Siyosat

Mirziyoyev va Japarov qirgʻiz-tojik chegarasidagi vaziyatni hal qilishni muhokama qildi

 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.04.2021
Mirziyoyev va Japarov qirgʻiz-tojik chegarasida yuzaga kelgan vaziyatni tez fursatda hal qilishni muhokama qildi.
TOSHKENT, 30 apr — Sputnik. Bugun, 30 aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirgʻiz Respublikasi prezidenti Sadir Japarovning telefon orqali muloqoti boʻlib oʻtdi.
Suhbatda mintaqaviy hamkorlik va ikki tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalar koʻrib chiqildi.
Prezidentlar Qirgʻiziston-Tojikiston chegarasida yuzaga kelgan vaziyatni va uni tez fursatda hal qilishni muhokama qildilar. Qirgʻiziston va Tojikiston tomonlari vaziyatni barqarorlashtirish va uning yanada keskinlashishiga yoʻl qoʻymaslikka qaratilgan kelishuvlarga erishgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.04.2021
Siyosat
Mirziyoyev va Rahmon tojik-qirgʻiz chegarasidagi vaziyatni muhokama qildi
Yuzaga kelayotgan barcha bahsli masalalar koʻp asrlik doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik, ishonch va sheriklik ruhidagi muloqot asosida hal qilinishi zarur ekani taʼkidlandi.
Davlat rahbarlari joriy yil mart oyida Toshkent shahrida oʻtgan sammit yakunida qabul qilingan qoʻshma qaror va kelishuvlarni amalga oshirish masalalariga alohida toʻxtaldilar.
Qabul qilingan majburiyatlarni soʻzsiz bajarish va ustuvor loyihalarni ilgari surish maqsadida faol almashinuvlarni davom ettirish va hamkorlikni kengaytirish muhimligi qayd etildi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala