Kolumnistlar

Markaziy Osiyoda “tolibonga qarshi front” tashkil qilish - Shoygu missiyasi

© Sputnik / Maksim Blinov / Fotobankka oʻtishMinistr oboronы RF Sergey Shoygu na poligone "Donguz", gde proxodit osnovnoy etap strategicheskogo komandno-shtabnogo ucheniya "Tsentr-2019".
Ministr oboronы RF Sergey Shoygu na poligone Donguz, gde proxodit osnovnoy etap strategicheskogo komandno-shtabnogo ucheniya Tsentr-2019. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.04.2021
Rossiya va Oʻzbekiston mudofaa vazirliklari orasida 2021 – 2025 yilga moʻljallangan Strategik hamkorlik dasturi imzolandi.
Rossiyaning Markaziy Osiyodagi strategik harbiy-siyosiy tashabbuslari AQShning ana shunday harakatlaridan ustun kelmoqda. Bunga Rossiya va Oʻzbekiston orasida ishgan tushgan yangi strategik hamkorligi tashabbusi hamda Tojikiston bilan birlashtirilgan havo mudofaa kuchlari tizimi yaratilishi misol boʻlishi mumkin.
Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu 27 aprel kuni Oʻzbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan edi. Tashrif doirasida Oʻzbekiston mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov bilan halqaro va hududiy xavfsizlik muammolari yuzasidan hamda ikki tomonlama hamkorlikning dalzarb masalalari borasida muzokaralar oʻtkazish oʻrin olgan.

Yangi hamkorlik dasturi

28 aprel kuni Ikki davlat mudofaa vazirliklari orasida 2021 – 2025 yilga moʻljallangan Strategik hamkorlik dasturi imzolandi. Ushbu hujjat Oʻzbekiston va Rossiya orasida harbiy – texnik hamkorlikni rivojlantirish, munosabatlar ruhini mustahkamlashga qaratilgan.
Undan tashqari ikki davlat orasida harbiy xavfsizlikni taʼminlashda, xalqaro terrorchilikka qarshi kurashda hamda Oʻzbekiston armiyasining jangovar potentsialini mustahkamlashda va harbiy kadrlar tayyorlashda ikki tomonlama tadbirlarning ustuvor yoʻnalishlari belgilab olindi.
Ministr oboronы RF Sergey Shoygu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.04.2021
Dunyoda
Afgʻonistondagi vaziyat tanazzulga yuz tutmoqda - Shoygu
Shunday qilib, Rossiya AQShning strategik tashabbuslarini qoʻlga kiritdi desa boʻladi. Biroz oldin AQSH Afgʻonstondan qoʻshinlarni olib chiqqanidan soʻng, Oʻzbekistonni “zahira aerodrom” sifatida foydalanishni rejalashtirgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Lekin “janubiy xavf” oldida Toshkent yanada ishonchliroq hamkor faydasiga qaror qabul qilgan. “Xonobod voqeasi” hamda afgʻon hukumatini xavf ostida qoldirish AQShning obroʻyini oshirmaydi.
Biroz oldin Rossiya mudofaa vaziri Tojikistonga tashrif buyurib KXSHT mudofaa vazirlari majlisida ishtirok etgan edi. Majlisda Sergey Shoygu Rossiya va Tojikiston havo mudofaasi tizimlarini birlashtirish haqida eʼlon qildi. Ushbu chora hududda davlat chegaralarini qoʻriqlash darajasini sezilarli mustahkamlaydi. Soʻnggi vaqtlarda xalqro terrorchi guruhlar qoʻlbola yasalgan jangovar uchuvchisiz apparatlardan tez-tez foydalanmoqda.
Oʻzbekiston va Tojikistonga 2 kunlik tashrifi doirasida Sergey Shoygu kollektiv xavfsizlik chegaralarini sezilarli mustahkamlashga va Markaziy Osiyoda vaziyat keskinlashgan taqdirda “tolibonga qarshi umumiy front” tashkil etishni taklif qildi.

Oʻzbekiston tanlovi

2021 – 2025 yillarga moʻljallangan Rossiya va Oʻzbekiston strategik hamkorligining yangi dasturi ikki tomon zimmasiga koʻp vazifalarni yuklaydi. Toshkent va Moskva orasida ushbu borada hamkorlik ancha oldin rivojlana boshlagan edi. Ikki davlat harbiylari yil davomida 70dan ortiq qoʻshma tadbirlarda ishtirok etishadi. Oʻzbekistonning KXSHTga qaytishi haqida hozircha gap ketayotgani yoʻq, lekin haqiqat shunday-ki, Toshkent tashkilotga aʼzo boʻlmasa-da, KXSHTning “xavfsizlik soyaboni” ostida qolmoqda.
Oʻzbekiston harbiy-siyosiy ittifoqlarga kirmaslikni maʼqul koʻradi. Respublika qonunchiligida milliy armiyaning xorijiy mojarolarda ishtirok etishi, Oʻzbekiston hududida xorijiy harbiy bazalar joylashtirilishini taʼqiqlaydi. Lekin Oʻzbekiston harbiylari doimiy asosida Rossiya harbiylari bilan aksilterror oʻquv-mashqlarida ishtirok etib kelmoqda. Rossiya va Oʻzbekiston hamkorlik dasturida bir qator qoʻshma manyovrlar sonini oshirish belgilangan.
Ministr oboronы RF Sergey Shoygu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.04.2021
Siyosat
Sergey Shoygu Oʻzbekistonga keldi: qanday masalalar muhokama qilinadi
Ikkinchidan, Rossiya – Oʻzbekiston harbiy-texnik hamkorligi doirasida 12ta shartnomalar amalga oshirilmoqda. Ular asosida Rossiyadan Oʻzbekistonga Su-30SM yangi qiruvchi samolyotlari, zarba beruvchi Mi-35M vertolyotlari, radiolokatsion majmualar yetkazib berilmoqda.
Yana bir shartnoma asosida Oʻzbekistonga K53949 "Tayfun" - jangovar mashinalar yetkazib berilmoqda. 2016 yildan buyon Toshkent Rossiyada ishlab chiqarilgan harbiy texnika mahsulotlarini ichki narxlarda sotib olmoqda. Oʻzbekiston KXSHTga aʼzo boʻlmagan davlatlar orasida ana shunday imtiyozga ega boʻlgan yagona davlatdir.
Shuningdek, Oʻzbekistonda Rossiyaning 4x4 va 6x6 formulali "Ural" yuk avtomoillarini ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan.
Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi Rossiyadan qurol-aslaha sotib olishga va birlalikda oʻquv mashqlari oʻtkazishdan manfaatdor. 2018 yilda Oʻzbekiston mudofaav vaziri Abdusalom Azizov va Sergey Shoygu havo hududidan birgalikda foydalanish haqida shartnoma imzolashgan edi.
Oʻzbekiston va Rossiya orasida harbiy texnik hamkorlikning rivojlanishi – toobora oshib orayotgan umumiy xavflarga nisbotan oʻrinli javob chorasidir.

Tojikiston osmoni

Rossiyaning Tojikistonga koʻrsatayotgan harbiy va harbiy-texnik yordami strategik,begʻaraz va doimiy xarakterga egadir. Bu Moskvaning rasmiy nuqtai nazari boʻlib, soʻnggi yillarda oʻtkazilayotgan qoʻshma oʻquv-mashqlar hamda qurol yetkazib berish bilan baholanadi. Yangi shartnoma asosida Tojkistonga S-300 zenit raketa tizimlari yetkazib yeriladi hamda havodagi vaziyat borasida axborot almashish yoʻlga qoʻyiladi. 2019 yilning oktyabr oyida Tojikistonda joylashgan Rossiya 201-harbiy bazasiga S-300PS – ZRT ning bir divizioni olib kelingan edi. Bu minimal miqdordagi tizim boʻlib unda 30ga yaqin mashina bor, jumladan qoʻmondonlik punkti, radarlar va raketa uchirish ustanovkalari.
Dastlab, zenit-raketa majmualari 201-harbiy baza yaqinida ishga tushirildi, lekin 2021 yilda, mutaxassislar oʻqitilganidan soʻng, S-300 majmuasi Tojikiston harbiylariga topshirilishi kerak edi.
Bugungi kunda Tojikiston havo mudofaa tizimi tarkibida Dushanbedagi bir zenit raketa polki, navbatchi radarlarga ega boʻlgan alohida radiotexnik batalon bor. Lekin bugungi kunda ularni ham yangilash vaqti kelgan. Boshqa tomondan Rossiyada ham S-300 tizimlari yangilangan S-400 tizimlari bilan almashtirilishi natijasida hali zamonaviy boʻlgan oʻnlab S-300 tizimlari muomaladan chiqarilmoqda.
Birlashtirilgan Rossiya va Tojikiston havo mudofaa tizimi Markaziy Osiyo hududida sinergiya effektiga erishish imkonini beradi. Eslatib oʻtamiz, Tojikiston va Oʻzbekiston 1995 yildan buyon MDH havo mudofaa tizimiga kritilgan. Bugungi kunda ushbu tizimda Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Oʻzbekiston kiradi.
Boyeviki dvijeniya Taliban* - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.04.2021
Kolumnistlar
“Tolibon”* Afgʻoniston shimolini nazoratga olmoqda – Markaziy Osiyo xavf ostida
Tizimning asosiy vazifasi – MDH havo chegaralarini qoʻriqlash, havo-kosmik vaziyat haqida oʻzaro axborot almashishni nazarda tutadi. Uning tarkibiga 20 ga yaqin aviatsiya boʻlimlari, 50dan ortiq zenit raketa va radiolokatsion qoʻshin tizimlari hamda 10ta hava mudofaa kuchlari va radioelektron kurash boʻlinmalari kiradi. Birlashgan tizim doirasida Rossiya Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston hamda Kavkaz hudularida birlashgan havo himoya tizimlari yaratilmoqda.
2020 yilning sentyabr oyida boʻli boʻtgan MDH birlashgan havo mudofaa tizimlari oʻquv mashqlarida barcha 7 mamlakat harbiylari ishtirok etishgan edi. Shuningdek 60ta qiruvchi samolyot hamda bombardimonchi, hujumchi va uzoq aviatsiya va strategik raketa tashuvchi samolyotlar ishtirok etgan edi. MDH birlashgan kuchlari navbatchi boʻlinmalari havo mudofaa tizimlarini chegarabuzarlarga nisbatan qoʻllash mexanizmlari tekshiruvdan oʻtgan.
Albatta bunday choralar koʻrishni tashqi vaziyat talab etmoqda. AQSH va NATO qoʻshinlarining Afgʻonistondan chiqishi munosabati bilan, terrorchi guruhlarning shimolga va Markaziy Osiyo mamlakatlari tomoniga yoyilish havfi ortadi. Soʻnggi 5 yilda Rossiya Tojikistonga umumiy qiymati 120 million dollardan ortiq mahsulot yetkazib berdi, sabab – qoʻshni Afgʻonistondagi xavfli vaziyat.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala