Tojik-qirg‘iz chegarasida otishma va portlashlar – video

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishMagazin AK s pulyami
Magazin AK s pulyami - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.04.2021
Obuna bo‘lish
Batken viloyatidagi qirg‘iz-tojik chegarasida otishma ovozi eshitilgan video tarmoqda paydo bo‘ldi.
TOShKENT, 29 apr — Sputnik. Batken viloyatidagi qirg‘iz-tojik chegarasida uzluksiz otishma va portlashlar eshitilmoqda, deb xabar qildi Sputnik Qirg‘iziston.
Guvohlar mojaro yuz bergan videoni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirmoqda.
Voqealar aynan qayerda yuz berayotgani hozircha noma’lum.
Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi ma’lum qilishicha, ikki nafar tojikistonlik yaralangan.
Qirg‘iziston tomondan jabrlanganlar haqida hozircha xabar berilmadi.
Kuni kecha kecha chegara yaqinida Qirg‘iziston va Tojikiston fuqarolari o‘rtasida navbatdagi mojaro avj oldi, janjal fuqarolarning jabrlanishi bilan yakun topdi.
Yangiliklar lentasi
0