O‘zbekiston YeIK bilan hamkorlik memorandumi imzoladi

© Sputnik / Aleksandr Astafyev / Mediabankka o‘tishPremyer-ministr RF M. Mishustin prinimayet uchastie v zasedanii Yevraziyskogo mejpravitelstvennogo soveta
Premyer-ministr RF M. Mishustin prinimayet uchastie v zasedanii Yevraziyskogo mejpravitelstvennogo soveta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.04.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va YeOII qonunchiligini muvofiqlashtirish maqsadida, Toshkenda biznes jamoalar orasida uchrashuvlar, qo‘shimcha maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tadi.
TOShKENT, 30 apr — Sputnik. Yevroosiyo Iqtisodiy ittifoqi hukumatlararo kengashining Qozon shahrida bo‘lib o‘tgan tadbiri doirasida O‘zbekiston YeOII Iqtisodiy komissiyasi (YeIK) bilan hamkorlik qilish haqida memorandum imzoladi. Bu haqida YeIK raisi yordamchisi Iya Malkina xabar qildi.
Memorandum doirasida YeOII Iqtisodiy komissiyasi O‘zbekiston hukumati bilan savdo siyosati, bojxona-texnik nazorati, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, dori vositalari va tibbiy buyumlar oboroti, moliya bozori, transport va energetika sohalarida hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi.
Shuningdek, O‘zbekiston va YeOII qonunchiligini muvofiqlashtirish maqsadida, Toshkenda biznes jamoalar orasida uchrashuvlar, qo‘shimcha maslahatlashuvlar tashkillashtirish rejalashtirilgan.
Undan tashqari, uchrashuvda “YeOII doirasida 2025-yilga qadar hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari”, “YeOII qishloq xo‘jalik bozorini xavfli virus va o‘simliklardan himoya qilish” mavzusidagi hujjatlar imzolangan.
YeOII hukumatlararo kengashi ishtirokchilari, shuningdek, navbatdagi uchrashuvni o‘tkazish vaqti va joyi haqida kelishib olishdi.
Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning dekabr oyida O‘zbekiston YeOIIda kuzatuvchi maqomini olgan edi. Shundan so‘ng respublika YeOIIning barcha ochiq majlislarida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritgan. Ushbu yondashuv O‘zbekistonga kelajakda YeOIIga kirish uchun yakuniy qaror qabul qilishga yordam beradi.
Yangiliklar lentasi
0