Jamiyat

Toshkent metrosida yoʻlovchilar huquqlari buzilayotgani oʻrganilmoqda

© SS0 / Unsplash / JiroeMetro, illyustrativnoye foto
Metro, illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.04.2021
MQKQ huzuridagi Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi Toshkent metrosida sodir boʻlayotgan hodisalarni yoʻlovchilarni tashish majburiyatlarining buzilishi deb atadi.
TOSHKENT, 29 apr — Sputnik. Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi huzuridagi Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi soʻnggi kunlarda Toshkent metrosida sodir boʻlayotgan holatlar yuzasidan munosabat bildirdi.
Soʻngi vaqtlarda poytaxt metropolitenida nosozliklar tez-tez uchrab turibdi. Xususan, mart oyida “Olmazor” (Chilonzor yoʻli) va “Bekat-1” (Sergeli yoʻli) orasidagi tunnelda ikki poyezd toʻqnashdi. Aprel oyida ijtimoiy tarmoqlarda poyezdning ochiq eshiklar bilan harakatlangani aks etgan video tarqaldi. Kuni kecha esa poyezd tunnelda toʻxtab qolgani, yoʻlovchilar piyoda relslar orqali harakatlanib, bekatga yetib olgani tasvirlangan holat qizgʻin muhokamalarga sabab boʻldi.
 Pervыe passajirы sergeliyskoy linii Tashkentskogo metropolitena - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.04.2021
Jamiyat
Metroning Sergeli yoʻnalishi ishi toʻxtatilishiga nima sabab boʻlgani aytildi
Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi “Shahar yoʻlovchilar transporti toʻgʻrisida”gi qonunning 8-moddasida yoʻlovchi tashishning asoslari belgilab qoʻyilganini eslatdi.
Jumladan:
shahar yoʻlovchilar transportining bir maromda ishlashini tashkil etish;
yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish sifati va madaniyatini oshirish;
yoʻlovchilarning hayoti va sogʻligʻi xavfsizligini, transport vositalari harakatining xavfsizligini, shuningdek atrof muhitni muhofaza qilish talablari bajarilishini taʼminlash.

“Ammo “poytaxt yer ostidagi” voqealar xizmat koʻrsatuvchining oʻz majburiyatlarini bajarmayotganidan dalolat bermoqda”, - deyilgan xabarda.

Agentlik har bir yoʻlovchi isteʼmolchi ekani va uning haq-huquqlari “Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonun bilan himoyalanishini qayd etgan. Natijada tashkilot yuqorida keltirilgan muammolarni oʻz nazoratiga olgan va metropoliten xizmatlari yuzasidan oʻrganish ishlarini boshlagan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala