Jamiyat

Surxondaryolik choʻpon bir otar qoʻy bilan chegara zonasida yordamga muhtoj holatda qolmoqda

© Goskomturizm RUzBaysunskiy rayon Surxandarinskoy oblasti Uzbekistana
Baysunskiy rayon Surxandarinskoy oblasti Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.04.2021
Azimov Baxriddin oxirgi marta 27-aprel kuni ertalab 7:00da aloqaga chiqib, Mamarajab degan hamrohi dom-darakasiz yoʻqolganini aytgan. Shundan keyin Baxriddin bilan aloqa uzilgan.
TOSHKENT, 29 apr - Sputnik. Surxondaryolik Baxriddin Azimov chegara zonasida yordamga muhtoj holatda qolmoqda. Bu haqda erkakning qarindoshlari Sputnik muxbiriga maʼlum qilishdi.
Qarindoshlarining soʻzlariga koʻra, 1975 yil Surxandare viloyati Uzun tumanida tugʻilgan Baxriddin Azimov 22-aprel kuni kechki payt oʻgʻli Azimov Erkin, jiyani Ganiyev Murod va Mamarajab bilan 1 otar qoʻyni olib Uzun tumani Loyliq qishlogʻidan Sariosiyo tumani Xurvatan qishlogʻi togʻli zonasiga yoʻl olishgan.
25-aprel kuni Toʻpalang suv ombori chegarasidan Xurvatan togʻ hududiga oʻtayotganda, safar tashvishlari bilan boʻlib shoshilinchda asosiy oziq-ovqatlar solingan qop uyda unitib qoldirganini payqab qolishgan. Oziq-ovqat uchun oʻgʻli Erkin va jiyani Murodni Uzun tumaniga joʻnatgan.
Azimov Baxriddin oxirgi marta 27-aprel kuni ertalab 7:00da aloqaga chiqqan va Mamarajab degan hamroxi dom-darakasiz yoʻqkolganini aytgan. Shundan keyin Bahriddin bilan aloqa uzilgan.
Hozirda choʻpon oziq-ovqatsiz qolmoqda.
Choʻponning qarindoshlari Surxondare viloyati Favqulodda vaziyatlar, Uzun va Sariosiye tumani Ichki ishlar organlariga bu haqda xabar berishgan boʻlsada, erkak haqida hali birorta xabar yoʻq.
27-28-aprel kunlari Ganiyev Murod bilan Azimov Erkin Xurvatan qishlogʻiga oziq-ovqat olib oʻtmoqchi boʻlganida ularga togʻli hududga kirishga ruxsat berilmagan. Oziq-ovqat olib borilgan taqdirda Xurvatan togʻiga yetib olish uchun 3-4 kun vaqt ketishini aytgan choʻpon qarindoshlari voqeaga mutasaddilar eʼtibor qaratishlaridan umid qilishmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala