Rossiya

Rossiyada qator portlashlarni rejalashtirgan 16 nafar ukrain neonatsistlari qoʻlga olindi

© Press-slujba NAK / Fotobankka oʻtishSotrudnik FSB RF
Sotrudnik FSB RF - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.04.2021
Qoʻlga olinganlar zoʻravonlik jinoyatlarini sodir etish, maʼmuriy binolarni portlashishga tayyorgarlik koʻrishga aloqador ekani aytilmoqda.
TOSHKENT, 29 apr — Sputnik. Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) mamlakatning toʻqqizta shahrida 16 nafar "M.K.U" ukrain radikal uyushmasi tarafdorlarini qoʻlga oldi. Bu haqda RIA Novosti idora xabariga tayangan holda xabar bermoqda.
Xabarda yozilishicha, qoʻlga olinganlar zoʻravonlik jinoyatlarini sodir etish, ekstremizmni targʻib qilish hamda maʼmuriy binolarni portlashishga tayyorgarlik koʻrish va fuqarolarga qurolli hujum uyuushtirishga aloqador.
“Irkutsk, Krasnodar, Saratov, Tambov, Tyumen, Chita, Anapa, Puщino, Pereslavl-Zalesskiyda 16 nafar "M.K.U" ukrain yoshlar radikal uyushmasi tarafdorlari qoʻlga olindi”, - deyilgan xabarda.
Tintuv vaqtida ulardan sovuq qurol, ekstremistik atributikalar hamda sodir etilgan va rejalashtirilayotgan jinoyatlar, oʻtkazilgan zoʻravonlik haqidagi videohisobot musodara qilingan. Ular hisobotni guruh rahbari Yegor Krasnovga joʻnatishgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala