Dunyoda

Xitoyda ovqat isrofgarchiligiga qarshi qonun qabul qilindi

© Sputnik / Zhanna Manukyan / Fotobankka oʻtishMestnыe jiteli goroda Lxasa v Tibete
Mestnыe jiteli goroda Lxasa v Tibete - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.04.2021
Oʻtkazilgan tadqiqotlarga muvofiq, Pekin, Shanxay, Chendu va Lxase shaharlarida yiliga oʻrtacha 17-18 million tonna oziq-ovqat mahsulotlari axlatga tashlab yuboriladi. Bu mahsulotlar bilan 30-35 million kishini bir yil davomida taʼminlash mumkin boʻlardi.
TOSHKENT, 29 apr – Sputnik. Xitoy parlamenti payshanba kuni oziq-ovqat mahsulotlarini isrof qilishga qarshi kurash toʻgʻrisidagi qonunni maʼqulladi.
Qonun mamlakatning eng yuqori qonun chiqaruvchi organi – Butunxitoy xalq vakillari yigʻilishi Doimiy qoʻmitasi sessiyasida ovoz berish natijasida qabul qilindi va bugundan kuchga kiradi.
Xitoy hukumati uchun ilgari ulkan aholini toʻydirish masalasi doimiy chaqiriq boʻlgan. Bu masala hal etildi, endilikda hukumat juda katta koʻlam olgan mahsulotlar isrofgarchiligiga qarshi kurashishga kirishdi.
Nobelevskaya premiya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.10.2020
Tinchlik boʻyicha Nobelni BMT oziq-ovqat dasturi qoʻlga kiritdi
Xitoy yetakchisi Si Tszinpin "oziq-ovqat mahsulotlarini isrof qilish holati dahshatli va asabiylashtiruvchi" ekanligini aytib, aholi oʻrtasida ovqatlanishda meʼyorga amal qilish boʻyicha targʻibot ishlarini boshlashni buyurdi. Xitoy Xalq Respublikasi Raisi odamlarda "oziq-ovqatni isrof qilishda uyat tuygʻusini, tejamkorlik uchun esa faxr tuygʻusini rivojlantirishga” daʼvat qildi.
Si Tszinpin buyrugʻidan keyin Xitoyda “Toza likopcha” aktsiyasi ishga tushdi va hozirda millionlab odamlar bu aktsiyaga qoʻshilishga ulgurishgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda odamlar boʻsh likopchalar aks etgan suratlar va videolar bilan boʻlishib, bu bilan likopchadagi ovqatning hammasi toʻliq tanovvul qilinganini namoyish qilishmoqda.
Zasedaniye OON - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.04.2020
Dunyoda
BMT "injil koʻlamidagi" ochlik xavfi haqida ogohlantirdi
Xitoyda har yil 35 million oziq-ovqat isteʼmolchilarga yetib borishdan oldin sarqitga chiqadi. Har yili Xitoyning 500ta shahridan har bittasida oʻrtacha 50 tonnaga yaqin oziq-ovqat chiqindilari ishlab chiqiladi.
Oʻtkazilgan tadqiqotlarga muvofiq, Pekin, Shanxay, Chendu va Lxase shaharlarida yiliga oʻrtacha 17-18 million tonna oziq-ovqat mahsulotlari axlatga tashlab yuboriladi. Bu mahsulotlar bilan 30-35 million kishini bir yil davomida taʼminlash mumkin boʻlardi.
Xitoydagi oziq-ovqat qoldiqlarini ishlab chiquvchi eng yirik manbalar bu korporativlardir.
Pokupatelnitsa v maske i perchatkax v produktovom magazine - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.04.2021
Iqtisod
MB oʻzbekistonliklarni ayrim oziq-ovqat narxlari sezilarli oʻsishi ehtimolidan ogohlantirdi
Xitoy restoranlarida odatga koʻra turli oziq-ovqatlarni katta portsiyalarda buyurtma berishadi, agar ovqat ortib qolgan taqdirda uni oʻzlari bilan olib ketishadi.
Korporativ va banketlarda ahvol sal boshqacharoq. Odatga koʻra, ziyofatlarda odamlar ortib qolgan yeguliklarni oʻzlari bilan olib ketishga istihola qilishadi va bu katta hajmdagi isrofgarchilikka olib keladi.
Xitoy hukumati bu masala bilan koʻp yillardan buyon shugʻullanib kelishadi, eng katta muammo bolalarda ovqatlanishda isrofgarchilikka yoʻl qoʻymaslikka koʻnikma hosil qilish, deya bu borada ham kerakli chora-tadbirlar koʻrilgan.
Ammo bularning barchasiga qaramay, mamlakatda isrofgarchilikka yoʻl qoʻyish fenomeri hanuzgacha katta muammoligicha qolmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala