Dunyoda

Afgʻoniston sharqida kuchli portlash yangradi, 30 kishi qurbon boʻldi

© AP Photo / STRVoyennoslujaщiye afganskix sil bezopasnosti
Voyennoslujaщiye afganskix sil bezopasnosti  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.04.2021
Portlash shu qadar kuchli boʻlganki, bir necha kilometr radiusda uylarning oynalarini chilparchin qilib yuborgan.
TOSHKENT, 30 apr — Sputnik. Afgʻoniston sharqi Logar provintsiyasida bomba portlashi oqibatida 30 kishi qurbon boʻldi, 60 ga yaqini jarohatlandi, deb xabar bermoqda 1TV telekanali mahalliy hukumatga tayangan holda.
Favqulodda holat Pol-ye Alam shahrida yuz bergan.
Hozircha uyushmalarning birontasi yuz bergan hodisa uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga olmagan.
Ministr oboronы RF Sergey Shoygu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.04.2021
Dunyoda
Afgʻonistondagi vaziyat tanazzulga yuz tutmoqda - Shoygu
RIA Novostiga voqea guvohlarining maʼlum qilishicha, minalashtirilgan avtomobil Markaziy kasalxona yonida portlagan. Hujum nishoni kasalxona yaqinidagi bino boʻlgan. Binoda tinch aholi va harbiylar boʻlgani aytilmoqda.
Portlash shu qadar kuchli boʻlganki, bir necha kilometr radiusda uylarning oynalarini chilparchin qilib yuborgan.
Tolo News telekanali oʻz manbalariga tayangan holda, politsiya olti kishi haqida xabar berganini maʼlum qilgan, ammo oʻnlab odamlar bino uyumlari ostida qolmoqda.
Dahshatli portlash amerika koalitsiyasi qoʻshinlari Afgʻonistondan chiqarila boshlanganning ertasiga roʻy bergan.
Pentagonda qayd etishlaricha, bu jarayon metodik ravishda va xavfsiz, shoshilmasdan amalga oshiriladi.
AQSH va uning NATO boʻyicha ittifoqdoshlarining harbiy operatsiyasi Afgʻonistonda 2001 yilda boshlangan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala