Siyosat

Mirziyoyev va Rahmon tojik-qirgʻiz chegarasidagi vaziyatni muhokama qildi

© Press-slujba prezidentaShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.04.2021
Oʻzbekiston va Tojikiston prezidentlari dolzarb mintaqaviy va ikki tomonlama masalalarni muhokama qildilar.
TOSHKENT, 30 apr — Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30 aprel kuni Tojikiston Respublikasi prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.
Davlat rahbarlari Tojikiston-Qirgʻiziston chegarasidagi vaziyatning rivojlanishini muhokama qildilar.
Oʻzbekiston Prezidenti yuzaga kelgan vaziyatni tez fursatda hal qilish va uning keskinlashuviga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha Tojikiston va Qirgʻiziston tomonlari erishgan kelishuvlarni qoʻllab-quvvatladi.
Shavkat Mirziyoyev i Gurbangulы Berdыmuxamedov v Ashxabade, 29 aprelya 2021 goda - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.04.2021
Siyosat
Mirziyoyev va Berdimuhamedov transport infratuzilmasini rivojlantirishga kelishib olishdi
Mavjud barcha masalalar doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va sheriklik munosabatlari ruhida, faqat muzokaralar va maslahatlashuvlar yoʻli bilan hal qilinish muhim ekani taʼkidlandi.
Tojikistonga boʻlajak oliy darajadagi tashrifga tayyorgarlikning borishi ham koʻrib chiqildi. Mamlakatlar bosh vazirlari oʻtgan hafta Xoʻjand shahrida oʻtkazgan amaliy uchrashuvning samarali natijalari mamnuniyat bilan qayd etildi.
Oʻzbekiston va Tojikiston oʻrtasida uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan keng koʻlamli hamkorlikning yangi “oʻsish nuqtalari”ni birgalikda aniqlash muhimligi alohida taʼkidlandi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala