzbekiston mustaqilligining 30 yilligi arafasida Qarshi shahridagi Mustaqillik maydonida balandligi 62,5 metrga teng davlat bayrogʻi oʻrnatiladi.
TOSHKENT, 29 apr — Sputnik. Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida balandligi 62,5 metrga teng davlat bayrogʻini oʻrnatish rejalashtirilmoqda. Bu haqda “Qashqadaryo” gazetasi xabar qildi.
Bayroq mamlakat mustaqilligining 30 yilligi arafasida shahardagi Mustaqillik maydonida oʻrnatiladi.
Maʼlum qilinishicha, davlat bayrogʻining birgina ustunini bunyod etishga 1 mlrd 350 mln soʻm mablagʻ sarflanadi. Obʼyekt buyurtmachisi Qarshi shahar obodonlashtirish boshqarmasi, pudratchisi esa "Voha maxsus montaj servis" MCHJ hisoblanadi.
© "Qashqadaryo" gazetasiV Karshiu stanovyat flag stoimostyu 1,35 mlrd sumov
V Karshiu stanovyat flag stoimostyu 1,35 mlrd sumov  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.04.2021
V Karshiu stanovyat flag stoimostyu 1,35 mlrd sumov
Mazkur flagshtok ustuni diametri 430 millimetrdan 1220 millimetrgacha boʻlgan poʻlat quvurlardan tashkil topadi. Uni Toshkentda joylashgan "Bektemir metall konstruktsiyalari" qoʻshma korxonasi tayyorlab qoʻygan. 10 metrdan iborat bayroqning oʻzi esa Fargʻona vodiysidagi ishlab chiqarish korxonalaridan birida tikilgan.
Loyihaga koʻra, Davlat bayrogʻi oʻrnatilgach, uning atrofidagi 2 ming kvadrat metrlik hudud obodonlashtirilib, maysazor va gulzorlar barpo etiladi, manzarali daraxtlar ekiladi va yangi yoʻlakbop plitkalar terib chiqiladi. Mustaqillik maydonining shu qismida bayroqning tarixi va tavsifi aks etgan tosh lavhlar ham oʻrnatiladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala