Siyosat

Rossiya va Oʻzbekiston tarixni "nazoratga oladi": natsizm ustidan gʻalaba unutilmasligi kerak

© Sputnik / Yevgeniy Xaldey / Fotobankka oʻtishZnamya Pobedы nad reyxstagom
Znamya Pobedы nad reyxstagom - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.04.2021
Rossiya va Oʻzbekiston hukumati natsizm ustidan qozonilgan gʻalaba tarixini saqlab qolish uchun birgalikda ish olib bormoqda.
TOSHKENT, 30 apr — Sputnik. Rossiya va Oʻzbekiston hukumati natsizm ustidan qozonilgan gʻalaba tarixini saqlab qolish uchun birgalikda ish olib bormoqda.
Bu, ayniqsa, "xalqlarni tarixni soxtalashtirish ignasiga oʻtqazish"ga urinishlari amalga oshirilayotgan paytda, ayniqsa muhim, - dedi Rossiyaning respublikadagi elchisi Oleg Malginov.
"Bugungi kunda xalqlarni tarixni soxtalashtirish "ignasi"ga oʻtqazish harakatlari, koʻplab xalqlarning tarixiy xotirasidan mahrum qilishga urinishlar tobora kuchaymoqda. Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan ishlar fashizm ustidan gʻalaba tarixini saqlab qolish nuqtai nazaridan juda muhimdir”, - dedi diplomat.
Prezident RF V. Putin na voyennom parade v chest 74-y godovщinы Pobedы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.06.2020
Siyosat
Unutilgan oʻtmish saboqlari va uning ogʻir toʻlovi — Putin maqolasi
Malginov oʻtgan chorshanba kuni Buxoroda Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu oʻzbekistonliklarning Ikkinchi Jahon urushi paytida koʻrsatgan qahramonliklari haqidagi arxiv materiallarini Oʻzbekiston tomoniga topshirganini eslatdi.
Bu tarixiy meros Toshkentdagi Gʻalaba bogʻi muzeyida ekspozitsiya sifatida qoʻyiladi.

Agar biz ushbu xotirani saqlab qolsak, u holda Rossiya va Oʻzbekiston va Ulugʻ Vatan urushida qatnashgan boshqa davlatlar, tarixni soxtalashtirish jarayonlariga qarshi tura olamiz

Oleg Malginov - Sputnik Oʻzbekiston
Oleg Malginov
Rossiyaning Oʻzbekistondagi elchisi
Markaziy Osiyo Xalqaro Instituti direktori Anvar Nosirov, oʻz navbatida, bir yarim millionga yaqin askar Ulugʻ Vatan urushi maydonlarida halok boʻlganligini eslatdi.
Urush oxirida 780 mingdan ortiq kishi orden va medallar bilan mukofotlandi: ularning 1 mingdan ortigʻi SSSR Qahramoni boʻldi, 250 ga yaqin - "Shon-sharaf" ordeni bilan taqdirlandi.
Nosirov taʼkidlashicha, urush yillarida Markaziy Osiyo - front ortidagi ishonchli hududga aylandi. Birgina 1941 yil noyabr - 1942 yil mart oylari davomida Oʻzbekistonda jasorat va fidokorona qahramonlik koʻrsatgan 14 ta milliy birlashmalar shakllandi.
Bundan tashqari, urush avj olgan hududlardan 3 milliondan ortiq odam evakuatsiya qilindi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala