Tojik-qirg‘iz chegarasida suv tufayli yana mojaro avj oldi

© Korbaroni FeysbukV Isfare vspixnul ocherednoy konflikt mejdu jitelyami Kirgizstana i Tadjikistana
V Isfare vspixnul ocherednoy konflikt mejdu jitelyami Kirgizstana i Tadjikistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.04.2021
Obuna bo‘lish
Isfarada Qirg‘iziston va Tojikiston fuqarolari o‘rtasida navbatdagi mojaro avj oldi, janjal fuqarolarning jabrlanishi bilan yakun topdi
TOShKENT, 29 apr — Sputnik. Xo‘jai A’lo qishlog‘ining yetti yashovchisi Isfara darosining yuqorisida joylashgan “Golovnoy” suv taqsimlovchi punktida jabrlanishdi, deb xabar bermoqda Tojikiston Davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi chegara qo‘shinlari matbuot-xizmati.
Ma’lum bo‘lishicha, kuni kecha kechga tomon, soat 16:00da Batken tumani raisi Akilbek Orazov boshchiligida Qirg‘iziston fuqarolari tomonidan uyushtirilgan ig‘vo natijasida Tojikiston va Qirg‘iziston chegara hududlarida yashovchi aholi o‘rtasida mojaro yuz bergan.
Lichniy sostav pogranichnogo posta Maksat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.03.2021
Qirg‘iziston Tojikiston bilan chegaraga qo‘shimcha qo‘shin yubordi
Hodisa vaqtida toshbo‘ron yuz bergan va isfaralik yashovchilar turli darajada jarohat olishgan.
Ta’kidlanishicha, suv inshooti qirg‘iz aholi yashash punktlaridan ancha olis masofada joylashgan, ammo bunga qaramay, qo‘shni mamlakat hukumati olisdagi aholi punktlari fuqarolarini shu ishga jalb qilib, ig‘vogarlik yo‘li bilan ularni mojaro boshlashga undamoqda.
Tojikiston hukumatining eslatishicha, 1924-27 va 1989-yilgi xaritalarga muvofiq, gidroinshoot Tojikiston hududiga qarashlidir.
“Golovnoy” suv taqsimlash punkti 68-yilda qurilgan va uchta mamlakat – Tojikiston, Qirg‘iziston va O‘zbekistonning chegara oldi shaharlari va tumanlarining irrigatsiya ishlari, yer xo‘jaliklarini sug‘orish uchun mo‘ljallangan.
Smotrovaya vishka na kirgizsko-tadjikskom uchastke granitse - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.03.2021
O‘zbekiston va Qirg‘iziston kelishuvi: qaysi uchastkalar Bishkek ixtiyoriga o‘tdi? Tashiyev bayonoti
Ammo Qirg‘iziston ushbu inshootni biroqlama tartibda okkupatsiya qilib olgan va alohida rahbarlar grajdanskiy forma kiyib olgan maxsus xizmat jangchilari imkoniyatini Tojikiston chegara oldi tumanlarining tinch aholisiga qarshi qo‘llamoqda.
Eslatib o‘tamiz, bir kun oldin So‘g‘d rahbari Rajabboy Ahmadzoda va Qirg‘izistonning Botken viloyatidagi muxtor vakili Omurbek Suvanaliyev mavjud ziddiyatlarni hal etish bo‘yicha keyingi rejalarni muhokama qilish uchun neytral hududiy zonada uchrashgan edilar.
Tomonlar chegara va bahsli hududlarda noqonuniy qurilishlarning oldini olish, shuningdek, sug‘orish va suv havzasi muammolarini o‘z vaqtida hal qilish haqida so‘z yuritdilar.
Pogranichniki na kirgizsko-tadjikskom uchastke gosudarstvennoy granisi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.10.2020
Qirg‘iz-tojik chegarasida yana mojaro yuz berdi
Eslatib o‘tamiz, davlat chegarasining qirg‘iz-tojik qismi vaqti-vaqti bilan ikki mamlakat mahalliy aholisi yoki chegarachilari o‘rtasida ziddiyatli zonaga aylanadi.
Asosiy sabab - bu davlatlar o‘rtasidagi chegarani aniqlab bo‘lmaydigan bo‘linmagan hududlar. Bugungi kunga kelib, 970 kilometrning atigi 504 tasi belgilangan.
Mamlakatlar SSSR barham topganidan buyon 70dan ziyod bahsli hududlar taqdiri bo‘yicha kelishuvga kela olmayaptilar.
Yangiliklar lentasi
0