O‘zbekistonda o‘simlik yog‘i tanqisligi bo‘lishi mumkinmi?

© Sputnik / Aleksandr Pogotov / Mediabankka o‘tishProizvodstvo podsolnechnogo masla
Proizvodstvo podsolnechnogo masla  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.04.2021
Obuna bo‘lish
Mamlakatda asosiy oziq-ovqat mahsulotlaridan biri bo‘lgan - o‘simlik yog‘i narxining ko‘tarilishi O‘zbekistonni jiddiy tashvishga solmoqda. Ishlab chiqarishni rag‘batlantirish va narxlarni pasaytirish uchun mahsulot va xomashyo import qilishiga QQSni bekor qilish taklif qilindi.
2021 yil kuz mavsumida o‘simlik yog‘i tanqisligi yuzaga kelishi mumkinmi? O‘zbekiston o‘zini kungaboqar yog‘i bilan to‘liq ta’minlay oladimi yoki uni paxta yog‘i bilan almashtiradimi? Yog‘ ishlab chiqaruvchi korxonalar uchun QQSning bekor qilinishi ichki bozorda narxlarni ushlab turishga yordam beradimi? – bular haqda iqtisod fanlari doktori, Rossiya Federatsiyasi Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat vaziri sobiq o‘rinbosari Leonid Xolod Sputnik'ga o‘z fikrlarini aytdi.
Xususan, ekspert ta’kidlashicha, respublika hozircha o‘simlik yog‘i va uni ishlab chiqarish uchun xomashyo importiga juda bog‘liq, demak, tashqi bozorda tashqi iqtisodiy konyunkturasi ko‘proq ta’sir qiladi.

Hozir O‘zbekiston majburiy, ammo juda oqilona chorani ko‘rdi. QQSni bekor qilish, albatta, budjetga zarar keltiradi, ammo ishlab chiqaruvchilarni rag‘batlantirish va ushbu muhim mahsulot narxlarining keskin ko‘tarilishining oldini olish mumkin, bu esa ijtimoiy xavflarni minimallashtiradi. Ammo, bunday harakatlar kelajakda oziq-ovqat xavfsizligi sohasida barqarorlik uchun yetarli emas

Leonid Xolod
Rossiya Federatsiyasi Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat vaziri sobiq o‘rinbosari
O‘zbekiston kungaboqar ekin maydonlarini sezilarli darajada kengaytirish va mahalliy yog‘ ishlab chiqarish uchun ko‘proq o‘z xom ashyosini etishtirishni rejalashtirmoqda. Biroq o‘zini bu mahsulotlar bilan to‘liq ta’minlashning iloji yo‘q va bu maqsadga muvofiq emas.
Paxta yog‘i kungaboqar yog‘ini to‘liq o‘rnini bosa olmaydi, chunki u barcha taom va mahsulotlarga mos kelmaydi. Ammo agar hozirgi vaqtda mamlakat o‘simlik yog‘ining yarmidan ko‘pini - 400-450 ming tonnadan taxminan 250 ming tonnasini import qiladi, - ishlov beriladigan maydonning ko‘payishi bilan respublika yana 100 ming tonna ko‘proq olish va import qilinadigan xom ashyoni qayta ishlash xarajatlarini kamaytirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Ekspertning fikriga ko‘ra, bir tomondan, importga bog‘liqlikni kamaytirish, boshqa tomondan - qishloq xo‘jaligining mintaqada an’anaviy ravishda kuchli bo‘lgan sohalarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish muhimdir, masalan, meva yoki sabzavot yetishtirish. Bu resurslardan, shu jumladan yerdan samarali foydalanish va savdo-sotiq orqali zarur mahsulotlarni olish va ishlab chiqarishda mamlakat yaxshi ishlayotgan mahsulotlarni eksport qilish imkonini beradi.
Intervyuning to‘liq versiyasini videomizda rus tilida ko‘rishingiz mumkin.
Yangiliklar lentasi
0