Jamiyat

Oʻzbekistonda oʻsimlik yogʻi tanqisligi boʻlishi mumkinmi?

© Sputnik / Aleksandr Pogotov / Fotobankka oʻtishProizvodstvo podsolnechnogo masla
Proizvodstvo podsolnechnogo masla  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.04.2021
Mamlakatda asosiy oziq-ovqat mahsulotlaridan biri boʻlgan - oʻsimlik yogʻi narxining koʻtarilishi Oʻzbekistonni jiddiy tashvishga solmoqda. Ishlab chiqarishni ragʻbatlantirish va narxlarni pasaytirish uchun mahsulot va xomashyo import qilishiga QQSni bekor qilish taklif qilindi.
2021 yil kuz mavsumida oʻsimlik yogʻi tanqisligi yuzaga kelishi mumkinmi? Oʻzbekiston oʻzini kungaboqar yogʻi bilan toʻliq taʼminlay oladimi yoki uni paxta yogʻi bilan almashtiradimi? Yogʻ ishlab chiqaruvchi korxonalar uchun QQSning bekor qilinishi ichki bozorda narxlarni ushlab turishga yordam beradimi? – bular haqda iqtisod fanlari doktori, Rossiya Federatsiyasi Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat vaziri sobiq oʻrinbosari Leonid Xolod Sputnik'ga oʻz fikrlarini aytdi.
Xususan, ekspert taʼkidlashicha, respublika hozircha oʻsimlik yogʻi va uni ishlab chiqarish uchun xomashyo importiga juda bogʻliq, demak, tashqi bozorda tashqi iqtisodiy konʼyunkturasi koʻproq taʼsir qiladi.

Hozir Oʻzbekiston majburiy, ammo juda oqilona chorani koʻrdi. QQSni bekor qilish, albatta, byudjetga zarar keltiradi, ammo ishlab chiqaruvchilarni ragʻbatlantirish va ushbu muhim mahsulot narxlarining keskin koʻtarilishining oldini olish mumkin, bu esa ijtimoiy xavflarni minimallashtiradi. Ammo, bunday harakatlar kelajakda oziq-ovqat xavfsizligi sohasida barqarorlik uchun yetarli emas

Leonid Xolod
Rossiya Federatsiyasi Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat vaziri sobiq oʻrinbosari
Oʻzbekiston kungaboqar ekin maydonlarini sezilarli darajada kengaytirish va mahalliy yogʻ ishlab chiqarish uchun koʻproq oʻz xom ashyosini etishtirishni rejalashtirmoqda. Biroq oʻzini bu mahsulotlar bilan toʻliq taʼminlashning iloji yoʻq va bu maqsadga muvofiq emas.
Paxta yogʻi kungaboqar yogʻini toʻliq oʻrnini bosa olmaydi, chunki u barcha taom va mahsulotlarga mos kelmaydi. Ammo agar hozirgi vaqtda mamlakat oʻsimlik yogʻining yarmidan koʻpini - 400-450 ming tonnadan taxminan 250 ming tonnasini import qiladi, - ishlov beriladigan maydonning koʻpayishi bilan respublika yana 100 ming tonna koʻproq olish va import qilinadigan xom ashyoni qayta ishlash xarajatlarini kamaytirish imkoniyatiga ega boʻladi.
Ekspertning fikriga koʻra, bir tomondan, importga bogʻliqlikni kamaytirish, boshqa tomondan - qishloq xoʻjaligining mintaqada anʼanaviy ravishda kuchli boʻlgan sohalarini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish muhimdir, masalan, meva yoki sabzavot yetishtirish. Bu resurslardan, shu jumladan yerdan samarali foydalanish va savdo-sotiq orqali zarur mahsulotlarni olish va ishlab chiqarishda mamlakat yaxshi ishlayotgan mahsulotlarni eksport qilish imkonini beradi.
Intervyuning toʻliq versiyasini videomizda rus tilida koʻrishingiz mumkin.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala