Toshkentda katta tezlikda daraxtga borib urilgan “Lacetti” haydovchisi halok bo‘ldi

© GUVD g. TashkentaV Tashkente voditel Lacetti na visokoy skorosti vrezalsya v derevo i pogib
V Tashkente voditel Lacetti na visokoy skorosti vrezalsya v derevo i pogib - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.04.2021
Obuna bo‘lish
YTH Yunusobod tumandagi Amir Temur ko‘chasida ro‘y bergan. Buning oqibatida haydovchi halok bo‘lgan.
TOShKENT, 29 apr — Sputnik. Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi yo‘l transport hodisasi oqibatida bir kishi qurbon bo‘ldi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi (YHXBB) matbuot xizmati xabar berdi.
YTH 29-aprel kuni soat 00:10larda tumandagi Amir Temur ko‘chasida ro‘y bergan. 24 yoshli “Lacetti” haydovchisi J.R. 107-uy ro‘parasiga yetgan vaqtida boshqaruvni yo‘qotib, yo‘ldan chiqib ketgan. So‘ngra yo‘l chetidagi daraxtga borib urilgan. Natijada haydovchi voqea joyida vafot etgan.
© GUVD g. TashkentaV Tashkente voditel Lacetti na visokoy skorosti vrezalsya v derevo i pogib
V Tashkente voditel Lacetti na visokoy skorosti vrezalsya v derevo i pogib - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.04.2021
V Tashkente voditel Lacetti na visokoy skorosti vrezalsya v derevo i pogib
Toshkent shahar IIBBning aniqlik kiritishicha, YTHga haydovchining tezlikni haddan ziyod oshirgani sabab bo‘lgan.
YTH yuzasidan tergovga qadar dastlabki surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0